8-mavzu. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari. Muammoli ta’lim texnologiyalari reja


Download 437.9 Kb.
bet17/18
Sana14.11.2023
Hajmi437.9 Kb.
#1772365
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
8-mavzu

Muammoni qo‘yish mohiyati

1-daraja







O‘qituvchi muammoni qo‘yadi va talabalarni uni hal qilishga yo‘naltiradi

2-daraja













O‘qituvchi muammoli vaziyatni bayon qiladi va talabalarning o‘zlari mustaqil ravishda muammoni shakllantiradi

3-daraja




O‘qituvchi muammoni qo‘rsatib bermaydi, balki unga talabalarni ro‘para qiladi. Talabalar muammoni anglagan holda uni o‘zlari shakllantirib, muammoni yechish usullarini tahlil qiladi




Ta’lim jarayonida masalani qo‘yishda mavjud shart-sharoitlarni aniqlashda muammo fundamental asos sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quv materiallari mazmunini o‘zlashtirishda muammoning qo‘yilishi va hal etilishi quyidagi bosqichlarda kechadi



Педагогик муаммо – ҳал қилиниши зарур, бироқ, ҳали ечиш усули номаълум бўлган педагогик характер- даги масала


Pedagogik jarayonda talaba “muammo”ga emas, balki muammoli vaziyatga ro‘para qilinadi.


D
Муаммоли вазият – талабаларнинг маълум топшириқларни бажариш
(масалани ечиш, саволга жавоб топиш) жараёнида юзага келган зиддиятни англаши билан боғлиқ руҳий ҳолати бўлиб, у ҳал этилаётган масала билан боғлиқ янги билимларни излашни тақозо этади

arhaqiqat, muammoli vaziyat deganda talabanining hozirda yoki kelgusida ta’lim maqsadiga erishishi uchun xavf tug‘diraigan vaziyat tushuniladi.


Muammoli vaziyatni hal qilish bir necha bosqichda kechadi. Ya’ni

Muammoli ta’limning asosi bo‘lgan bosqichlari.

Pedagogikada muammoli vaziyat metodi ham qo‘llaniladi


Muammoli vaziyat metodi – talabalarni muammoli vaziyatga to‘qnash kelishini ta’minlash asosida uning sabab va oqibatlarini tahlil qilish, ularning yechimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirish va ularning bilish faoliyatini faollashtirishga asoslanadigan yo‘l.
Metodning mohiyati aniq vaziyatni tahlil qilish, baholash va uning yechimi yuzasidan qaror qabul qilishdan iborat. Ta’lim jarayonida muammoli vaziyat metodi qo‘llanilganda talabalarning faoliyatlari quyidagi tizim asosida tashkil etiladi.
“Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi talabalarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo‘yilgan muammoning yechimini topishga qodir bo‘lishlari keraq aks holda yechimni topa olmagach, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so‘nishiga, o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarining yo‘qolishiga olib keladi. “Muammoli vaziyat” metodi qo‘llanilganda talabalar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini topishni o‘rganadi.
“Muammoli vaziyat” metodining tuzilmasi quyidagicha:
- muammoli vaziyat tavsifini keltirish:
- talabalarga kichik guruhlarga bo‘lish;
- guruhlar tomonidan muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarining aniqlanishi:
- guruhlarning muammoli vaziyatning oqibatlari to‘g‘risida fikr yuritishi;
- guruhlar tomonidan muammoli vaziyat yechimi borasidagi variantlarning asoslanishi;
- variantlar orasidan to‘g‘ri yechimning tanlanishi;
- guruh tomonidan yechimning bayon etilishi;
- jamoada yechim yuzasidan muhokamaning tashkil etilishi
Ta’lim jarayonida muammoli vaziyat metodini qo‘llash quyidagi tartibda kechadi:
1. O‘qituvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni aniqlaydi.
2. O‘qituvchi tomonidan muammo vaziyat bayon qilinadi.
3. O‘qituvchi talabalarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan tanishtiradi.
4. O‘qituvchi talabalarni kichik guruhlarga ajratadi.
5. Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganib, uning sabablarini aniqlaydi.
6. Guruhlar muammoni yechish imkoniyatlarini muhokama qiladi.
7. Muammoli vaziyatni yechish yo‘llari tanlanadi.
8. Kichik guruhlara muammoli vaziyatning yechimi topiladi.
9. Guruhlar yechim yuzasidan taqdimot qiladi.
10. Taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.
11. Jamoa o‘qituvchi bilan muammoli vaziyatning samarali yechimini
Muammoli vaziyatni yechishda quyidagi usullar qo‘llaniladi:
- muammoni turli nuqtai nazardan o‘rganish va tahlil qilish;
- mavjud dalillarni solishtirish va umumlashtirish;
- qo‘shimcha dalillarni aniqlash va ularni o‘zaro qiyoslash;
- muammo bilan bog‘liq xulosalarni chiqarish;
- talabalarning mustaqil ravishda muammoni qo‘yishlari.
Muammoli vaziyat metodi quyidagi afzalliklariga ega:
- talabalarda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi;
- talabalar muamoning sabab, oqibat va yechimlarini topishni o‘rganadi;
- talabalarning bilim va qobiliyatlarini
- baholash uchun yaxshi imkoniyat yaratiladi;
- talabalar fikrlar va natijalarni tahlil qilishni o‘rganadi
Ta’lim jarayonida ushbu metodni qo‘llashda ayrim kamchiliklar ham ko‘zga tashlanai. Ular:
- ta’lim oluvchilarda yuqori motivasiya talab etiladi;
- qo‘yilgan muammo talabalarning bilim darajasiga mos kelishi kerak;
- ko‘p vaqt talab etiladi
Mohiyatiga ko‘ra muammoli ta’lim muayyan texnologiyalarga asoslanadi.

Download 437.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling