8-mavzu: O’rta osiyo hududlarining xonliklarga bo’linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari


Download 141.5 Kb.
bet7/17
Sana09.02.2023
Hajmi141.5 Kb.
#1180407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
2 5224236981487142595

Hunarmandchilik. Xonliklarning yirik shaharlari hunarmandchilik markazlari bo’lib, ularda 60 dan ortiq turdagi hunarmandchilik buyumlari tayyorlangan. Samarqand, Buxoro, Marg’ilon, Xo’jand, Andijon, Toshkent, Jizzax, O’ratepa, Shaxrisabz va boshqa yirik shaharlarda hunarmandchilik taraqqiy qilgan. Samarqand qozi kalonining hujjatlaridan ma’lum bo’lishicha, XVI asrda Samarqandda hunarning 61 turi mavjud bo’lgan. Paxta, ipak, jun, teri kabi mahalliy xom ashyolardan ip yigirish, gazlamalar to’qish, tayyor kiyimlar tikish, kigiz va gilamlar tayyorlash, ko’nchilik rivojlangan. Metall va yog’ochga ishlov berish, miskarlik, temirchilik, ganch o’ymakorligi, duradgorlik, kulolchilik, qandolatchilik, oshpazlik, novvoylik va boshqa hunarmandchilik tarmoqlari ancha kengaydi.
Soliq. Xonliklarda raiyat (dehqon, Chorvador, hunarmand, savdogar)ga turli –tuman soliqlar solingan, turli majburiyatlarni-kanal va ariqlar qazish, ularni tozalash, obodonlashtirish, mudofaa inshootlarini qurish va boshqa ishlarga majbur etilgan. Xonliklarda olinadigan soliqlarning turi juda ko’p bo’lib, har bir xonlikda o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan.


3. Xonliklarda madaniyat.O’zbekxonliklar davrida barpo etilgan me’moriy yodgorliklar bugungi kunda yurtimizning moddiy madaniyatini boyitib kelmoqda. Mazkur davrda qurilish inshootlari turlari yanada takomillashadi, ko’plab jamoat binolari (karvonsaroylar, ko’priklar, sardobalar, hammom, tim va boshqa savdo rastalari) quriladi. Monumental binolarning tarixi, qiyofasi o’zgaradi, hunarmandlar uyushmalari vujudga keladi. Buxoro shahri balandligi 10 metrli devor bilan o’ralib, shahar darvozalari qurildi, yirik binolar qurishda (Misr Arab madrasasi, Xo’ja Zayniddin masjid-xonaqosi) xalq me’morchiligi an’analaridan foydalanildi. Shahar tashqarisida ham monumental binolar (masalan, Chorbakr) qurildi. Jome’ masjidlari saroy kabi serhasham qilib, madrasalar peshtoqli, minorali tarzda qurib, hovlilari to’rt tomondan ayvon va hujralar bilan o’raldi. Buxoro va Toshkentdagi Ko’kaldosh madrasalari bunga guvohlik beradi.

Download 141.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling