8-Mavzu. Qishloq xo’jaligida yer-suv resurslari va ulardan samarali foydalanishni boshqarish reja
Download 88.39 Kb.
|
8-Mavzu. QISHLOQ XO’JALIGIDA Yer-SUV RESURSLARI VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISHNI BOSHQARISH Reja: Yer-suv resurslarining qishloq xo’jaligidagi ahamiyati va xususiyatlari, ularning maydoni tarkibi. Yerdan, suvdan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi. Yerdan, suvdan foydalanish samaradorligi, uni oshirish yo’llari. Yer monitoringi va davlat yer kadastri. Qishloq xo’jaligining yer resurslari - bu qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun qishloq xo’jaligi mahsulotini ishlab chiqarishda xususiy mulk sifatida egalik qilishga va foydalanishga ajratilgan yer maydonlaridir. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining moddiy asosi sifatida yer resurslari ishlab chiqarishning umumiy omili bo’lib, tarmoqdagi boshqa ishlab chiqarish resurslarini birlashtirish uchun moddiy asos hisoblanadi. CHunki yer qishloq xo’jaligida bosh ishlab chiqarish vositasi hamda mehnat predmeti hisoblanadi. Ishlab chiqarish vosita sifatida yerdan foydalanishda uning bir qancha xususiyatlari mavjud: Yer qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vositasi. Boshqa sohalarda yer joy vazifasini bajarib kelmoqda. Yer maydonining cheklanganligi va takror ishlab chiqarilmasligi. yer tabiatan cheklangan, uning maydonini inson kengaytira olmaydi. Boshqa asosiy vositalarni, masalan, traktorlarni, mashinalarni talabni qondirish maqsadida xohlagancha ishlab chiqarish mumkin; Yerning tabiat mahsuli ekanligi. yerning kelajakdagi taqdiri tabiatga bog’liq. Boshqa asosiy vositalar, ya’ni binolar, inshootlar, kombaynlar, traktorlar inson mehnatining mahsulidir. Zaruriyat tug’ilganda ular inson tomonidan ishlab chiqarilishi mumkin. yerni esa inson ishlab chiqara olmaydi; qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida yerni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirib yurish imkoniyati cheklangan. Undan joylashgan makonida oqilona foydalanish mumkin. Lekin mashina va traktorlarni talab etilgan joyga olib borib, turli xildagi ishlarni amalga oshirish, bino-inshootlarni ham talab etilgan joyga qurish mumkin; Yerning yuqori qatlami hisoblangan tuproq unumdorligining mavjudligi, yaxshi qarash natijasida uning oshib borishi, tuproqqa vaqtida ishlov bYerilsa, o’g’itlansa, uning unumdorligi oshib borishi mumkin. Lekin boshqa asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi oqibatida jismoniy jihatdan ishdan chiqadi. Ular vaqt o’tishi bilan fan-texnika taraqqiyoti natijasida ma’naviy jihatdan ham eskiradi. yerning unumdorligidan tadbirkorlik bilan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Respublikada mavjud yer maydonlari jami: 4410,3 ming gektar, 21,4 million gektar ya’ni 48 foizdan ortiq yerlardan qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida foydalanilmoqda, shundan sug’oriladigan yerlar 4279 ming gektar, yoki 9,6 foizni tashkil etadi. 8.1-jadvalda O’zbekiston yer fondidan foydalanish darajasi bo’yicha toifalarga taqsimlanishi keltirilgan. Haydaladigan yerlarning eng mahsuldor va samarali qismi sug’orma yerlardir. O’zbekiston - qadimdan sug’orma dehqonchilik mamlakati bo’lib kelgan. Sug’orma dehqonchilik oziq - ovqat sohasida Respublika mustaqilligining negizi va asosiy eksport mahsulotining manbaidir. O’zbekiston hozirda jahonda sug’orma dehqonchilik markazlaridan biri hisoblanadi. Sug’oriladigan yerlarning umumiy maydoni salkam 4,3 mln. gektarni tashkil etib, uning asosiy qismi tuproq-suv sharoiti nisbatan qulay bo’lgan vodiy va vohalarda joylashgan. Farg’ona, Zarafshon vodiylari, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm vohalari shular jumlasidandir. 1960 yillardan so’ng sug’oriladigan yerlar maydoni ikki martadan ziyod ko’paydi. O’sish asosan Mirzacho’l, Qarshi cho’li, Ellikqal’a massivi hisobiga ta’minlangan. 8.1-jadval Download 88.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling