8.1-chizma. Pulga talab grafigi
Real pul zahiralariga talab funksiyasini quyidagi ko’rinishda yozamiz:
M/R = f(R)
Klassik va keynschilarga xos yondashuvlarni umumlashtirib, pulga talabning quyidagi omillarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1) daromadlar darajasi;
2) pulning aylanish tezligi;
3) foiz stavkasi.
Agar klassik nazariya pulga talabni asosan, real daromad hajmi bilan bog’lasa, keynschilarda esa pulga talab asosan, foiz stavkasiga bog’liq deb hisoblanadi.
Pulning aylanish tezligini hisobga olmaganda, real pul qoldig’iga talab formulasi quyidagicha bo’ladi:
(M/P) D =f (R, Y);
Bu yerda: R – foiz stavkasi; Y – real daromad.
Chiziqli bog’liqlikni e’tiborga olsak, quyidagicha formula hosil bo’ladi:
(M/P)D = kY - hR
Bu yerda: k va h – pulga talabning daromadlar va foiz stavkasiga ta’sirchanligini ifodalovchi koeffisiyentlar; k – foiz stavkasi (real foiz stavkasi).
Real foiz stavkasi nominal foiz stavkasidan inflyasiya sur’atini ayirib topiladi.
8.4. Pul taklifi. Bank multiplikatori
Pul taklifi (Ms) o’z ichiga bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar (S) va zarur bo’lganda (D) iqtisodiy agentlar bitimlar uchun ishlatishi mumkin bo’lgan depozitlarni oladi:
Ms = S+D.
Aksariyat mamlakatlarda davlat pul chiqarishda monopol huquqqa ega.. Uni amalga oshirish huquqi nisbatan mustaqil muassasa Markaziy bank ixtiyorida. “ Markaziy bank O’zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to’lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko’rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarish mutlaq huquqiga ega”. Ammo pul taklifini ko’paytirish imkoniga yoki pul yaratish qobiliyatiga tijorat banklari ham ega.
Banklarning pul taklifini yuzaga keltirish qobiliyati depozitlarni majburiy zahiralash me’yori bilan tartibga solib turiladi. Pul taklifi va majburiy zahiralash me’yori o’rtasidagi bog’liqlikni quyidagi formula ko’rinishida yozishimiz mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |