8-Mavzu: Polimer materiallar. Lak va bo’yoq materiallar. Polimer moddalar homashyosi polimer qurilish materiallari va buyumlari siniflarga bo’lish. Polimer madteriallarning komponentlari. Reja
Bo‘yoq tarkiblar klassifikatsiyasi va asosiy xossalari
Download 17.75 Kb.
|
1 2
Bog'liq8 HEMIS MARUZA POLIMER
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo‘yoq tarkiblar klassifikatsiyasi 29.1-jadval
2. Bo‘yoq tarkiblar klassifikatsiyasi va asosiy xossalari
Bo‘yoq tarkiblar asosan kimyoviy tarkibi, ishlatilish sohasiga ko‘ra klassifikatsiyalanadi. Ularning kimyoviy klassifikatsiyalanishida hosil bo‘ladigan bo‘yoq qatlamining tabiati, tarkibi hamda belgilanishi asos qilib olingan. Belgilangan bosh harflar bo‘yoq qatlami-plenkasi hosil qilishi bo‘yicha qaysi turga ta'luqligini bildiradi. Masalan, alkid-arilli AS, gliftalli GF, kremniyorganik KO, mochevinali (karbamidli) MI, perxlorvinilli XV, poliakrilli AK, poliakrilli AK, poliamidli PA, polivinilatsetatli VA, silikatli JS, epoksidli EP va shu kabilar. Bo‘yoq qoplamalarning ishlatilish belgilari bo‘yicha ratsional sohalari 12.1-jadvalda berilgan. Bo‘yoq tarkiblar klassifikatsiyasi 29.1-jadval
Maxsus bo‘yoq tarkiblarini quyidagicha davom ettirish mumkin: 6-moy va benzin muhitiga chidamli, 7-kimyoviy muhitga chidamli, 8-termik (issiqlik) muhitga bardoshli, 9-elektr izolyasiyasi. Bo‘yoq tarkiblarini markalashda bosh xarflar indeksi ishlatiladi: suv dispersiyali-VD, organodispersiyali-OD, suvda aralashuvchan-V, poroshokli (kukunli)-P. Muayyan bo‘yoq tarkibini tavsiflash uchun misol keltiramiz: Emal XV- 16, ya'ni perxlorvinilli emal (XV), 1-atmosfera muhitiga chidamli, registratsiya raqami-6. Bo‘yoq qoplamalarini markirovkalashda tashqi ko‘rinishi sifati ham hisobga olinadi. GOST bo‘yicha bo‘yoq qoplamalari defektlari turi va soni jixatidan tashqi ko‘rinishi sifatiga nisbatan 7 klasslarga bo‘linadi: I-hyech qanday defekt bo‘lishiga ruxsat etilmaydi; II-VII-defektlar uzunligi, eni, diametri va ular orasidagi masofalarga bog‘liq ravishda sonini hisobga olgan holda (dona/m2) ba'zi notekisliklar ruxsat etiladi; III-VII klasslarda to‘lqinsimonlik ruxsat etiladi; V-VII klasslarda oqmalar va IV-VII klasslarda turli soyalar bo‘lishi ruxsat etiladi. Bo‘yoq tarkiblari qoplama usuliga nisbatan mo‘yqalamda suriladigan, pulverizatorda sepiladigan, qurish sharoitiga ko‘ra sovuq va issiq sharoitda qoplama qatlami hosil qiladigan turlarda bo‘ladi. Bo‘yoq tarkiblari konsistensiyasiga (quyuqligi) ko‘ra suyuq, qovushoq, pastasimon, reologik xususiyatlarga nisbatan strukturalanuvchi tizimga ta'luqlidir. Ularning quyuqlik darajasi sepish usuliga mutanosib ravishda tayyorlanishi kerak. Download 17.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling