8-mavzu. Sovet ittifoqi davrida o‘zbekistonda arxiv ishi (1946-1990)
Download 81.24 Kb.
|
8-mavzu sovet 1946-1990
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ikkinchi jahon urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonda arxiv ishi.
8-MAVZU. SOVET ITTIFOQI DAVRIDA O‘ZBEKISTONDA ARXIV ISHI (1946-1990)Reja: 1. Ikkinchi jahon urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonda arxiv ishi. 2. O‘zbekiston SSRda arxivlarning markazlashuvi. TAYANCH SO‘ZLAR VA IBORALAR O‘zSSR MIK Prezidumi, SSSR Qizil Armiya Markaziy davlat arxivi, Markaziy harbiy davlat arxivi, NKVD, ko‘rsatgich (putevoditel), ro‘yxat, katalog, O‘zSSR Oktyabr inqilobi markaziy davlat arxivi, arxiv ro‘yxati (opis). 1. Ikkinchi jahon urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonda arxiv ishi. Tarixchilar 1930 yillarda oxir oqibatda milliy bo‘linishlarni emas, ijtimoiy tabaqalanishni aks ettiradigan hujjatlarni izlashga kirishdilar. 1937 yilgacha Stalin chor imperiyasining yangi talqinini shakllantirdi: tarixchilar uni jabr sitam etkazuvchi hukumat emas, balki qattiqqo‘l hokimiyat deb ta’riflay boshladilar; go‘yoki Evropa qaraganda imperiyaning ichki sinfi Rossiya hukumronligi ostidagi qatlam holati ancha yaxshilangandek edi. Urushdan keyingi davrda ham sovet tarixchilari tarixni qo‘llashda davom ettirdilar. 1953 yilda Rossiyaning tarixiy yozma manbalarida "bosib olish" so‘zining o‘rniga qo‘llaniladigan "birlashtirish" terminining ahamiyatli tomonlarini muhokama qildi. Bu kabi ta’riflar jamoatchilikning ko‘ngliga yo‘l topishga imkon yaratdi. Sovet Ittifoqi qardosh xalqlari deb nomlanuvchi o‘zbek kommunistik partiyasining 1-sekretari 1956 yildagi nutqi chor hukumat bosqiniga qarshi o‘zbek-rus xalqlarining ittifoqqa kirishi haqida edi. Ammo Pravdo Vostoka deb ataluvchi partiya gazetasida nashrdan chiqqan qilinishi kerak bo‘lgan ish masalasidagi turli konferensiyalarning kerakligi tarixchilarda noqulayliklar tug‘dirganini ko‘rsatdi. Ma’lum bir o‘zbek tarixchilari iqtisodiy o‘sish izchil rivojlanayotgan masalalar xususida Rossiya tomonidan olib borilayotgan ishlarni ochiqdan-ochiq qoraladilar. Ular mahalliy aholini oyoq osti qilishga qarshi ochiqdan-ochiq so‘zga chiqdilar va arxivlarda saqlanayotgan ularning nutqi taqiqotchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi1. Partiyaga sodiq bo‘lgan o‘zbek tarixchilari O‘zbekistonda marksistik- leninistik g‘oyalarining yoyilishi va tarqalishi tarixini o‘z ichiga oladigan bir qator hujjatlar ustida ish boshladilar va ularda bir kechada XVII-XX asrlarda o‘zgarib qolgan Ittifoq to‘g‘risida “obektiv” dalillarni keltirib o‘tishni maqsad qilishdi. O‘zbekistonda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan ilk chet ellik tarixchilarga Sovet davridan keyingi davrni ko‘zdan kechirgan Hindiston Universiteti doktoranti SHoshana Keller cheklovlarga qaramasdan O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasining markaziy sovet partiyasi arxivi deb qayta nomlangan kommunistik partiya arxiv hujjatlaridan oliy ta’lim muassasalaridan chetlashtirilgan mahalliy akademik olimlar ko‘magidan foydalangan2. Ikkinchi jahon urushdan keyingi yillarda arxivchilar oldida turgan muhim vazifa arxiv materiallariga ilmiy-ma’lumotnoma apparati, ma’lumotnomalar tuzish ishi edi. Hujjatlardan foydalanishni yaxshilash uchun ko‘rsatgich (putevoditel)lar, ilmiy ro‘yxatlar, kataloglar va boshqa axborotnomalar tayyorlash zarur edi. Bu ishlarni amalga oshirishdan avval arxivchilar davlat arxivlarida saqlanayotgan tartibsiz arxiv fondlarini tartibga soldilar. 1946-1951 yillarida 280 mingga yaqin saqlov birligi tartibga solindi, 150 ming keraksiz, ahamiyatsiz yig‘majildlar yo‘q qilishga ajratildi. SHunday qilib, davlat arxivlaridagi hujjatlarning barchasi tartibga solindi. Bu esa, arxiv hujjatlaridan foydalanishni osonlashtiradigan ilmiy axborotnomalar tuzish ishiga kirishishga imkon berdi. Urushdan keyingi yillarda O‘zSSR Markaziy davlat tarix arxivining ko‘rsatgichi tayyorlandi va O‘zSSR Oktyabr inqilobi markaziy davlat arxivi ko‘rsatgichi ustida ish boshlandi. Bundan tashqari, 10 dan ortiq arxiv fondlarining sharhi - axborotnomasi tuzildi, tematik sharhlar yozildi. Ayrim muhim arxiv fondlarining ro‘yxatlari nashr qilish uchun tayyorlangan edi, lekin e’lon qilinmay qoldi. Fotohujjatlar uchun ham tematik va ismlar kataloglari tashkil qilindi. Bu qilingan ishlar davlat arxivlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlari haqida tadqiqotchilarga to‘laroq axborot olish va ulardan kengroq foydalanish uchun imkoniyat ochib berdi. Arxiv tashkilotlarining muhim ishlaridan yana biri idoralar arxivlarini tartibga solish va hujjatlarni ehtiyot qilib saqlashni tashkil etish edi. Bu ishda O‘zSSR Ministrlar Sovetining 1949 yil 13 yanvardagi davlat va idoraviy arxivlar ishini yaxshilash to‘g‘risidagi qarori muhim ahamiyat kasb etdi. Bu qaror e’lon qilingandan keyin ko‘plab tashkilotlar arxivlari uchun maxsus binolar ajratdilar, arxivlarini tartibga soldilar. 1951-1954 yillari Toshkentda 378 tashkilot arxivlari tartibga solindi. Idoralar arxiv ishlarini yaxshilash uchun bir necha metodik qo‘llanma tayyorlandi. Masalan, «Tashkilotlarda arxiv hujjatlarining ekspertizasini o‘tkazish uchun esdalik», «Idoralar arxivlari ishini nazorat qilish uchun ko‘rsatmalar», «Ministrliklar arxivlari ishini rejalashtirish va hisobot qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar» shular jumlasidandir. 1963 yil 14 oktyabrda O‘zSSR Ministrlar Soveti «O‘zSSRda arxiv ishini yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Bu qaror idoraviy arxivlar, ya’ni tashkilotlar arxivlari ishini yaxshilashda muhim rol o‘ynadi. Unga ko‘ra idora arxivlarini yaqin 2-3 yil ichida tartibga solishni tugatish, doimiy saqlanadigan hujjatlarni davlat arxivlariga topshirish, arxivlarning o‘zini esa, hujjatlarini beshikast saqlashga yaraydigan binolarga joylashtirish va ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash keng yo‘lga qo‘yildi. Davlat arxivlari tashkilotlar arxivlari ishini nazorat qilishni kuchaytirdilar. SHu bilan birga, ularga yordam berishga katta e’tibor qaratdilar. Bu ishlar natijasida respublikada 1964 yili 1809 tashki-lotda, 1965 yili 1759 tashkilotda arxiv hujjatlari tartibga solindi. Idoraviy arxivlar bilan bir qatorda tashkilotlarda ish yuritish ishini yaxshilashga ham katta e’tibor berildi. Davlat arxivlari idoralarda ish yuritishni yaxshilashga yaqindan yordam berishdi. 1959 yili Toshkent shahrida birinchi bor ish yuritish kursi ochilib, kotiba va ish yurituvchilar malakasi oshirildi. Keyingi yillarda bunday tadbirlar doimiy amalga oshirilib turildi. Bu masalaga oid har xil qo‘llanmalar, ko‘rsatmalar ishlab chiqildi. Bu qo‘llanmalar idoraviy arxivlar ishini va ish yuritishini yaxshilashga katta hissa qo‘shdi. Davlat arxivlari uchun maxsus binolar ham qurildi. 1964 yili MDAga yangi bino qurilib foydalanishga topshirildi. 1970 yili O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar MDAga maxsus bino qurib berildi. Lekin viloyatlarda ko‘p arxivlar eski binolarda faoliyat yuritib kelar, ularda hujjatlarni saqlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan edi. Davlat arxivlari hujjatlarni qabul qilish sohasida ham anchagina ishlar qildi. 1946-1955 yillarda 600 mingdan ko‘proq saqlov birligidagi hujjatlar vazirliklar, idoralar arxivlaridan qabul qilib olindi. Bu sohada joylarda ham ancha tadbirlar o‘tkazildi. 1947 yili respublikada 118 tuman va 5 ta shahar arxivida 137 ming saqlov birligida yig‘majildlar saqlangan bo‘lsa, 1955 yili 8 shahar va 138 tuman davlat arxivlarida 642 ming saqlov birligida hujjatlar saqlangan. 1946-1955 yillarda 5 ta hujjatlar to‘plami nashr qilindi. «Frontdan xatlar» (1949-yil), «Afg‘onistonda Angliya agressiyasi» (1889-1917 yillar) ana shunday hujjatlar to‘plamidir. Arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadda foydalanishni yaxshilashda O‘zSSR Ministrlar Sovetining 1956 yil 31 martdagi «O‘zSSR Ministrliklari va idoralar arxiv materiallarini saqlash usullarini tartibga solish va ulardan foydalanishni yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori muhim rol o‘ynaydi. Respublika hukumati arxiv tashkilotlariga hujjatlardan foydalanishni kengaytirish, hujjatli to‘plamlar, ma’lumotnomalar, arxiv fondlari axborotnomalarini tayyorlashni va «O‘zdavlatnashr»ga ularni nashr qilishni topshirdi. Bu qaror arxiv tashkilotlarining ilmiy ishlarni, hujjatlarni e’lon qilish borasidagi ishlarini jonlantirib yubordi. Bir necha yil ichida 20 ga yaqin hujjatlar to‘plamlari nashr qilindi. SHu jumladan oktyabr to‘ntarishiga oid 2 ta, "bosmachilar" harakatiga doir 2 ta, kollektivlashtirishga oid 4 ta, «O‘rta Osiyoni tadqiq qilgan rus olimlari» nomli seriyada 4 ta to‘plam tayyorlanib nashr qilindi. 60-yillardan boshlab mavzular bo‘yicha arxiv hujjatlarining kataloglari tayyorlana boshlandi. 1963-1967 yillarda 50 mingdan ortiq kartochka yozilgan edi. Markaziy davlat arxivida ilmiy ma’lumotnoma apparati bo‘limi tashkil qilinib, bu bo‘lim xodimlari MDAning tizim (sistematik) katalogini tayyorlashga kirishdilar. Oldin tuzilgan tematik kartotekalar kartochkalari sistematik katalogiga qo‘shildi. SHuningdek, fotohujjatlarga ham 50 ming kartochka tuzildi. Bu kataloglar hozirgi kunga qadar to‘ldirib borilmoqda va tadqiqotchilarga hujjatlar qidirish ishlarini engillashtirmoqda. 1960 yili O‘zSSR MDA sovet fondlari ko‘rsatgichi (putevoditel) nashr qilindi. 1964 yili O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar MDA ko‘rsatgichi e’lon qilindi. Bu ko‘rsatgichlar tadqiqotchilarning arxiv materiallaridan foydalanishida juda katta qulayliklar yaratdi. Download 81.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling