8-mavzu. Poydevorlar Reja
Download 1,89 Mb. Pdf ko'rish
|
8 тема практика бино иншоот
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoziqli poydevorlar
Yaxlit poydevorlar.
YAxlit poydevorlarning konstruktiv echimi yaxlit temirbeton orayopma echimidek bajariladi. Pastdan grunt yuki (otpor) bilan hamda yuqoridan ustun yoki devordan to`plangan yoki taqsimlangan yuk bilan yuklantirilgan qovurg`ali yoki to`sinsiz plitalar kabi loyihalanadi. Ayniqsa, katta va tekis taqsimlanmagan yuk bo`lganda, yaxlit poydevorlar loyihalanadi. Qovurg`ali yaxlit poydevorlarda qovurg`alar plitaning yuqorsidan va pastidan joylashtiriladi. Agar pastidan joylashtirilsa, qovurg`alar uchun opalubkani jihozlash (ustroystva) talab etilmaydi, ayniqsa yerto`lali binolarda beton to`g`ri-to`g`ri transheyalarga yotqizish mumkin va erto`la polini jihozlash soddalashadi. To`sinsiz plitalar ustun to`ri kvadratga yaqin bo`lganda qo`llash maqsadga muvofiq. Ko`p qavatli binolar va baland inshootlar ostiga qutisimon (ramali) poydevorlar qo`llaniladi. Ular yuqorigi va pastki plitalardan hamda bo`ylama va ko`ndalang vertikal qovurg`alar yoki diafragmalar sistemalaridan iborat bo`ladi, u juda katta bikrlikka ega bo`ladi. Qoziqli poydevorlar Gruntning yuk ko`tarish qobiliyati etarlicha bo`lmagan asoslar ustida binolar va inshootlar barpo etish talab etilsa, qoziqli poydevorlar qo`llaniladi. Ular qoziqlar guruhidan iborat bo`ladi, hamda yuqoridan rostverk, temirbeton plita (to`sin) bilan birlashtiriladi. Qoziq poydevorlarni qo`llash er ishlari hajmining kamayishiga, “nol” li tsiklning mehnat sarfini pasayishiga, qish sharoitida ish samaradorligini oshiradi. Ish xarakteriga ko`ra, tayanch qoziqlar qattiq gruntda tayanadi va osma qoziqlarda yuk grunt tomonidan qoziqning ko`ndalang kesim yuzasi bo`ylab va yon sirti bo`ylab ishqalanish kuchi hisobiga qabul qilinadi. Kesim yuzasining ko`rinishiga ko`ra, qoziqlar temirbetonli yaxlit va bo`sh (bo`shliqli va qobiq qaziqlar) bo`lishi mumkin. Download 1,89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling