8-Mavzu. Ta’lim muasasasasi menejmenti. Korreksion pedagogika asoslari reja


Download 106.5 Kb.
bet5/15
Sana21.04.2023
Hajmi106.5 Kb.
#1375842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
8-Mavzu

Maktab ishini rejalashtirish
Maktabda tuzilgan ish reja mazkur maktab pedagoglar jamoasi har bir a`zosining faoliyatini tartibga soluvchi qonun, ko`rsatkichlar tizimida ifodalangan davlat topshirig`idir. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, har qanday vazifani muvaffaqiyatli ravishda bajarish, tashkiliy tadbirlarni, shu jumladan, xalq ta`lim va maktab ishiga oid bo`lgan tadbirlarni amalga oshirish - to`g’ri rejalashtirish mahoratiga bog’liq bo`ladi. Xalq maorifi bo`limining ishini, jumladan, maktab ishini rejalashtirish-avvalo uning vazifalarini, faoliyat mazmuni va metodlarini aniqlashdan iboratdir.
To`g’ri tuzilgan ish rejasi - xatoga yo`l qo`ishdan asrash bilan birga, ilgari yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklarni tugatishni ham ta`minlaydi. To`g’ri tuzilgan reja rahbarlari uchungina emas, ayni vaqtda muallimlar jamoasining har bir a`zosi uchun ham yo`l ko`rsatuvchidir. Shuning uchun ham maktab ishini rejalashtirish maktab ichki boshqaruv tizimida muhim o`rinni egallaydi va muhim pedagogik ahamiyatga molik bo`lgan masaladir.
Maktab ish rejasining turlari
Umumtiy ta`lim maktablari uchun shartli ravishda qabul qilingan ish rejalari mavjud.
Ular quyidagi rejalardir:
1. Maktabning ma`lum istiqboli davrga mo`ljallab (bir besh yillik uchun) tuzilgan ish rejasi. Bu maktabning istiqbol ish rejasi deb ataladi.
Bu ish rejasi umummaktab xalq xo`jalik reja (ko`rsatkichlari asosida tuziladi. Bunda maktabning ma`lum davrga rivoji o`quv moddiy va texnika bazasi,maktab qurilishi, o`quvchi va o`qituvchilar soni, sinflar soni, o`quv kabinetlarining soni kabilar) turli raqamlar asosida ko`rsatiladi.
2. Maktabning bir o`quv yiliga mo`ljallab tuziladigan ish rejasi.
Mazkur reja maktabning istiqbol ish rejasining shu o`quv yiliga tegishli bo`lgan qismi hamda maktab oldida turgan vazifalarni hisobga olgan holda tuziladi.
Maktabning bir o`quv yiliga mo`ljallangan ish rejasi maktab ish turlari asosida ishlanadi. Maktabning mazkur ish rejasining mazmuni va mundarijasi xususida biz keyinrok to`xtaymiz.
3.Maktabning joriy ish rejasi. Mazkur reja maktabning bir o`quv yiliga mo`ljallab tuzilgan ish rejasi asosida ishlanadi. Bu reja turkumiga:
-maktab direktori va uning o`rinbosarining bir o`quv yiliga mo`ljallab tuzadigan ish rejalari:
-maktabda fanlar bo`yicha tashkil etilgan metodik birlashmalarning ish rejalari:
-sinf rahbarining ish rejalari:
-fan to`garaklari yakuni uzaytirilgan guruppa rahbarlarining ish rejalari:
-maktab kutubxonasining ish rejalari;
-maktab ustaxonasining ish rejasi;
-maktabning ota-onalar komitetining ish rejasi;
-maktab vrachi va hamshirasining ish rejasi;
-har bir boshlang’ich va fan o`qituvchisining kalendar’ va kundalik darsni o`tkazish rejasi kabi rejalar maktabning joriy rejalar tizimidan o`rin oladi.
Shuni alohida o`qitish lozimki, rejani to`g’ri tuzish bilan ish bitmaydi. Ishning muvaffaqiyati shu rejani qanday amalga oshirishga, unda belgilangan tadbirlarni hayotga tadbiq etish mahoratiga ko`p jihatdan bog’liqdir. Maktab rejasini amalga oshirishda quyidagilar muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi:
1. Maktabning yuqori tashkilotlar, xalq ta`limi bo`limlari va maktabga yaqin bo`lgan turli muassasalar bilan mustahkam aloqa o`rnatilganligiga:
2. Boshqarish va rahbarlik ishiga bilimdon, o`ta xalol, ishbilarmon va yaxshi ma`muriy qobiliyatga ega bo`lgan pedagogik xodimlar jalb etilganligiga:
3. kadrlar o`rtasida ish taqsimotining to`g’ri tashkil etilganligiga:
4. Rahbar xodimlardan tortib eng quyi ijrochiga umumiy rejadan kelib chiqadigan shaxsiy (joriy) ish rejasini tuzib, shu asosda ish yuritishiga:
5. Rahbarning maktab ish rejalarining bajarilish yuzasidan samarali hamda uzluksiz nazoratni urnatganligiga.
Maktab rejasi ustida ishlash jarayonida o`sib kelayotgan yosh avlod taqdiri haqida, ularning ma`naviy va jismoniy kamol toptirish haqida o`ylash kerak. Maktab ishini rejalashtirishda o`qituvchilar jamoasining ijodiy taqdiri haqida, ziyokorlarni ma`naviy jihatdan o`stirish va ularning ilmiy, metodik va umum pedagogik mahoratini oshirish haqida o`ylash lozim, maktabda o`quv dasturlarining bajarilishi, o`quvchilar bilimining sifati, ularning tarbiyalanganlik darajasi, umuman olganda o`quv-tarbiya ishining hamma jihatlari o`qituvchiga uning xalol mehnatiga bog’liq.
O`qituvchi - maktabdagi bosh siymo. Bundan keyin ham shunday bo`lib qoladi. Shuning uchun ham maktabning ish rejasida o`qituvchilar jamoasidagi kuchlarni shunday taqsimlash kerakki, ularning har biri topshiriqlarni bajarishga butun kuch va g’ayratlarini safarbar etish imkoniyatiga ega bo`lsin. Shunday ekan, maktabning o`quv-tarbiya ishlarini rejalashtirishda quyidagi uchta shartga rioya qilish maqsadga muvofiqdir:
1. Ishning boshlang’ich ahvolini chuqur pedagogik tahlil qilish yo`li bilan, ya`ni ish rejalashtirilayotgan paytda pedagogik jarayon tavsifini aniq bilish.
2. Ishning rejalashtirilishi oxirida maktab jamoasi tomonidan o`quvchilarga berilgan ta`lim va tarbiyaning darajasini aniq tasavvur qilish.
3. Maktab ishini hozirgi kun talablari darajasiga ko`tarmoq uchun, shunga imkon beradigan pedagogik vositalarni eng maqbul tarzda tanlash.

Download 106.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling