8-mavzu: tarmoq texnologiyalari va internet xizmatlari asosiy savollar


Download 37.52 Kb.
bet2/8
Sana26.07.2023
Hajmi37.52 Kb.
#1662752
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-mavzu tarmoq texnologiyalari va internet xizmatlari asosiy sa-fayllar.org

- fayl - server - mijozga axborot saqlash qurilmalarida saqlanuvchi fayllardan
foydalanish imkonini beradi. Bunda server barcha ishchi stantsiyalaridan fayllarga 
kirish imkonini berishi zarur. Bunda bir vaqtning o’zida turli stantsiyalardan bir xil
so’rov kelganda, axborotlarni himoya qila olish vazifasi ijobiy hal etiladi; 






- print – server - umumiy holda ko’pgina mijozlarga bir nechta printer orqali
xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi. Bunda server chop etiluvchi axborotlarni qabul qila 
olishi va ularni navbati bilan chop etishga chiqarishi kerak;
- faks – server - mijozlarga faks-modem telefon tarmoqlari bilan mujassam
tarmoqli xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi. Bu go’yo axborot chiqarishga o’xshaydi 
(printer kabi). Faks-server olgan faksimil xabarlar alohida tarmoqda qayta ishlanadi.
Bundan tashqari, tarmoqda quyidagi xizmatlar bo’lishi mumkin: 


- elektron pochta (E-mail) - mijozlar o’rtasida, ular bir-birlaridan qancha
uzoqlikda joylashganligidan qat’iy nazar, axborot almashishni ta’minlaydi. Bu erda 
jarayon xuddi oddiy pochta kabi kechadi. Elektron xat o’z manzili(adresi)ga ega. Uni
jo’natuvchi desak, qabul qiluvchi ham o’z manziliga ega. «Xat» pochta qutisiga 
tashlanadi (ya’ni pochta serveri) va pochta serverlar sistemasi yordamida qabul
qiluvchi pochta qutisiga etkaziladi, ya’ni bu erda uzatuvchi va qabul qiluvchining 
maxsus kataloglari mijozga xizmat qiluvchi kompyuterda joylashtirilgan bo’ladi. Shu
tariqa xatlar fayllar sifatida uzatiladi. Ohang, tovush kartalari yoki ovozli modemlar 
hatto tovushlarni ham uzatish imkonini beradi;
- bevosita muloqot (Chat), bunda aniq vaqtda maxsus dastur ta’minoti
yordamida ikki yoki undan ortiq mijozlar o’zaro axborot almashinishi tushuniladi, 
ya’ni bir kompyuter klaviaturasida terilgan axborotlar ayni vaqtning o’zida boshqa
kompyuter ekranida paydo bo’laveradi. Raqamli videokameralar, tovushli kartalar, 
mikrofonlar, multimedia vositalarini qo’llaganda, videokonferentsiyalar o’tkazish
imkoniyati tug’iladi. Bunday holatlarda kompyuterlar yuksak unumdor va tarmoqning 
o’tkazish qobiliyati kuchli bo’lishi lozim.
Tarmoqqa ulangan hamon kompyuterlarni ko’rish uchun «Vse set» belgisiga 

murojaat qilish kerak. Agar kompyuter tarmoqda ishlash uchun sozlanmagan bo’lsa


uni tarmoqda ishlash uchun sozlash kerak bo’ladi. Bunday sozlashni dasturiy ta’minot 
tarkibidagi qurilmani o’rnatish programmasi amalga oshiradi. Tarmoqda ishlash
jarayonida kompyuter sizdan albatta ro’yhatda bor-yo’qligingizni so’raydi (shunda siz 
ro’yhatdagi nomingiz va kompyuteringizning tarmoqqa ulanish arafasidagi
ma’lumotlarini berishingiz kerak), hamda parol kiritiladi. Bu parol sizning 
ma’lumotlaringizni va programmalaringizni himoyalaydi.

Download 37.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling