sinfdagi beton, shag`al toshi yoki qumli to`shama tayyorlanadi
va unga poydevor
o`rnatiladi.
Yaxlit (quyma) poydevorlar B12,5 ... B15 sinfdagi betondan, yig`ma
poydevorlar B15 ... B20 sinfdagi beton tayyorlanadi. Asosan,
markaziy siqilgan
poydevorlar A-II va A-III sinfdagi diametri 10 mm dan kam bo`lmagan armatura
ikkala yo`nalishda qadami 150...200 mm li payvand to`rlar bilan qurilmalanadi.
Himoya qatlami qalinligi – poydevor ostida to`shama bo`lsa kamida 35 mm,
to`shama bo`lmasa 70 mm, yig`ma poydevorlarda 30 mm olinadi.
Yig`ma poydevorlar yig`ma
ustunlar ostida, yaxlit (quyma) poydevorlar ham
yig`ma, ham yaxlit ustunlar ostida loyihalanadi. Yig`ma
ustunlar poydevorni
betonlash jarayonida qoldirilgan maxsus o`rinlarga – stakanlarga o`rnatiladi va
yaxlitlanibbikr holiga keltiriladi(ustunni stakanga qotirish uchun ustun bilan stakan
devori orasini sementli qorishma bilan to`ldiriladi). YAxlit (quyma)
ustun bilan
poydevorni bikr biriktirish uchun poydevorlardan uning qirrasi (obrez) da chiqarilgan
armatura hisobiy yuzasiga teng bo`lgan armatura chiqariladi. Poydevordan chiqib
turgan armatura ustunning armaturasi bilan vanali payvand
yoki payvandsiz ustma-
ust (vnaxlestku) o`tkazish yo`li bilan biriktiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: