Qoratog‘ fosforiti asosidagi superfosfat. Qoratog‘ fosforitidan superfosfat olish jarayoni – unda dolomit va magnezial silikatlar qo‘shimchalarining bo‘lishligi tufayli o‘ziga hos xususiyatga egadir. Magniy birikmalari ishtirok etadigan fosfatlarning sulfat kislota bilan parchalanishi uchta bosqichda amalga oshadi. Birinchi bosqichda quyidagi reaksiyalar sodir bo‘ladi: - Qoratog‘ fosforiti asosidagi superfosfat. Qoratog‘ fosforitidan superfosfat olish jarayoni – unda dolomit va magnezial silikatlar qo‘shimchalarining bo‘lishligi tufayli o‘ziga hos xususiyatga egadir. Magniy birikmalari ishtirok etadigan fosfatlarning sulfat kislota bilan parchalanishi uchta bosqichda amalga oshadi. Birinchi bosqichda quyidagi reaksiyalar sodir bo‘ladi:
- Ca5(PO4)3F + 5H2SO4 = 3H3PO4 + 5CaSO4 + HF
- CaMg(CO3)2 + 2H2SO4 = MgSO4 + CaSO4 + 2CO2 + 2H2O
- Mg2SiO4 + 2H2SO4 = 2MgSO4 + SiO2 + 2H2O
- Buning natijasida tarkibida fosfat kislota va magniy sulfat bo‘lgan eritma hosil bo‘ladi. Ikkinchi bosqichda fosfatni fosfat kislota bilan parchalanadi, ammo eritmada magniy sulfat bo‘lganligi uchun monokalsiyfosfat o‘rniga monomagniyfosfat hosil bo‘ladi:
- Ca5(PO4)3F + 7H3PO4 + 5MgSO4 = 5Mg(H2PO4)2 + 5CaSO4 + HF
- Ikkinchi bosqich MgSO4 ning Mg(H2PO4)2 ga to‘la aylanishi bilan yakunlanadi. Uchinchi bosqichda esa qolgan fosfatli xom ashyo tarkibida monomagniyfosfat tutgan fosfat kislota bilan parchalanadi va monokalsiyfosfatga aylanadi:
- Ca5(PO4)3F + 7H3PO4 = 5Sa(H2PO4)2 + HF
- Ikkinchi bosqich oxirida fosfatli kompleks MgO, P2O5 va H2O dan iborat bo‘ladi. MgO – P2O5 – H2O sistemadagi eruvchanlik diagrammasidan (11.5 – rasm) ko‘rinadiki, monomagniyfosfatning eruvchanligi SaO – P2O5 – H2O sistemadagi monokalsiyfosfatning eruvchanligidan nisbatan katta bo‘ladi. Mono- va dimagniyfosfatlar to‘yingan suvli eritmalarga nisbati bo‘yicha inkongruent bo‘lishiga qaramay, ya’ni qattiq fazaga kislotaliligi kam bo‘lgan fosfatlar holatida o‘tish bilan parchalanadi; magniy fosfatning parchalanish darajasi kalsiy fosfatning parchalanish darajasidan (tuz va suvning nisbati bir xil bo‘lganda) nisbatan kichik bo‘ladi. 25-80OS xarorat va Mg(H2PO4)2 : H2O < 0,287 nisbatda monomagniyfosfat parchalanmasdan eriydi; bu nisbat katta bo‘lganda monomagniyfosfat parchalanadi va dimagniyfosfat qattiq fazaga o‘tadi; monokalsiyfosfatning parchalanishi esa Ca(H2PO4)2 : H2O > 0,01 dan sodir bo‘la boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |