8-Mavzu. Ta’lim muasasasasi menejmenti. Korreksion pedagogika asoslari reja


Maktab ish rejasining mazmuni va mundarijasi


Download 106.5 Kb.
bet6/15
Sana21.04.2023
Hajmi106.5 Kb.
#1375842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
8-Mavzu

Maktab ish rejasining mazmuni va mundarijasi
Rejalashtirish o`z shakliga ko`ra matnli, grafik va aralash (matnli va grafik) bo`lishi mumkin. Reja qisqa, aniq va tushunarli, pedagogik maqsadlarga muvofiq tuzilib, yagona yo`nalishlarni, qo`yilgan masalalarni bajarish tadbirlarini o`z ichiga olgan bo`lishi kerak.
Rejaning sifati rejalashtirish qanchalik oqilona va to`g’ri qo`yilishiga bog’liqdir. Odatda, maktab ishi rejalashtirilayotganda uning tuzilishini ikki qismdan iborat tuzish tavsiya etiladi: 1-qism analitik bo`lib, unda maktab ishining o`quv yilidagi yakunlari tahlili va yangi o`quv yilidagi vazifalari o`z aksini topadi; 2-qism esa amaliy harakterda bo`lib; unda bu vazifalarni bajarish tadbirlari rejalashtiriladi.
Maktabning metodik ishlari
Maktab ish rejasining tashkiliy pedagogik ishlar qismida umumiy ta`lim maktabida yangi o`quv yilini uyushqoqlik bilan boshlash, hamda uni tugallash imkonini beruvchi tadbirlar, bu boradagi maktabning boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ishlari belgilanadi. Ko`pincha bu o`rinda ish uchastkalari taqsimoti ham aniq ko`rsatiladi. Xuddi shuningdek, o`qituvchi qadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yish, maktab rahbarlari, xodimlari va o`qituvchilar o`rtasidagi vazifalar va topshiriqlarni taqsimlash (masalan: kim sinf rahbari bo`ladi, mazkur maktabning mikrouchastkasiga kimlar biriktiriladi, kim to`garak rahbari bo`ladi, kim o`quv-tarbiya va sinfdan, maktabdan tashqari ishlarni boshqaradi va h.k.) sinflarni butlash kabi masalalar ko`rsatiladi. Xuddi shu o`rinda maktab ma`muriyati bilan jamoatchilik tashkilotlari orasida bo`ladigan ish taqsimoti ham ko`rsatiladi.
Shundan keyin muayyan bir ish uchun (uslubiy birlashmalarning yig’ilish kunlari, maktab kengashi majlislarini, kasaba uyushmasi tashkiloti majlislari va shu kabilar uchun) haftaning kunlarini aniq ko`rsatish ham maqsadga muvofiqdir.
Ish rejasining - "maktabni o`quv-moddiy va texnikaviy bazasini mustahkamlash" deb atalgan qismida:
a) maktab uchun ajratilgan byudjet va boshqa mablag’lardan to`la, o`z vaqtida unumli foydalanish;
b) o`quv qurollari va boshqa o`quv-xo`jalik jihozlari hamda inventarlarni, kutubxona va uslubiy xonalari uchun mo`ljallangan adabiyotlarni sotib olish; mebellar, darsliklar, o`quv xo`jalik ashyolarini remont qilish va saqlanishini ta`minlash; o`qituvchilar, o`quvchilar, ota-onalar kuchi bilan ayrim o`quv ko`rgazmalarini tayyorlash;
v) sanitariya-gigiena rejimi texnika xafsizligi va yonginga qarshi kurash tadbirlari, o`quvchilarning bu borada o`z-o`ziga xizmat ko`rsatishi;
g) maktabning o`quv xonalari, texnika vositalari bilan ta`min etish kabi masalalar belgilanadi.
Maktab ish rejasining maktabni pedagogik kadrlar bilan ta`minlash va ular bilan ishlash deb atalgan qismida maktabni hozirgi kunning talablari darajasidagi o`qituvchi va tarbiyachi kadrlar bilan ta`min etishga qaratilgan tadbirlarni belgilash bilan birga, maktab o`qituvchisining ilmiy metodik, umumiy pedagogik hamda umumiy psixologik saviyasini oshirishga qaratilgan qator tadbirlar belgilanadi.
Bundan tashqari maktab ish rejasini mazkur qismida pedagogik kadrlar bilan ishlash va ularning malakasini oshirish hamda qayta tayyorlashga qaratilgan ishlar ham aniq belgilanadi.
Bunda ayniqsa: a) maktab o`qituvchilarining malakasini oshirishning reja-grafigini tuzatish; b) o`qituvchilarni o`z ustida mustaqil ishlab o`zlarining ilmiy metodi jaroxatlarini oshirish. Bunda o`z ustida mustaqil ishlash bo`yicha konsul’tatsiyalarni, ochik darslarni o`tkazish va ularga qatnashish; v) malaka oshirish va metodik ishlar. Bugungi kun talablari asosida o`qituvchilarni yangi dastur bo`yicha qisqa muddatli kurslarni tashkil etish, ularni o`qituvchilar malakasini oshirish shahar, viloyat, Respublika institutlaridagi kurs mashg’ulotlariga qatnashtirish;
Kengash sinf rahbarlarining hamda fanlar bo`yicha metodik birlashmalari ishlarini tashkil etish. Maktab kabinetini jihozlash va uni ilmiy-metodiy adabiyotlar bilan ta`minlash. O`qituvchilar shug’ullanayotgan pedagogik mavzular asosida maktabda muammoli seminarlarni, ilmiy yo`nalishdagi anjumanlarni tashkil etish;
g) o`qituvchilar attestatsiyasi. Attestatsiya o`tkazuvchi guruh va uning tadbirining muddatini belgilash, o`qituvchilar haqida attestatsiyaga doir hujjatlarni tayyorlash. Bu tadbirlarni amalga oshirish bilan bog’liq tajribalarni aks ettirish. Attestatsiyani o`tkazish davomida, o`qituvchilarning darslariga qatnashish va boshqa ishlari bilan tanishish:
d) ilg’or pedagogik tajribalarni o`rganish, umumlashtirish va ommalashtirish. Ilg’or pedagogik tajribalarni o`rganish, umumlashtirish va ommalashtirish bo`yicha a`zolarini belgilash, muddati va mavzusini aniqlash, javobgar kishilarni ko`rsatish. Tajribalarni umumlashtirish va ommalashtirishga doir ko`rgazma va stendlarni tashkil etish. Shahar, noxiya va maktabdagi eng yaxshi o`qituvchilar darslariga qatnashish hamda ularning ibratli ishlarini o`rganish. Ilg’or tajribalarni o`rganish, umumlashtirish va yoyish bo`yicha seminar-praktikum o`tkazish; e) maktab doirasida pedagogik o`qishlar o`tkazish kabi masalalarga alohida e`tibor beriladi.
Maktab ish rejasini o`quv tarbiya ishlarini yo`lga qo`yish-deb nomlangan qismidan o`quv rejasini va dasturlarining o`z vaqtida, yuqori saviyada, sifatli qilib bajarilishini ta`minlovchi tadbirlar, maktabdagi ta`limning asosini tashkil qiluvchi darsning samaradorligini oshirish, maktabdagi ta`limni kabinet sistemasida olib borish, ta`lim-tarbiya jarayonida texnika vositalari va EXT dan foydalanishni yo`lga qo`yish kabi masalalar ko`rsatiladi. Bundan tashqari, rejaning mazkur qismida fanlar bo`yicha ta`limiy va tarbiyaviy ishlar:
a) o`quvchilarni fan asoslaridan chuqur va mustahkam bilim berish; ularni mustaqil ishlashga, mustaqil fikrlashga o`rgatish yo`li bilan ularning ilmiy dunyoqarashini takomillashtirib borish. Og’zaki va yozma nutq madaniyatini o`stirib borish.
b) o`quvchilarda bilimga, fanga, ta`lim jarayoniga qiziqishni oshirish bo`yicha tarbiyaviy ishlar. Ularni bilimlar, mustahkam ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish. Maktabda va uyda o`quv mehnatini unumli tashkil etish.
v) kitob bilan ishlash masalasini hozirgi kun talablari darajasida tashkil etish.
g) qobiliyatli va bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan yakka tartibda ishlash.
Imtixonlarga hozirlik ko`rish va ularni o`tkazish, yozda o`qish uchun topshiriqlar olgan o`quvchilar bilan ishlashni tashkil etish, kuzgi imtixonlarni o`tkazib, bilimlarni o`zlashtirgan o`quvchilarni sinfdan-sinfga ko`chirish.
Maktabda kitob jamgarmasini yaratish va tuldirish, o`quvchilarni darsliklar bilan ta`minlash.
O`qituvchilar tomonidan o`quvchilar bilan olib boriladigan o`quv ishlarining tematik va har bir darsga planlar tuzish va ularni o`rganish, kontrol’ ijodiy, laboratoriya va amaliy ishlar, o`quv ekskursiyalarini o`tkazish hamda mashg’ulotlarda texnika vositalaridan foydalanishga doir rejalarni ishlab chiqish.



Download 106.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling