8-mavzu. Sovet ittifoqi davrida o‘zbekistonda arxiv ishi (1946-1990)
O‘zbekiston SSRda arxivlarning markazlashuvi
Download 81.24 Kb.
|
8-mavzu sovet 1946-1990
2. O‘zbekiston SSRda arxivlarning markazlashuvi. 50-yillarning oxiri va 60-yillar ichida arxiv ishini yaxshilash maqsadida davlat arxivlari va arxiv idoralarida qator tashkiliy qayta qurish ishlari amalga oshirildi. 1958 yili O‘zSSR Oktyabr inqilobi Markaziy davlat arxivi O‘zSSR Markaziy davlat tarix arxivi bilan birlashtirilib, yagona O‘zSSR Markaziy davlat arxivi tashkil qilindi. Bir yildan keyin bu arxivga O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar markaziy davlat arxivi ham qo‘shildi.
SHunday qilib, 50-yillar oxiriga borib respublikada arxiv tashkilotlarining tartibli tizimi vujudga keldi, Bu tizim ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan barcha hujjatlarni ehtiyot qilnb saqlash va ulardan foydalanishni tashkil qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 1960 yillar boshida arxivlar taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Arxiv tashkilotlarini bevosita O‘zbekiston Ministrlar Sovetiga bo‘ysundirilishi respublikada arxiv ishini rivojlanishiga yordam qilgan muhim omil bo‘ldi. Ministrlar Sovetining 1961 yil 9 maydagi qarori bilan O‘zbekiston Ichki ishlar ministrligining arxiv boshqarmasi O‘zbekiston Ministrlar Soveti huzuridagi Arxiv boshqarmasi qilib qayta tashkil qilindi. SHu qaror asosida mahalliy arxiv tashkilotlari Qoraqalpog‘iston ASSR Ministrlar Soveti va viloyatlar ijroiya qo‘mitalari Arxiv bo‘limlari qilib qayta tashkil qilindi. Arxiv tashkilotlarini Ministrlar Soveti va viloyatlar ijroiya qo‘mitalari ixtiyoriga o‘tkazilishi ularni davlat apparati tizimidagi rolini orttirdi va arxiv ishi taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi. Arxiv tashkilotlari respublika davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan teng huququli bo‘lib qoldi va ular arxiv ishi va ish yuritishni tashkil qilish faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega bo‘ldi. Arxiv tashkilotlarining asosiy vazifasi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy, amapiy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar saqlanishini ta’minlash hisoblanadi. Ular tarixiy hujjatlarni davlat saqloviga tanlab olish, saqlanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi, SHuning uchun arxiv tashkilotlari hujjatlar qimmatdorligini ekspertiza qilishga va ular bilan davlat arxivlarini butlashga katta e’tibor beradi. 1960-1961 yillarda ittifoq Bosh arxiv boshqarmasi ko‘rsatmasiga binoan respublikada arxivlarni butlash tamoyili tubdan qayta ko‘rib chiqildi. O‘z faoliyati natijasida ilmiy ahamiyatga ega hujjatlar vujudga kelmaydigan mayda, yordamchi va kommunal maishiy tashkilotlar (sartaroshxona, atele, oshxona, apteka, do‘konlar, hammomlar, ta’mirlash ustaxonalari, avtobazalar, mehmonxonalar va boshqalar)dan davlat saqloviga hujjatlar qabul qilish to‘xtatildi. Buning natijasida arxiv tashkilotlari o‘z faoliyatida asosiy e’tiborini hujjatlar saqlanishini nazorat qilishga va davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, muhim sanoat, qurilish va shunga o‘xshash korxonalar hujjatlarining qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Respublika davlat arxivlari hujjatlari qabul qilinadigan va qabul qilinmaydigan tashkilotlar, muassasalar, korxonalar ro‘yxatlarini tuzdilar va davlat arxivlari hujjatlarni qabul qilishda mana shu ro‘yxatga amal qiladigan bo‘ldilar. Arxivlarni butlash, ekspertiza qilish, idoraviy arxivlarni nazorat etish sohalaridagi qayta qurish ishlariga oid respublika Ministrlar Soveti xuzuridagi Arxiv boshqarmasi qator metodik qo‘llanmalar tayyorladi. Arxivlarni butlash masalasi Arxiv boshqarmasining ilmiy kengashida muhokama qilindi va uning qarori davlat arxivlariga ijro etish uchun yuborildi. 1961 yildan boshlab davlat arxivlarining ekspert tekshiruv komissiya (ETK) lari vazifalari tubdan o‘zgardi. ETKning ekspertiza masalasida asosiy vazifasi davlat arxivlarini nazorat qiladigan tashkilotlar topshirgan doimiy saqlanadigan hujjatlarning ro‘yxati (opisi)ni ko‘rib chiqish va tasdiqlash bo‘lib qoldi. SHuningdek ETK 5 yildan ortiq saqlanadigan materiallar dalolatnomasini va hujjatlarni saqlash muddati ko‘rsatilgan ro‘yxat (perechen) da ETK belgisi bor materiallar ro‘yxatini muhokama qilib, tasdiqlaydigan bo‘ldi. Saqlash muddati 5 yilgacha bo‘lgan materiallar dalolatnomasini nazorat qilinadigan idoraning rahbari ETKda ro‘yxat tasdiqlangandan keyin tasdiqlashi lozim edi. Davlat arxivlari tomonidan nazorat qilinmaydigan idoralar arxiv hujjatlari ro‘yxati va dalolatnomasini tasdiqlash ularning yuqori idoralari ixtiyoriga berildi. Arxivlarni butlash ishini qayta ko‘rib chiqilishi tufayli idoraviy arxivlarni nazorat qilishda ham muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. YAngi sharoitda davlat arxivlari idoraviy arxiv ishi va idoralarning ish yuritishini nazorat qiladigan bo‘ldi. Qayta qurishgacha esa, arxiv tashkilotlarining asosiy vaqti xaddan tashqari ko‘p, mayda, kam ahamiyatli tashkilotlarni nazorat qilishga ketar edi va muhim idoralar arxivlari e’tibordan chetda qolar edi. Buning natijasida qiymati kam ilmiy, tarixiy, amaliy ahamiyati yo‘q arxiv fondlari tartibga solinar edi va davlat arxivlariga qabul qilinar edi. Asosiy fondlar esa, odatda tartibga solinmasdan davlat arxiviga qabul qilinmasdan qolar edi. 1966 yil 1 yanvariga respublika bo‘yicha davlat arxivlari nazorat qiladigan, kelajakda xujjatlari davlat arxivlariga qabul qilinadigan tashkilotlar 6489 ta bo‘lgan. 1965 yilda 4930 ta tashkilot o‘z arxivlarini tartibga keltirishgan edi. Tartibga solingan yig‘majildlar soni tartibga solinishi kerak bo‘lgan yig‘majildlarning 70% ni tashkil qilar edi. 1966-1980 yillarda davlat arxivlariga tashkilot va korxonalardan 580 ming boshqarish hujjatlari yig‘majildlari, 5939 ta ilmiy-texnik hujjatlar yig‘majildlari, 5048 ta kinohujjatlar saqlov birligi, 53987 fotohujjatlar saqlov birligi va 5345 ta fonohujjatlar saqlov birligi qabul qilingan. 1986-1990 yillarda davlat arxivlarini butlash sohasida ancha ish amalga oshirildi. Davlat arxivlarini butlash manbai hisoblangan tashkilotlar ro‘yxatlariga aniqlik kiritildi va to‘ldirildi. 1990 yilda arxivlarni butlash manbalari soni respublika bo‘yicha 9576 ta etdi. 1986-1990 yillarda respublika davlat arxivlari saqloviga 635 ming doimiy saqlanadigan yig‘majildlar qabul qilindi. 70-yillarda davlat arxivlari nazorat qilayotgan tashkilotlarning idoraviy arxivlari va ish yuritish xizmati birmuncha yaxshilandi. 1972-1980 yillarda bevosita arxiv tashkilotlarining ishtirokida respublikada 49 ta shaxsiy tarkib bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi arxivlar tashkil qilindi va ularga 850 mingga yaqin yig‘majildlar qabul qilindi. Respublikada birinchi bunday arxiv Andijon viloyatida tashkil etilgan. 1972 yil 13 iyunda Andijon viloyati ijroiya qo‘mitasi «Viloyat davlat arxivining Qo‘rg‘ontepa filiali qoshida shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlarning rayonlararo birlashgan arxivini tashkil qilish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Unga asosan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, kolxozlar, sovxozlarning shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlari saqlanishini ta’minlash, hisobga olish, ularni jamlash va fuqarolarga biografik ma’lumotnomalar berish maqsadida shaxsiy tarkib bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi Qo‘rg‘ontepa tumanlararo arxivi tashkil qilingan. Bu arxiv Qo‘rg‘ontepa, Xo‘jaobod tumanlari va Sovetobod shahri tashkilotlari, kolxoz va sovxozlari mablag‘i hisobidan shaxsiy tarkib hujjatlarini markazlashtirib saqlash va foydalanish uchun tuzilgan. Har bir tashkilot va xo‘jalik shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlarni markazlashtirib saqlagan xo‘jalik hisobidagi arxivga mablag‘ o‘tkazib turar, ana shu mablag‘ hisobidan arxiv ishchi va xizmatchilariga ish haqi berar edi. Ijroko‘m qarori bilan har bir yig‘majild uchun bir yilga 65 tiyin miqdorda haq to‘lash belgilangan edi. Qo‘rg‘ontepa arxivining tajribasi shaxsiy tarkib hujjatlarining saqlash va foydalanishni samarali va foydali shakli tuman, shahar idoralararo arxivlarda bunday hujjatlarni markazlashtirib saqlash ekanligini isbotladi, O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining 1973 yil 16 fevraldagi «Respublikada arxiv ishini ahvoli va yanada yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida ijrokomlar qoshida shaxsiy tarkib hujjatlarining idoralararo ho‘jalik hisobidagi arxivlarni tashkil qilish keng avj oldi. Bu arxivlar vazifasi ularga tashkilotlar shartnoma asosida topshirgan shaxsiy tarkib hujjatlarini markazlashtirib saqlash va fuqarolarga ular asosida ma’lumotnomalar berish edi. Bunday arxivlar respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida tashkil qilindi. Bu arxivlar shaxsiy tarkib hujjatlarini saqlashni ta’minlashda va tuman, shaharlarda arxiv ishini umumiy ahvolini yaxshilashda, fuqarolarga arxiv ma’lumotnomalari berishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Davlat arxivlari tashkilotlarda ish yuritishni takomillashtirishga qaratilgan amaliy natija beradigan tadbirlar o‘tkazdi. Tashkilotda ish yuritishni tashkil qilinganligi darajasi to‘g‘risida fikr yurgizishga asos bo‘ladigan asosiy ko‘rsatkichlar bular ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomani, yig‘majildlar nomenklaturasini borligi hisoblanadi. 1980 yilda respublikada davlat arxivlari nazoratidagi 8733 ta tashkilotdan 3472 (40%)tasida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma, 85%da yig‘majildlar nomenklaturasi mavjud edi. 1986 yildan boshlab respublika davlat arxivlari tashkilotlarda idoraviy arxiv va ish yuritishni tashkil qilinishini, tekshirishni odatda idoraviy tizimlar bo‘yicha kompleks tarzda amalga oshirdilar. 1986 yilda O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mashinasozlik vazirligi va O‘zbekiston kinematografiya davlat qo‘mitasi tizimlari, 1987 yilda O‘zbekiston Maorif vazirligi tizimi, 1988 yilda O‘zbekiston teleko‘rsatuvlar, radioeshitirishlar davlat qo‘mitasi tizimi kompleks tekshirilgan. O‘zbekiston arxiv tashkilotlari tomonidan 1987 yil yanvar-mayda Maorif vazirligi tizimi tashkilotlari, muassasalarida idoraviy arxivlar va ish yuritishda hujjatlarni tashkil qilinishi ahvoli tekshirildi. Ushbu vazirlik tizimida 435 muassasadan 221 tasida yig‘majildlar nomenklaturasi ishlab chiqilgan edi. Vazirlik muassasalarida saqlanayotgan 80687 ta doimiy muddatda saqlanadigan yig‘majildlardan 40447 ta yig‘majild arxiv ro‘yxati (opis)ga kiritilib, davlat arxivi ETKsi tomonidan tasdiqlangan. Ma’orif vazirligi tizimini markazda va viloyatlarda tekshirish natijasi bo‘yicha arxiv tashkilotlari yirik tashkilotlarda arxiv mudiri lavozimini joriy qilishni, idoraviy arxivlarni maxsus jihozlangan xonalar bilan ta’minlashni, ekspert komissiyasi ishini va arxiv hujjatlarini tartibga solishni faollashtirishni, ish yuritish yo‘riqnomasini va yig‘majildlar nomenklaturasini joriy qilishni taklif qildilar. 70-80 yillarda arxiv hujjatlari ro‘yxatlarini takomillashtirish va kataloglashtirish respublika davlat arxivlarining muhim vazifalaridan biri bo‘lgan. Ro‘yxatlarni ma’lumot berish darajasini ko‘tarish maqsadida davlat arxivlari 1975 yildan boshlab ro‘yxatlarni takomillashtirish va qayta ishlashni faol olib bordilar. 1976-1990 yillarda 1,7 million yig‘majilddan iborat I va II kategoriyali fondlar ro‘yxatlari respublika davlat arxivlari tomonidan takomillashtirildi va qayta ishlandi. Ro‘yxatlarni tuzatish, yaxshilash, yig‘majild sarlavhalarini qayta tuzish, xatolarini tuzatish, boshqa fondlarga tegishli hujjatlarni ajratish, hujjatlar qimmatdorligini ekspertiza qilib, qiymati yo‘q hujjatlarni makulaturaga ajratish, yig‘majildlarni tartibga solish, yig‘majildlar shifrini qayta tuzish va zarur ilmiy-ma’lumot apparati (so‘zboshi, mundarija, yig‘majildlarning yangi arxiv shifri jadvali, ko‘rsatgichlar)ni tuzish yo‘li bilan amalga oshirilgan. Hujjat darajasida axborot olish maqsadida respublika markaziy va mahalliy arxivlarida tizimli, mavzuli, ism kataloglari yaratilgan. 1991 yil 1 yanvarga qadar 761 fonddan 489,5 ming yig‘majild o‘rganilib, ma’lumotlar kataloglarga kiritilgan. Kataloglarga olingan hujjatlar asosan I va II kategoriyali fondlar, hokimiyat va davlat boshqaruv organlari edi. Natijada boshqarma hujjatlariga va shaxsiy tarkibga oid hujjatlarga 970 ming mavzular bo‘yicha kartochka va 49 mingdan ortiq ism kartochkalari tuzilgan. Bu kartochkalar tizimli, mavzuli va ism kataloglariga kiritilgan. Kino-foto-fonohujjatlarini ham kataloglashtirish faol olib borildi. 1976-1980 yillarda kinohujjatlarga 9 mingdan ortiq, fotohujjatlarga 61 mingdan ortiq va fonohujjatlariga 8 ming dan ko‘p kartochkalar tuzilib, kataloglarga qo‘shilgan. Ko‘rib chiqilayotgan davrda O‘zbekiston arxiv tashkilotlarida hujjatlarni e’lon (nashr) qilish ishlari ancha avj olgan edi. Hujjatlar to‘plamlarining ilmiy salohiyatlarini ko‘tarishda arxiv tashkilotlarining ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorligi muhim ahamiyat kasb etdi. 1961-1965 yillarda respublika arxiv tashkilotlari O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Tarix instituti, Partiya tarixi instituti va Markaziy Osiyo respubliklarining shunga o‘xshash ilmiy tashkilotlari bilan birgalikda quyidagi hujjatlar to‘plamlari chop etilgan. "Podgotovka usloviy sploshnoy kollektivizatsii selskogo xozyaystva v Uzbekistane (1927-1929-gg.)». Sbornik dokumentov.- T., 1961, "'Sotsialisticheskoe pereustroystvo selskogo xozyaystva v Uzbekistane (1917-1926 gg.)». Sbornik dokumentov. -T., 1962, «Inostrannaya voennaya intervensiya i grajdanskaya voyna v Sredney Azii i Kazaxstane». Sbornik dokumentov - tom 1. T., 1963., tom 2. Almaata, 1964. «O‘rta Osiyoni tadqiq qilgan rus olimlari»-seriyasidan quyidagi to‘plam e’lon qilingan: G.D. Romanovskiy. Sbornik dokumentov. - T., 1961. SHuningdek, 2 ta ilmiy ommabop to‘plamlar: «Pisma s fronta» (T., 1965) va "Frontdan xatlar" - (T., 1965) chop etilgan. Arxivchilarning matbuotda, radio va televidenielarda chiqishlari ancha kengaydi. 1961-1965 yillarda O‘zbekiston arxivchilari gazeta va jurnallarda 301 ta, 1966-1967 yillarda 208 ta maqola e’lon qildilar. 1963-1967 yillarda 240 radio eshittirish va 32 teleko‘rsatuv tashkil etdilar. 1986-1990 yillarda arxiv ishlarini tashkil qilishda muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu o‘zgarishlar arxiv ishini yanada rivojlantirish bo‘yicha maqsadli kompleks dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan edi. Respublikaning arxiv hujjatlarini e’lon qiluvchilari davlat arxiv fondi hujjatlaridan foydalanish va e’lon qilishni jadallashtirish dasturini bajarish sohasida faol mehnat qildilar. Arxiv hujjatlaridan foydalanish yildan-yilga ortib bordi. 1986-1990 yillarda 1981-1985 yillarga nisbatan fuqarolarning 12 mingdan ortiq ijtimoiy huquqiy toifadagi fuqarolar so‘rovi ijro etildi. Respublika va mahalliy davlat arxivlari har yili 20 mingdan ortiq fuqarolar so‘rovini bajardilar. Faqat birgina 1986 yilda 59 ko‘rgazma, 112 radioeshittirish va 6 geleko‘rsatuv tashkil qilindi va 185 maqola e’lon qilindi. 1986-1990 yillarda 7 hujjatlar to‘plami chop etildi. 1989 yilda «Axborotnoma» byulletenining nashr qilinishi qayta tiklandi. Demokratiya va oshkoralik sharoitida maxfiy hujjatlarni ochiq hujjatlar qatoriga o‘tkazish kengaydi. 1987-1990 yillarda respublika davlat arxivlarida 99,9 ming yig‘majildlarning maxfiylik belgisi olib tashlandi va ochiq hujjatlar qatoriga qo‘shildi. Bu tadbir arxiv hujjatlaridan foydalanishni kengaytirdi. 1986-1990 yillarda davlat arxivlarining o‘quv xonalarida 3 mingga yaqin tadqiqotchiga xizmat ko‘rsatildi va ularga 50 mingdan ortiq yig‘majildlar foydalanish uchun berildi. Download 81.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling