8 mavzu: Superfosfat


Download 74.9 Kb.
bet9/24
Sana28.10.2023
Hajmi74.9 Kb.
#1728611
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
8 маърузага

Kukunsimon superfosfat gigroskopikdir va suyuq fazadan monokalsiyfosfatning kristallanishi natijasida kuchli yopishqoq bo‘lib qoladi. Sovutilgan va yetarli darajada pishitilgan superfosfatda kristallanish tugallanganligi uchun yepishqoqligi kam bo‘ladi. Neytrallangan va donadorlangan superfosfat deyarli yopishib qolmaydi.

  • Kukunsimon superfosfat gigroskopikdir va suyuq fazadan monokalsiyfosfatning kristallanishi natijasida kuchli yopishqoq bo‘lib qoladi. Sovutilgan va yetarli darajada pishitilgan superfosfatda kristallanish tugallanganligi uchun yepishqoqligi kam bo‘ladi. Neytrallangan va donadorlangan superfosfat deyarli yopishib qolmaydi.
  • Hozirgi paytda konsentrlangan fosforli va murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarish juda tez suratlarda rivojlanayotganligi sababli mineral o‘g‘itlarning dunyodagi assortimentida oddiy superfosfatning nisbiy ulushi kamayib bormoqda.

Superfosfat olishning fizik-kimyoviy asoslari. Fosfatning parchalanishi. Superfosfat olishda ftorapatitning parchalanishi ikki bosqichda sodir bo‘ladi. Avval erkin fosfat kislota hosil bo‘ladi:

  • Superfosfat olishning fizik-kimyoviy asoslari. Fosfatning parchalanishi. Superfosfat olishda ftorapatitning parchalanishi ikki bosqichda sodir bo‘ladi. Avval erkin fosfat kislota hosil bo‘ladi:
  • Ca5(PO4)3F + 5H2SO4 + 2,5H2O = 3H3PO4 + 5CaSO4*0,5N2O + HF.
  • Bu reaksiya 20-40 minut davomida kamerada superfosfat massasining pishitilishi davrida tugaydi. Kalsiy sulfat yarimgidrat shaklida cho‘kmaga tushadi, ammo juda tez, bir necha minutda angidritga aylanadi, uning shakli tayyor superfosfatda saqlanib qoladi. Buni superfosfat kamerasidagi reaksion massa xaroratining yuqoriligi (110-120OS) va suyuq fazada (birinchi bosqich jarayonining ohirida 42-46%) P2O5 miqdorining ko‘pligi bilan izohlanadi. Bunday sharoitda kalsiy sulfatning stabil shakli angidrit hisoblanadi (3.15 – rasm).

Sulfat kislot to‘la sarflangandan so‘ng ikkinchi bosqich jarayoni - qolgan apatitning to‘plangan fosfat kislota bilan reaksiyasi boshlanadi:

  • Sulfat kislot to‘la sarflangandan so‘ng ikkinchi bosqich jarayoni - qolgan apatitning to‘plangan fosfat kislota bilan reaksiyasi boshlanadi:
  • Ca5(PO4)3F + 7H3PO4 + 5H2O = 5Ca(H2PO4)2*H2O + HF.
  • Hosil bo‘lgan monokalsiyfosfat dastlab eritmada bo‘ladi, uning to‘yinishidan kristallanishi boshlanadi. CaO – H3PO4 – H2O sistemasidagi muvozanat diagrammasidan ko‘rinadiki (12.3 – rasm), eritmadagi R2O5 miqdori 42-46% va xarorat 100OS dan yuqori (bu ikkinchi bosqich jarayonining boshlanish sharoitiga muvofiq keladi) bo‘lganda monokalsiyfosfat Ca(H2PO4)2*H2O kristallanadi.
  • Stexiometrik nisbatdagi komponentlarning ta’sirlashuvi natijasida sodir bo‘ladigan quyidagi:
  • 2Ca5(PO4)3F + 7H2SO4 + 3H2O = 3Ca(H2PO4)2*H2O + 7CaSO4 + 2HF.
  • tenglama bo‘yicha boradigan reaksiyaning birinchi bosqich jarayonida 70%, ikkinchi boskichida esa 30% apatit ta’sirlashadi. Birinchi bosqichda ko‘p miqdordagi suyuq fazaga to‘lgan to‘r tuzilishli mikrokristallardan iborat kalsiy sulfat hosil bo‘ladi. Reaksion massaning qotishi sulfat kislota to‘la sarflanguncha sodir bo‘ladi, uning ishtirokida monokalsiyfosfatning hosil bo‘lishi mumkin emas; shu boisdan massa qotishining sababini faqatgina kalsiy sulfatning kristallanishiga bog‘lash mumkin. Ikkinchi bosqich kamerali yetiltirish davrida boshlanadi va omborda mahsulotni uzoq vaqt (xom ashyo naviga, ishlab chiqarish tartibiga va pishitish sharoitiga bog‘liq holda 6-25 sutka) pishitishda yakunlanadi.

Download 74.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling