1. Shayboniylar davrida davlatning ma’muriy tuzilishi ham o’ziga xos bo’lib


Download 26.79 Kb.
Sana14.06.2020
Hajmi26.79 Kb.
#118732
Bog'liq
davlat1top


Talaba _Umarova Oydinoy

Guruh _17_50

Keys bo’yicha savollarga javoblar.

1.Shayboniylar davrida davlatning ma’muriy tuzilishi ham o’ziga xos bo’lib:

Hokimiyat tepasida xon turgan. Xon taxtga taklif qilinganda, u oq kigizga o’tqizdirilib, to’rt tomondan eng mo’tabar zodagonlar ko’tarib borardi. An’anaga ko’ra, katta hayot tajribasiga ega va obro’li amirlar otaliq unvonini olib ular voyaga yetmagan shahzodalarni tarbiyalashar edi.

Davlat bir necha viloyatlarga bo’lingan bo’lib, ularga sulton boshchilik qilgan.

Saroydagi devonlarga davlat mahkamasi va moliya ishlarining boshlig’ devonbegi rahbarlik qilgan.

2.1556-yilda Navro’z Ahmadxon vafot etgach Balh hukmdori Pirmuhammadxon (1556-1561-yilar) Buxoro taxtiga o’tirdi. 1556-yil Axis va Andijon mulki hukmdorlari Buxoroni egallashga harakat qilib ko’rishadi. Ammo, o’sha paytda katta nufuzga ega Jo’ybor shayxi Xo’ja Islom tomonidan qo’llab quvvatlangan shayboniy Iskandar sultonning o’g’li Abdulla Sulton bunga yo’l qo’ymadi. Pirmuhammadxon Balxda qolib, taxtni boshqarayotgan, uning nomiga xutba o’qilib, tangalar zarb etilayotgan bo’lsada, 1557-yilda Buxoroda Abdulla sulton hukmronlik qila boshladi. 1561-yil Abdullaxon II Pirmuhammad bilan aloqalarni uzib, otasi Iskandar Sultonni (1561-1583-yillar) xon deb e’lon qildi. Iskandar Sulton nomigagina xon bo’lib, mamlakatni boshqaruv ishlarida deyarli aralashmas, hokimiyat amalda Abdullaxon II qo’lida edi. 1583-yilda Iskandar Sulton vafot etdi, taxtga Abdullaxon II rasmiy xon deb e’lon qilindi.

3.


1573-yilda

Farg’ona

1574-yilda

Shahrisabz, Qarshi, Hisor

1578-yilda

Samarqand

1582-yilda

Toshkent, Shohruxiya, Sayram, Ohangaron

1583-yilda

Balx

1584-yilda

Badahshon

1588-yilda

Hirot va uning atroflari

1595-yilda

Xorazm viloyatlari

4.Buxoro xonlikning poytaxti edi. Buxoro xonligi viloyat va tumanlarga bolingan. Buxoro va unga tutash tumanlarni xon tomonidan boshqarilgan. 5.Buxoro xonlik hududiga Xuroson va Movaraunnahr, Ulug’tog’gacha (hozirgi Qarag’anda viloyatining g’arbida, Sariqsuv daryosining shimolida joylashgan tog’lik) boradi.

Ilg’or qism





Manglay qo’shin oldida yarim doira shaklda boruvchi harbiy qism ( avangard)



Qoravul –maxsus qism










Katta g’ul

Kichik g’ul

Qalb

Kichik g’ul

Jivong’or




Burong’or

Chanox –maxsus yordamchi bo’linma

Tug’chi –qism bayroq ostida zaxirada turuvchi qo’shin.

Chanox –maxsus yordamchi bo’linma







Xirovul qo’shinning orqa tomoni

6.Sud ishlariga kelganda, mamlakat miqyosida tizimga bosh qozi yetakchilik qilgan bo’lsa, harbiylar hayotida yuz beradigan huquqiy masalalarni askar qozi hal qilib brogan. Shu bilan birga harbiy qozi ham, mahalliy qozilar ham bosh qoziga bo’ysunganlar. Mamlakatdagi ahloqiy normalarga rioya qilish, ayniqsa amaldorlar, hatto din peshvolari orasidagi shu masalaga munosabat nechog’ligini bilib borish ishi bilan muhtasib (rais) shug’ullangan. Harbiy jinoyatlar uchun fatvoni tayyorlash muftiy askar zimmasida bo’lgan.

Ashtarxoniylar davlat tizimi va ma’muriy boshqaruv tizimi Shayboniylar davri boshqaruvdan deyarli farq qilmagan. XVII –XVIII asrning birinchi yarmi davlat boshqaruvida hokimiyat markazda ham viloyatlarda ham asosan bir idora –dargohda mulassamlashib brogan.

7. Bu davrda ham xon rasman oily hokimiyat boshlig’i bo’lib, davlatdagi ichki va tashqi siyosatga bog’liq barcha masalalar uning ixtiyori bilan hal etilgan.

8.Amaldagi boshqruvda ko’pgina ashtarxoniy hukmdorlari saroyidagi katta mavqega ega bo’lgan amaldorlar hamda yirik ulamolar qo’lida qo’g’irchoq edilar. Normuhammad, Subhonqulixon, Ubaydullaxon kabi xonlar markaziy hokimiyat obro’sini ko’tarishga, ularning bu harakatlari deyarli samara bermadi. Bu davrda markaziy davlat boshqaruvi saroy amaldorlari qo’lida to’plangan bo’lsa, joylardagi mahalliy hokimiyat viloyat hokimlari ixtiyorida bo’lgan.

Xonlikda markaziy hokimiyatning zaifligiga sabab, mahalliy boshqaruvchilarning o’z boshqaruvi va o’z harbiy qo’shiniga egaligi edi. Bular harbiy yurishlarda ishtirok etib, mamlakatdagi siyosiy beqarorlikdan xabardor bo’lganlar.

Balx shahri muhim strategik ahamiyatga ega edi. U ham iqtisodiy ham siyosiy jihatdan muhim bo’lgan. Eron va Hindiston bilan chegaradoshligi sababli ularga birlashishi yoki mustaqillikka intilishi mumkin edi.



9.Otaliqning mavqeyi Subhonqulixon davrida ham baland bo’lib, eng muhim harbiy ishlar otaliqqa yuklatilgan. Bunday holat Ubaydullaxonning dastlabki hukmronlik yillari ham saqlanib qolgan. ,,Ubaydullanoma”da XVIII asr boshlaridagi otaliq vazifasining mohiyatini ko’rsatib beruvchi tarif bor –umdat aj-umaro, ya’ni tamom amirlar tabaqasining tayanchi. Otaliq biz ko’rayotgan yillarda mamlakatdagi amirlar sinfining yetakchisi, ularning ishonchini qozonganidir.

10.Butun hokimiyati dargohda mujassamlashib qolgan. Agar dargoh va devonlar tizimi mavjudligi sharoitida markaz viloyatlarni dargoh –mahalliy hokimlar tizimidan tashqari devonlarning tashqari devonlarning mahalliy bo’limlari orqali ham boshqarish imkoniga ega bo’lib, bu hol markaz e’tiborini mustahkamlshda muhim ahamiyat kasb etgan bo’lsa, endi esa joylardagi butun hokimiyat mahalliy kuchlar qo’lida mujassamlashgan.

11.Bu davrda ham davlat boshqaruvida Jo’ybor xojalarning mavqeyi baland bo’lib, asosiy diniy mansabdorlar ular ichidan tayinlangan. Buxoro shayxulislomi ham Jo’ybor shayxlari orasidan tayinlangan bo’lib, Abulfayizxon davrida bu lavozimni Xoja Yahyoning o’g’li Muhammad Hakim Xo’ja egalladi. Shayxulislom jamiyatda katta rol o’ynagan bo’lib, nafaqat diniy, balki barcha ishlar bo’yicha hukmdorning doimiy maslahatchisi bo’lgan. Har bir viloyatning o’z qozisi bo’lib, ular diniy, oilaviy, vorischilik hamda jinoiy ishlarni ko’rib chiqqan. Harbiylar uchun ham alohida qozilar bo’lib, ular qozi askar deb yuritilgan.

12.Buxoro amirligi bir necha viloyatlardan tashkil topgan. Shulardan Samarqand va Buxoro tumanlarga bo’lingan. Viloyat hukmdorlari hokim deb atalgan. Keyinchalik bekliklar paydo bo’lib, ularning hukmdori bek deb atalgan. 44ta beklikka bo’lingan. Eng kichik ma’muriy birlik qishloq bo’lib, oqsoqollar boshqargan.

13. Qo’shbegi yoki qo’shbegiyi bolo eng oily saroy mansabi hisoblanib, bosh vazir vazifasini bajargan. Iqtisodiy, siyosiy, harbiy masalalarda amirga maslahat bergan.


Oily darajali:

Inoq


Dodhoh

Mingboshi

To’qsabo

To’pchiboshi



O’rta darajali:

Chig’atoy begi

Eshik og’asi

Miroxir

Yuzboshi

Ellikboshi




Quyi tabaqa:

Qoravulbegi

Dahboshi

Mirzaboshi

Chuhraboshi

Sarboz


Diniy mansablar:

Shayxulislom

Qozikalon

Qozi


Qozi askar

A’lam


Muftiy


Download 26.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling