8-Mavzu. Qishloq xo’jaligida yer-suv resurslari va ulardan samarali foydalanishni boshqarish reja
O’zbekiston Respublikasi yer fondining yerlar toifalari bo’yicha taqsimlanishi
Download 88.39 Kb.
|
O’zbekiston Respublikasi yer fondining yerlar toifalari bo’yicha taqsimlanishi
Qishloq xo’jaligi ahamiyatiga ega bo’lgan yerlar deb qishloq xo’jaligi ehtiyojlariga ajratilgan, shuningdek shu maqsadlarda hududiy rejalashtirishga muvofiq belgilangan yer maydonlariga aytiladi. Bo’z yerlarga ilgari haydalmagan ammo bir yildan ortiqroq muddat qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun turli urug’larni ekishda foydalanilmaydigan yer maydonlari kiradi. Ko’p yillik daraxtzorlarga - bog’lar, uzumzorlar, tutzorlar, bodomzorlar, anorzorlar, anjirzorlar kiradi. Yaylovlar-qishloq xo’jalik mulkining barqaror bo’lmagan vaqtinchalik ko’rinishidir. SHu sababli qishloq xo’jaligi ekinlari uchun yaroqli bo’lgan bo’z yerlar maydonlarini asta-sekin haydaladigan yerlarga aylantirish, bunga yaroqsizlaridan pichanzorlar va yaylovlar sifatida foydalanish qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishda muhim vazifalardan hisoblanadi. CHorvachilik uchun tabiiy ozuqa bazasi bo’lgan pichanzorlar va yaylovlar ham qishloq xo’jaligida mulk sifatida katta ahamiyatga ega. Bu maydonlar maysazorlar, tabiiy o’sim-liklar bilan qoplangan bo’lib, pichan olish yoki chorvani o’tlatish uchun mo’ljallangan. Pichanzorlar va yaylovlar suvli, suvsiz, xo’jalik holatiga ko’ra sof, butazor, yosh daraxtzor bilan qoplangan, adirli va boshqa turlarga bo’linadi. Boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlariga qiyoslaganda 1 ga. haydaladigan yerdan olingan mahsulot hosili eng yuksak ko’rsatkich hisoblanadi. Ana shundan kelib chiqib, yer maydonlaridan imkon qadar samarali foydalanish, uning o’lchamlarini kamaytirmay, iloji bo’lsa kengaytirib borish kYerak. O’zbekistonda qishloq xo’jaligi yerlarini qishloq xo’jaligi uchun zarur bo’lmagan toifaga o’tkazish istisno holatlarda Respublika Yer kodeksida belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Yer islohoti – bu iqtisodiy islohotlar jarayonida, yerni dehqonlarga to’liq biriktirish, yerga egalik va undan foydalanish, har bir dehqonning yuqori samarada ishlab, ekologik toza mahsulot ishlab chiqarishdagi ma’suliyati va manfaatdorligini ta’minlaydigan huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy chora- tadbirlar majmuini ishlab chiqish halq amaliyotiga joriy qilish hisoblanadi. Yer resurslari bilan bir qatorda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida suv resurslari ham muhim ishlab chiqarish omili bo’lib hisoblanadi. Suv organik moddalar hosil bo’lishidagi fotosintez jarayonida qatnashib, o’simlik organizmi uchun muhim omil hisoblanadi. Bundan tashqari, suv ozuqa moddalarni Yeritadi va ularni o’simlik tomonidan o’zlashtirilishini amalga oshiradi, qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligining shakllanishiga imkoniyat yaratib bYeradi. Respublika dehqonchiligi sug’orishga asoslangan. SHuning uchun suv qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida yer kabi eng zarur vosita hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan mahsulotlarning asosiy qismi sug’oriladigan yerlarda yetishtiriladi. Qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan yalpi mahsulotning 95 foizga yaqini sug’oriladigan yerlardan olinadi. Sanoatning qishloq xo’jaligi xom ashyolariga, aholining esa oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabi qondirilishida yer va suvning ahamiyati juda katta. Yerlardan, suvlardan qanchalik oqilona, samarali foydalanilsa, ishlab chiqariladigan mahsulotlar hajmi ko’payadi, natijada yuqorida ta’kidlangan talablarning qondirilish darajasi ortadi. Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan suvlarning sifati ham barcha viloyatlarda bir xilda bo’lmay, bir-birlaridan farq qiladi. Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarining aksariyat hududlarida ekinlarni sug’orishda foydalaniladigan suvlarning sifati yaxshi, ya’ni ularning tarkibida hosildorlikka salbiy ta’sir etuvchi turli xildagi minYerallar kam, lekin Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyati hududlarida foydalanilayotgan suvlarning tarkibida xlor va boshqa moddalar ko’p. SHuning uchun ham ularning sifati nihoyatda yomon. Bunday hol qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish hajmiga va sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Kelajakda yerlarning unumdorligini oshirish, suvlarning sifatini yaxshilashga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasini samarali amalga oshirish orqali zarur qishloq xo’jalik mahsulotlari hajmini, miqdorini ko’paytirishga va sifatini yaxshilashga Yerishish mumkin. Respublikamizda suv resurslari manbalari cheklangan. Ularning umumiy miqdori 49,4 mlrd. m3 atrofida. SHundan 30,6 mlrd. m3 yoki 61,9 foizi yirik daryolarning suvidan, 16,5 mlrd. m3 respublika hududidagi mayda daryolarning suvlaridan, qolgan qismi esa yer osti hamda kollektor-zovurlardan olinadigan suvlardan iborat. Mavjud suv resurslari hozirgi o’sib borayotgan talabni to’liq qondira olmaydi. SHu suv resurslarining aksariyat qismi qishloq xo’jaligi tarmog’ida ishlatiladi. Suv resurslari davlat muhofazasida, mulkchilik shakllari bo’yicha taqsimlanmagan. Respublikada mustaqillik yillarida suvdan foydalanish islohotlari olib borildi. Sug’oriladigan dehqonchilikni rivojlantirish va qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni jadallashtirish sug’oriladigan yerlarda suv tanqisligini vujudga keltiradi. Bu esa o’z navbatida xo’jalik sug’orish tizimlarida suvni behuda nobud qilmaslik, suv sarfini kamaytirish, sug’orish usullarini takomillashtirish bo’yicha qator tadbirlarni amalga oshirish va suvdan foydalanishni qat’iy hisob-kitobini olib borish tartibini joriy etishni talab qiladi. Qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orishda tuproqdan sizib yo’qoladigan va sug’orish tizimlari takomillashtirilmaganligi tufayli isrof bo’ladigan suv miqdori 35-40 foizga teng bo’ladi. O’zbekistonda ekinlarni sug’orishda foydalaniladigan suv asosan o’z oqimi bilan keladigan suv bo’lib, asosiy sug’orish usuli qator oralari ishlanadigan ekinlar va yem-xashak ekinlarini egatlar orqali sug’orish hisoblanadi. Kelajakda sug’orish usullari va texnikasini takomillashtirish, sug’orish tizimlariga xizmat qilishni tegishli yo’lga ko’yish, mavjud sug’orish mashinalarini takomillashtirish va shu asosda egatlar orqali sug’orish uchun suv yetkazib bYerishga qilinadigan qo’l mehnati sarflarini kamaytirish talab qilinadi. Bu borada O’zbekistonda irrigatsiya tizimlarini boshqarishning ma’muriy-hududiy tamoyilidan havza tamoyiliga o’tishni ko’zda tutuvchi, suv resurslarini boshqarish, shuningdek suvdan foydalanishda bozor tamoyillarini barcha darajada tadbiq qilish amalga oshirilmoqda. Qishloq xo’jaligida yer resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi xo’jaliklarga bYerkitilgan yer resurslari, ya’ni 1 gektar maydon hisobiga to’g’ri keladigan ishlab chiqarish samarasini aks ettiradi. Yer resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlariga, qishloq xo’jaligiga yaroqli yerdan va haydaladigan yerdan foydalanish koeffitsientlari kiradi. Download 88.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling