8-mavzu. Poydevorlar Reja
-rasm. Qoziq poydevor sxemasi. a) tayanch qoziqlar; b) osma qoziqlar. 1-mustahkam grunt; 2-
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
8 тема практика бино иншоот
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savollar
- Asos (zamin) va poydevorlarni mustahkamlashning asosiy usullari
8.8-rasm. Qoziq poydevor sxemasi. a) tayanch qoziqlar; b) osma qoziqlar. 1-mustahkam grunt; 2-
qoziqlar; 3-bo`sh grunt; 4-rostverk. Tayanch iboralar: Poydevorlar, qo`yilish chuqurligi, poydevor tovoni, tovonining o`lchamlari, grunt bosimi, ishqalanish kuchi, markaziy va nomarkaziy yuklangan alohida turuvchi poydevorlar, tasmali poydevorlar, yaxlit poydevorlar, qoziq poydevorlar. Takrorlash uchun savollar 1. Poydevorlar nima va u qanday vazifani bajaradi? 2. Poydevorlarning qo`yilish chuqurligi nima? 3. Markaziy yuklangan ustun osti alohida turuvchi poydevorlarni hisoblash qanday bosqichlarni o`z ichiga oladi? 4. Tasmali, yaxlit va qoziqli poydevorlar qanday holatlarda qo`llaniladi? 5. Tasmali, yaxlit va qoziqli poydevorlar ko`rinishi qanday bo`lishi mumkin? Asos (zamin) va poydevorlarni mustahkamlashning asosiy usullari Bino va inshootlar poydevorlarining gruntlarini ta’mirlab mustahkamlash uchun turli texnologiyalar mavjud. Asos va poydevorlarni mustahkamlashni o’zaro bog’liq holda olib boriladi, shunda ko’pgina bitta elementni mustahkamlash boshqasi uchun ham foydali bo’lishi mumkin. Poydevor asosini mustahkamlash gruntlarning turiga va ularning namligiga bog’liq bo’ladi. Gruntlarni mustahkamlash usullari quyidagilarga bo’linadi: 1. Sementlash (shag’alli va qoya toshli gruntlar uchun). 2. Silikatlash (qumli va qumloq gruntlar uchun). 3. Smolalash (qumli gruntlar uchun). 4. Elektrokimyoviy mustahkamlash (namli tuproq va changli gruntlar uchun). 5. Termik ishlov berish usuli (lyoss, tuproqli va qora tuproq gruntlar uchun). Bulardan tashqari asosni quyma beton qoziq yoki boshqa ashyoli qoziqlar yordamida kuchaytirish mumkin. Qayd etilgan asosni mustahkamlash usullari ancha murakkab bo’lib, alohida qurilma va yuqori malakali mutaxassislarni talab qiladi. Poydevorlarni mustahkamlash ishlari ham alohida murakkab va javobgarlidir, chunki poydevorni yanada buzilib borishi binoning yuqori qismini buzilishiga olib keladi. Bunday hollarda buzilish sababini aniq belgilab, so’ng ta’mirlash ishlariga kirishish mumkin. Buning uchun poydevorning ba’zi joylarini ochishga, gruntlarni tekshirish uchun quduqchalar burg’ilash va boshqa choralarni ko’rishga to’g’ri keladi. Poydevorlarni shikastlanishi ko’pincha asosni namlanishi oqibatida, tuproqli gruntlarni muzlashi natijasida kengayish kuchi ta’sirida hamda loyihadagi va ishlarni bajarish davridagi kamchiliklar va xatoliklar oqibatida yuz berishi mumkin. Masalan, shunday voqealar ma’lumki, o’n yillab yaxshi holatda turgan bino, to’satdan shikastlanib buziladi. Uning sababi asosni suv bosishi natijasida va avvalgi yillarga nisbatan yanada chuqurroq muzlash yuz berganidadir. Demak, shunday xulosa kelib chiqadiki, binolardan foydalanish qoidalari buzilganda va ta’mirlash o’z vaqtida olib borilmasa kuchli shikastlanish va hatto halokat (avariya) yuz berishi mumkin. (Suv: tsement 12:1 va 6:1). TSementning turi va markasini grunt suvlarining tajovuzkorlik (agressivlik) darajasiga qarab belgilanadi. Quduqlar orasidagi masofa, hamda quduqlar qatori orasidagi masofalarni nisbiy shimilish qiymatiga bog’liq holda belgilanadi. Mustahkamlash radiusi – 0,3 – 1,5 metrgacha qorishma sarfi – V qor (0,15 0,4) V grunt hajmi. P grunt g’ovakligi (3.1.-rasm). Gruntlarni silikatlash usuli quyidagilarga bo’linadi: a) ikki qorishmali silikatlash usuli yirik va suv shimgan qumlarni mustahkamlashda qo’llaniladi. K f 2 80 m kun. b) bir qorishmali silikatlash usuli mayda va sinchsimon qumlarni (K f 0,5 5 m kun), hamda lyoss gruntlarini mustahkamlashda (K f 0,1 2 m kun) qo’llaniladi. v) elektr silikatlash usuli suv shimgan mayda zarrali qumlarni va qumoq gruntlarni mustahkamlashda qo’llaniladi K f 0,5 0,01 m kun. Gruntlarning mustahkamligi ikki qorishmali va bir qorishmali usulida – 36 N sm 2 gacha elektr silikatlash usulida esa 4 – 8 kgs sm 2 bo’ladi, bunda gruntlarni suv o’tkazmaslik xususiyati ta’minlanadi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling