8-mavzu: tarmoq texnologiyalari va internet xizmatlari asosiy savollar
Download 37.52 Kb.
|
8-mavzu tarmoq texnologiyalari va internet xizmatlari asosiy sa-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAT-servis.
5-savolning bayoni:
Internetda manzillash Internet tarmog’ida mashrutizatorlar ma’lumot paketlarini qaysi manzilga jo’natishni aniqlash uchun xar bir paket sarlovxasiga uzatuvchi va qabul qiluvchi manzili ko’rsatiladi. Internetda manzillashda xar bir tarmoqqa ulanuvchi interfeysga unikal IP-raqam biriktiriladi. Kompyuterlar va marshrutizatorlar o’zlarining IP-raqamini va o’zining “tarmoqdagi qo’shnilari” manzillarini “biladilar”, bundan tashqari marshrutizatorlar o’zlarining jadvali asosida IP – manzillar bilan paketlarning qaerga yo’naltirilayotganligini aniqlashi mumkin. TCPG’IP tarmog’idagi xar bir kompyuter 3 satxli manzilga ega: Uzelning lokal manzili, ushbu uzel tarkibiga kiruvchi, aloxida tarmoq qurish yordamida aniqlangan texnologiya. Lokal tarmoqqa kiruvchi, uzel uchun tarmoq adapteri yoki marshrutizator porti manzili bu – MAS manzil. Masalan: 11-A0- 17-3D-BC-01. Bu manzillar markazlashgan boshqaruvga ega bo’lgani sababli qurilma ishlab chiqaruvchilar tomonidan belgilanadi va ular unikal manzil xisoblanadi. Barcha lokal tarmoqdagi texnologiyalar uchun MAS – manzillar 6 baytli: katta 3 bayti ishlab chiqaruvchi firma idintifikatori, kichkina 3 bayti esa ishlab chiqaruvchilarning unikal obrazi qilib belgilanadi. X.25 va frame relay kabi global tarmoqqa kiruvchi uzel uchun lokal manzil global tarmoq administratori tomonidan belgilanadi. IP-manjil, 4 baytdan iborat, masalan: 109.26.17.100. Bu manzil tarmoq bosqichida ishlatiladi. Bu manzil kompyuterlar va marshrutizatorlarni loyxalashda administrator tomonidan belgilanadi. IP-manzil 2 qismdan iborat: tarmoq va uzel raqamidan. Tarmoq raqami administrator tomonidan ixtiyoriy belgilanadi. IP protokolida uzel raqami esa uzel lokal manziliga bog’liq bo’lmagan xolda belgilanadi. Uzel bir necha IP tarmoq tarkibiga kirishi mumkin. Simvolli identifikator – ism, masalan: SERV1.IBM.COM. bu manzil administrator tomonidan belgilanib bir necha qismdan tashkil topadi, masalan: mashina nomi, tashkilot nomi, domen nomi. Bunday manzilni DNS- nomi xam deyishadi, u amaliy bosqichda FTP yoki telnet protakollari bilan qo’llaniladi. Sahifa, fayl yoki boshqa resursning Internetda joylashishini aniqlovchi noyob manzil – URL deb ataladi. 2-rasm. Internet manzillari. Internet manzillarida domen (DNS) nomlari ishlatilib, ular mamlakat nomlarini, tashkilot va korxonalar faoliyatini anglatadi. NAT-servis. Global tarmoqdan lokal tarmog’i manzillari bilan qurilmalarga ma’lumot olish imkonini beruvchi mexanizm. Buning uchun chegara marshrutizatoriga dastur o’rnatiladi. Download 37.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling