8-Mavzu. Qishloq xo’jaligida yer-suv resurslari va ulardan samarali foydalanishni boshqarish reja


Download 88.39 Kb.
bet5/6
Sana19.06.2023
Hajmi88.39 Kb.
#1623030
1   2   3   4   5   6
Suvdan foydalanish koeffitsienti.
U haqiqatda sug’orilgan maydonni shu suv bilan sug’orilishi mumkin bo’lgan maydonga taqsimlash natijasida aniqlanadi. Buning uchun quyidagi tenglikdan foydalanish mumkin:
SFK= ; yoki x100 (8.9)
bunda: SFK – suvdan foydalanish koeffitsienti yoki foizi;
SM – haqiqatda sug’orilgan maydon, ga;
SMM – sug’orilishi mumkin bo’lgan maydoni, ga.
Buni aniqlash natijasida suvdan foydalanish darajasi belgilanadi. Bu ko’rsatkichni aniqlashda ekinlarga suv bYerish me’yoriga alohida e’tibor bYerish maqsadga muvofiqdir. CHunki unga rioya qilinsa, albatta, suvdan foydalanish darajasi yuqori bo’ladi. Demak, uning darajasi, ya’ni koeffitsienti 1 dan yoki 100 foizdan yuqori bo’lmasligi lozim. Agarda yuqori bo’lsa, unda ekin maydonlari sifatli sug’orilgan bo’lmaydi.
Foydalanish mumkin bo’lgan yerlardan bir yilda necha marta foydalanilganlik darajasini aniqlash uchun haqiqatda urug’ ekilgan maydonni mavjud ekin ekilgan yer maydoniga taqsimlanadi. Bunda quyidagi tenglikdan foydalanish mumkin:
EFS= (8.10)
bunda: YeFS – yerdan foydalanish soni, ya’ni 1 ga maydondan necha marta foydalanilganlik soni;
UEM – bir yil mobaynida urug’, chigit ekilgan maydon, ga;
FM – foydalanilgan yer maydoni, ga.
Bu ko’rsatkich yordamida bir maydonga necha marta ekin ekib, foydalanganlik darajasi, ya’ni soni aniqlanadi. Demak, uning soni birdan ko’p bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Buning uchun mavjud bo’lgan yerlardan bir necha marta ekin ekib, hosil olishga intilish lozim.
Suvdan foydalanish samaradorligi.
Bu ko’rsatkich yordamida har bir metr kub suv evaziga olingan yalpi mahsulot miqdori, qiymat, daromad va sof foyda summasi quyidagi tenglik yordamida aniqlanadi:
SFS = : : : (8.11)
bunda: SFS – suvdan foydalanish samaradorligi;
FSM – foydalanilgan suv miqdori. Bu natura hamda qiymat ko’rinishida aniqlanadi. Bunda 1 m3 suvdan foydalanish natijasida qancha miqdorda mahsulotlar yetishtirilganligi hamda necha so’mlik yalpi mahsulot va yalpi daromad, sof foyda olinganligi aniqlanadi.
Sug’orish sistemasi (tizimi)dan foydalanish koeffitsienti darajasini aniqlash uchun shu tizimning oxirida ekinlarni sug’orish maqsadida bYerilgan suv miqdorini shu tizim boshida olingan suv miqdoriga taqsimlash zarur. Bunda quyidagi ifodadan foydalanish mumkin:
STFK= (8.12)
bunda: STFK – sug’orish tizimidan foydalanish koeffitsienti;
STOEBS – sug’orish tizimining oxirida ekinlarga bYerilgan suv miqdori;
STBOSM – sug’orish tizimining boshida olingan suv miqdori.
Bu ko’rsatkich darajasi yoki koeffitsienti 1 ga intilishi kYerak. CHunki sug’orish tizimining boshida olingan suv ekin maydonlariga to’liq yetkazilishi lozim. Agar uning darajasi past bo’lsa, demak, suvning ma’lum miqdori tizim davomida parlangan, tuproqqa sizib ketgan yoki oqib ketgan bo’lishi mumkin. Bu ko’rsatkich tizimning holatini ham isbotlaydi.
Suvdan foydalanish va qishloq xo’jalik ekinlari uchun yerlarni tayorlash rejalarining bajarilish koeffitsienti quyidagi ifoda orqali hisoblab chiqiladi.
SFK = 1 – Ye = (8.13)
bunda Qg – xo’jalikka o’n kun davomida kelib turadigan o’rtacha suv miqdori:
Qs – xo’jalikka bir kecha-kunduz davomida kelib turadigan o’rtacha suv miqdori:
n – o’n kunda sug’orish o’tkaziladigan kunlar soni.
O’n kun davomida reja bo’yicha bYerilishi lozim bo’lgan va haqiqatda bYerilgan suv oqimi quyidagi ifoda bo’yicha aniqlanadi.
W = 0,0864 x Qg x n, ming m.kub (8.14)
Suvdan foydalanish koefitsienti reja bo’yicha birga teng bo’lishi kYerak. SHunga ko’ra amalda suvdan foydalanish koeffitsienti (SFK) quyidagi ifoda bo’yicha hisoblanadi:
SFK = (8.15)
bunda:
Wa,Wr – reja bo’yicha belgilangan va amalda sug’orilgan maydon, ga:
Qa,Qr – o’n kun davomida reja bo’yicha va haqiqatda sarflangan suv miqdori, m.kub/s
SFK ning qiymati 0,9-1,10 atrofida bo’lishi kYerak, u pasayib ketganda buning sababi aniqlanadi va tegishli tuzatish kiritiladi. Suvdan foydalanish koeffitsientini oshirish ko’p jihatdan xo’jalikda va dalalarda unga nisbatan moddiy jihatdan javobgarlikni his etishga, yetishtirilgan hosilga bog’liq bo’ladi. Suvdan foydalanishda moddiy jihatdan javobgarlikni belgilash uchun xo’jalikka kelayotgan suvni qat’iy ravishda hisobga olib borish va undan samarali foydalanishni joriy etish kYerak bo’ladi.
Yil davomida talab etilayotgan umumiy suv sarfi (Q-brutto) va sof holati talab qilinayotgan suv miqdori (Q-netto) aniqlanib, ular asosida suvdan foydalanish koeffitsienti topiladi.
Ekinlarni sug’orishda suvdan maqsadga muvofiq foydalanish ko’p jihatdan sug’orish tizimlarini suv olishga qanday tayorlanganligi va suvni egatlarga taqsimlab bYeradigan sug’orish texnikasining qanchalik yuqori muxandislik tipida bajarilganligi xo’jaliklarda suvdan foydalanish samaradorligini va shular asosida o’stirilayotgan ekinlar hosildorligini oshirishni ta’minlaydi.
Ekinlar hosildorligini oshirish va asosiy jamg’armalarning hosil bilan qanchalik qoplanishidagi birdan-bir muhim omil –xo’jaliklarda suvdan rejali foydalanishni takomillashtirishdan iboratdir.
Qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori hosil olish uchun tuproq unumdorligini oshirish bilan bir vaqtda uchastkalar ichidagi kanallarning qanchalik sozligi to’g’risida muntazam qayg’urish kYerak, bu esa o’z navbatida sug’orish shoxobchalariga o’z muddatida suv yetkazib bYerish va dalalar bo’ylab suvdan samarali foydalanish imkonini bYeradi.

Download 88.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling