8-mavzu: O’rta osiyo hududlarining xonliklarga bo’linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari


Download 141.5 Kb.
bet2/17
Sana09.02.2023
Hajmi141.5 Kb.
#1180407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
2 5224236981487142595

Davlat tizimi. Shayboniylar davrida hokimiyat tepasida xon turardi. U oliy hokimiyatni cheklanmagan huquqlarga ega bo’lgan davlat boshlig’i sifatida boshqargan. Xon taxtga taklif qilingan vaqtda u oq kigizga o’tirg’izilib, to’rt tomonidan eng mo’’tabar va nufuzli to’rtta zodagon ko’tarib borardi. An’anaga ko’ra katta hayotiy tajribasiga ega va obro’li amirlar otaliq unvonini olib ular voyaga yetmagan shahzodalarni tarbiyalashardi. Xonlikning siyosiy tizimida, boshqaruvda Amir Temur va temuriylar davrida qaror topgan tartib-qoidalar, xususiyatlar bilan birga ko’chmanchi o’zbeklar davlatiga xos an’analar ham mavjud edi. Davlat boshqaruvida islomiy shariat va odat qonun-qoidalariga amal qilingan. Davlatni boshqarishda xon saroyidagi oliy darajali amaddorlardan tashkil topgan markaziy boshqaruv va viloyat hokimlari qo’lidagi mahalliy boshqaruv asosiy o’rin tutib, ular mamlakatning amaldash haqiqiy egalari edilar. Ular yordamida, bevosita ishtirokida xon ma’muriy boshqaruvni amalga oshirardi.
Shayboniylar hukmronligi yillarida eng oliy davlat idorasi dargoh hisoblangan. Markaziy boshqaruv davlatning ichki va tashqi hayotiga bog’liq barcha masalalarni hal qiladigan dargoh-saroy devonida jamlangan edi. Uning tepasida oliy hukmdor-xon turgan. Davlatning oliy darajali amaldorlari a’zo bo’lgan va odatda bosh vazir tomonidan boshqariladigan bu mahkama (hozirgi kunda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan Vazirlar Maxkamasiga o’xshash tizim) mamlakatning siyosiy, moliyaviy, harbiy, tashkiliy va boshqa masalalarini ko’rib chiqar edi. Bu yerda qabul qilingan qarorlar xonning tasdig’i bilangana kuchga kirar va hayotga joriy etilardi. Ko’kaldosh, otaliq, naqib, vaziri a’zam, vazir, devonbegi va boshqa oliy darajali saroy amaddorlari, no’yon, tug’begi, kutvol, dorug’a, qurchi-boshiva boshqa harbiy amaldorlarning fikri va manfaatlari ham qarorlar qabul qilinishida katta ahamiyatga ega edi.
Shayboniylar davlatida oliy hukmronlik otadan bolaga emas, balki suloladagi eng ulug’ namoyondaga o’tishi an’ana tusiga kirgan edi. Keyinchalik bu tartib sulola ichidan oilaviy taxt vorisligiga o’tgan. Bunday holat Abdullaxon II hukmronligi davrida ko’zga tashlanidi. Masalan, hokimiyat Iskandarxondan o’g’li Abdullaxonga, Abdullaxondan esa o’g’li Abdulmo’minga o’tgan. Taxt vorisi navvob, qug’ulxoniy, kichik xondeb atalganligi ham ma’lum. Biroq Shayboniylar sulolasidagi davomiylik so’nggi paytga qadar yuqoridagicha muhim shakllana olmagan. Abdullaxon II davrda Balx viloyati hokimligini valiahdga topshirish an’anasi shakllanib borgan bo’lsa-da, ammo Shayboniylar hukmronligiga chek qo’yilishi munosabati bilan bu an’ana rivojlanmagan. Aksincha, bunday an’ana Ashtarxoniylar davrida shakllangan edi.
1601 yilda ashtarxoniylardan Boqi Muhammad Buxoro hokimiyatini qo’lga oldi. Ashtarxoniylar Jo’jixon naslidan bo’lib, XIV asrning 80-yillaridan boshlab Astraxan (Ashtarxon, Hoji Tarxon) va uning atrofidagi yerlar, xalqlar ustidan hukmronlik qilgan. 1556 yil Astraxanni Rossiya bosib olgandan keyin, Ashtarxoniylardan Yormuhammadxon oilasi bilan Buxoroga ko’chib kelgan. Buxoro xoni Iskandarxon (1563-1583) qizi Zuhroxonimni uning o’g’li Jonibek sultonga bergan. Jonibek sulton Zuhroxonimdan uch o’g’il (Din Muhammad, Boqi Muhammad, Vali Muhammad) ko’rgan. Din Muhammad Abdullaxon II zamoni (1583-1598)da Niso va Abivard hokimi bo’ldi. Abdulmo’minxon o’ldirilgandan keyin (1599) amir va ruhoniylar Jonibek sultonni xon taxtiga ko’tarmoqchi bo’ldilar. Lekin, Jonibek sulton Buxoro xoni deb e’lon qilingach, o’g’li DinMuhammad foydasiga taxtdan voz kechadi. Seyiston hukmdori bo’lgan Din Muhammad Hirot yaqinida safaviylar bilan bo’lgan jangda halok bo’ladi va taxtga BoqiMuhammad (1601-1605) o’tqazilib, ukasi ValiMuhammad (1605-1611) voris deb e’lon qilinadi. Shundan boshlab Buxoro xonligi ashtarxoniylar qo’liga o’tdi3.
Ashtarxoniylar sulolasi davrida Buxoro xonligida tinchlik, osoyishtalik bo’lmadi. Xonlik viloyatlarida hukmronlik qiluvchi amirlar va beklarning o’zboshimchaligi, markaziy hokimiyat amaldorlari o’rtasidagi o’zaro kelishmovchilik, nizolar mamlakat tinkasini quritib borardi. Ashtarxoniylardan bo’lgan Abulfayzxon (1695-1747) davridan boshlab bu sulolaning nufuzi pasaya boshlagan.
Abulfayzxon (1711-1747) nomigagina xon qilib o’tqazilgan. Hokimiyatdagi muhim lavozimlar nufuzli amirlar qo’liga o’tib qoladi. Ayniqsa, Abdullabiy, Ibrohimbiy, Muhammad Hakimbiylar davlat boshqaruvida katta ta’sirga ega bo’lganlar4.
Abulfayzxon davrida siyosiy tarqoqlik g’oyatda kuchayib, har bir viloyat amalda mustaqil boshqaruvga ega bo’lgan hokimiyatga aylanib qolgan edi. Markaziy hokimiyat zaiflashgach, 1711 yilda Balx, 1723 yilda Samarqand viloyati Buxoro xonligidan ajralib chiqadi. 1720 yillarda Toshkent viloyatini qalmoqlar bosib oladi. Buxoro xonligida iqtisodiy va siyosiy tanglik kuchaya borib xonlik tanazzulga yuz tutgan. Bu porakandalik markaziy hokimiyatda yuqori mavqega ega bo’lishga intilgan biylar o’rtasidagi kurash sababli ro’y bergan edi. Bu kurashda Shahrisabz hokimi kenagas Ibrohimbiy bilan barcha shahzodalar otaliqlarining boshlig’i bo’lgan mang’it urug’idan chiqqan Muhammad Hakimbiylar katta rol o’ynadilar.
Buxoro xonligidagi porakandalik, o’zaro urushlar 1736 yilda Eronda hokimiyatni egallab, mustahkamlanib olgan NodirShoh Afshar (1736-1747) e’tiboridan chetda qolmadi va u Buxoro va Xiva xonlarini o’ziga bo’ysundirish harakatini boshladi. Eron hukmdori 1740 yil bahorida Balxni egalladi va o’sha yili kuzda katta qo’shin bilan Amudaryodan o’tib Buxoroga qo’shin tortgan. Bu paytda NodirShohni Muhammad Hakimbiy (?-1743) va o’g’li Muhammad Rahim (1709-1758) qo’llab-quvvatlaydi. Abulfayzxon og’ir shartlarga ko’nib, sulh tuzishga majbur bo’ldi va NodirShoh hokimiyatini tan oldi. Taxtda oliy hukmdor xon bo’lsa-da, biroq u NodirShoh ishonchli vakili sifatida mang’itlardan bo’lgan biylar qo’lidagi qo’g’irchoq edi. Mamlakat boshqaruvi 1743 yilgacha Muhammad Hakimbiy, uning vafotidan keyin Muhammad Rahimbiy qo’lida bo’ldi. Xonlik NodirShohning o’limidan keyin (1747) Eronga tobeliqdan qutulib, o’z mustaqilligini tikladi. Biroq, 1747 yilda otasi o’rniga otaliq tayinlangan Muhammad Rahim boshliq fitnachilar Abulfayzxonni o’ldirdilar.

Download 141.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling