8-mavzu. Park muhitini ochiq va yopiq hududlari o’lchamlarini tashkil etish shahar markazlarining ochiq maydonlarini funksional-landshaft tashkil etish


Shahar markazining ochiq maydonlarida landshaft


Download 17.43 Kb.
bet2/2
Sana15.11.2023
Hajmi17.43 Kb.
#1775641
1   2
Bog'liq
8-mavzu maruza

Shahar markazining ochiq maydonlarida landshaft
elementlarini tashkil etish
Hiyobon ko‘chatlari hiyobonning parametrlari va kun mobaynida maydondan (fazodan) foydalanish turiga hamda harakat tavsifiga (tranzit, sayr qilish) bog‘liq holda shakllantiriladi. Bir xil yoki turli xil jinsli tarkibdan ochiq ritmik uzilishli ko‘chatlarni yarim berk turdagi landshaftni shakllantirishda foydalanish mumkin. Mazkur usullar daraxtlarning yaxshiroq o‘sishi uchun, hududni shamollatish uchun, landshaftli - fazoviy kompozisiyaning plastikligida aks etuvchi yorug‘lik va soyalarning samarali qo‘shilishi uchun imkon yaratadi. Agar hududlar asosan kechki payt foydalaniladigan bo‘lsa, u holda hiyobon bo‘yicha harakat tez yoki sekin bo‘lishiga (sayr qilayotganda) bog‘liq bo‘lmagan holda landshaftni ochiq shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Mazkur holda o‘simliklarni rejali joylashtirish tavsifini me’moriy – landshaftli kompozisiyaning yo‘nalishiga bog‘liq holda cho‘ntaklar – kurdonerlar, chiziqlar yoki boshqa usullarni qo‘llanib har xillashtirish mumkin.
Hiyobonlar orasiga markazlarning ochiq fazolarining salobatini ta’kidlovchi o‘tloqlar, gulpushtalar, favvoralar, kichik me’moriy yoki badiiy shakllar joylashtirilishi mumkin. Ammo bu erda salobatlilik yagona maqsad bo‘lmasligi kerakligini ta’kidlash zarur. Markaz hududlar aholisining shahar muhitida dam olishi bo‘sh vaqtini o‘tkazishni turli xil shakllantirishga bo‘lgan o‘sib borayotgan ehtiyojlariga xizmat ko‘rsatish uchun foydalanilishi kerak. Manzarali hiyobon yo‘laklar piyodalar maydonlarini bog‘-park majmuasi va sohil bo‘yi hududlari bilan bog‘lashi mumkin.
Takrorlash uchun savollar:

  1. Tuman markazlari va shaharlarning landshaft-rejalashtirishni tashkilashtirishga qanday omillar ta’sir etadi?

  2. Tuman va shaharlar landshaft-rejalashtirishini tashkil etishda qanday tamoyillar bor?

  3. Tuman markazlari va shaharlarning bulvarlari, muydonlarini landshaft-rejalashtirishni tashkil etishda tamoyillar qanday?

  4. Shahar markazi ochiq maydonlarini landshaft elementlarini tashkil etish koyidalarini aytib bering.

  5. Shahar magistrallarining landshaft tashkil etish qoyidalarini aytib bering

Download 17.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling