8 mavzu: Superfosfat


Download 74.9 Kb.
bet15/24
Sana28.10.2023
Hajmi74.9 Kb.
#1728611
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
8 маърузага

Xuddi kalsiy tuzlaridagi kabi P2O5 konsentratsiyasi ortishi bilan dimagniyfosfat eruvchanligi ortadi, monomagniyfosfatning eruvchanligi esa kamayadi 12.5 – rasm), ammo monokalsiyfosfatdan farqli o‘laroq monomagniyfosfatning suv ta’sirida parchalanish darajasi xaroratga deyarli bog‘liq emas.

  • Xuddi kalsiy tuzlaridagi kabi P2O5 konsentratsiyasi ortishi bilan dimagniyfosfat eruvchanligi ortadi, monomagniyfosfatning eruvchanligi esa kamayadi 12.5 – rasm), ammo monokalsiyfosfatdan farqli o‘laroq monomagniyfosfatning suv ta’sirida parchalanish darajasi xaroratga deyarli bog‘liq emas.
  • Ikkinchi bosqich reaksiyaning tugallanishi arafasida ham monomagniyfosfatning eruvchanligi katta bo‘lganligi uchun suyuq faza uning bilan to‘yinmagan holatida qoladi, ammo u to‘la eritmada bo‘ladi va fosfat kislotaning neytrallanish darajasi kutilganidan ko‘ra nihoyatda katta bo‘ladi. Monomagniyfosfat fosfat kislota bilan bufer aralashma hosil qiladi, Mg2+ va H2PO4- ionlariga dissotsilanadi, bu esa fosfat kislotaning H+ va H2PO4- ionlariga dissotsilanishini susaytiradi. Shu sababga ko‘ra xom ashyoning parchalanishini ikkinchi bosqich jarayonidayoq keskin pasaytiradi, uning uchinchi bosqichdagi tezligi esa butunlay kamayadi.

12.5 – rasm. 25, 80 va 130OS xaroratdagi MgO – P2O5 – H2O sistemasida eruvchanlik izotermasi: ikkita qattiq fazali muvozanatdagi eritmaning tarkibi nuqtalar bilan belgilangan.

Yuqorida ta’kidlanganlarni, shuningdek monomagniyfosfatning gigroskopikligini e’tiborga olinsa, u Qoratog‘ fosforitidan olingan superfosfatning fizik xossalarini yomonlashtiradi. Shuning uchun fosforitlarni oldindan magniy birikmalarining bir qismini yo‘qotish orqali boyitish maqsadga muvofiqdir. Ishlatiladigan xom ashyoda magniyning miqdori R2O5 miqdorining 6-8% idan ortib ketmasligi lozim. Qoratog‘ fosforitidan olinadigan superfosfat uchun ombordagi optimal xarorat (65-80OS) apatit yoki magniy tutmagan fosforitlardan olinadigan superfosfatlarga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. Bu holatda superfosfat massasining sovishi parchalanish jarayonini tezlashtirmaydi, balki sekinlashtiradi. Buning sababini yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, suyuq fazaning yuqori darajada neytrallanganligi va xaroratning pasayishi bilan monomagniyfosfat eruvchanligining kamaymasligi bilan izohlanadi.

  • Yuqorida ta’kidlanganlarni, shuningdek monomagniyfosfatning gigroskopikligini e’tiborga olinsa, u Qoratog‘ fosforitidan olingan superfosfatning fizik xossalarini yomonlashtiradi. Shuning uchun fosforitlarni oldindan magniy birikmalarining bir qismini yo‘qotish orqali boyitish maqsadga muvofiqdir. Ishlatiladigan xom ashyoda magniyning miqdori R2O5 miqdorining 6-8% idan ortib ketmasligi lozim. Qoratog‘ fosforitidan olinadigan superfosfat uchun ombordagi optimal xarorat (65-80OS) apatit yoki magniy tutmagan fosforitlardan olinadigan superfosfatlarga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. Bu holatda superfosfat massasining sovishi parchalanish jarayonini tezlashtirmaydi, balki sekinlashtiradi. Buning sababini yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, suyuq fazaning yuqori darajada neytrallanganligi va xaroratning pasayishi bilan monomagniyfosfat eruvchanligining kamaymasligi bilan izohlanadi.
  • Tarkibida 27,5% P2O5, 6,6% CO2 va 2,5% P2O3 bo‘lgan Qoratog‘ fosforitini 68% li sulfat kislota bilan 64 og‘irlik qism stexiometrik me’yorda parchalash yo‘li bilan olingan kukunsimon oddiy superfosfatda xom ashyoning parchalanish darajasi 90% ga yetadi va mahsulot quyidagi tarkibga ega bo‘ladi: P2O5umum. = 15,6%; P2O5o‘zl. = 14,0%; P2O5erkin = 5,0%; H2O = 10,5%.

Download 74.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling