8-mavzu: tarmoq texnologiyalari va internet xizmatlari asosiy savollar


Download 37.52 Kb.
bet3/8
Sana26.07.2023
Hajmi37.52 Kb.
#1662752
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-mavzu tarmoq texnologiyalari va internet xizmatlari asosiy sa-fayllar.org

2-savolning bayoni:
Kompyuter tarmoqlari har xil xususiyatlari, masalan, hududiy taqsimlanishiga 
ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Lokal (mahalliy) tarmoqlar. 
2. Regional (mintaqaviy) tarmoqlar.
3. Global (xalqaro) tarmoqlar. 
Lokal tarmoqlar bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin
binolaridagi kompyuterlarni bir – biriga bog’lash uchun xizmat qiladi. Lokal tarmoqda 
kompyuterlar orasidagi masofa 10 kilometrgacha bo’lishi mumkin. Agar radiokanal
aloqasidan foydalanilsa 20 kilometrgacha bo’lishi mumkin. 
Bunday hajm LKT 10 MbaytG’s va undan ortiq tezlanishda ishlash imkonini
beradi. Odatda LKT ishchi stantsiyalar (IS) va maxsus kompyuterlarni (fayl, print 


serverlari va boshqalar) o’zaro kabel bilan bog’lashdan iborat. Ular o’z navbatida


tarmoq adapterlari yordamida (tarmoq kartalari) maxsus platalar orqali kompyuterning 
sistemali platalarini kengaytiradi.
Alohida tugunlarni tarmoqda ulash usullari tarmoq topologiyasi deyiladi. 
Odatda uchta topologiya qo’llaniladi:
1. Umumiy shina. Bu holda lokal tarmoqdagi barcha kompyuterlar bitta aloqa
chiziqiga parallel bog’lanadi. Bunday shinalarni boshqarish ham alohida, ham
markazlashgan bo’lishi mumkin. Markazlashgan boshqaruvda tarmoqqa maxsus 
kompyuter - hakam ulanadi, uning vazifasi tarmoqda axborotni uzatishni
boshqarishdir. Alohida boshqaruvda hamma kompyuterlar bir xil maqomga ega, ular 
mustaqil ma’lumotlarni uzatish kanalini boshqaradi.


2. Xalqa. Bu holatda barcha kompyuterlar yopiq xalqasimon, ketma-ket 
bog’lanadilar. Bunda xabar birin-ketin kompyuterdan - kompyuterga uzatiladi.
Xabarni uzatgan kompyuter yana o’sha xabarni qayta qabul qilmaguncha, jarayon 
davom etaveradi.


3. Yulduzcha. Yulduzcha topologiyaga ega tarmoqlar markaziy tugunga ega 
(kommutator yoki kontsentrator). Mazkur markaziy tugunga barcha qolgan
kompyuterlar ulanadi. Dastlab uzatilgan xabar ana shu qurilmaga kelib tushadi, so’ng 
boshqa kompyuterlarga uzatiladi.
Lokal kompyuter tarmog’i maxsus simlar bilan birlashtirilgan kompyuterlar 
guruhi hisoblanadi. Bu tarmoqni yaratishdan maqsad tashkilotlar, o’quv yurtlarida
mavjud kompyuterlar guruhidan unumli foydalanish, har xil ma’lumotlarni bir – biriga 
etkazish, kompyuterning qo’shimcha qurilmalaridan unumli va tejamli foydalanishdir.
Bog’lash uchun qo’llaniladigan kabellar uzatish muhiti deb yuritiladi. Masalan: 
- koaksial kabellar (coaxial cable), ular televizion antennaga juda o’xshash;
- juftli o’ram (tvisted pair) telefon simini eslatadi; 
- optik tolali kabel (fider-optic cable). Eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda
qimmat kabel turi. 
Tarmoqda kompyuterlarni ulash uchun qalin (INTERNET yo’qon simi – global
tarmoqlar uchun) yoki ingichka koaksial simlar (ETHERNET - lokal tarmoqlar uchun), 
o’ralgan juftlik (toking ring-vitaya para) va optik tola (dastlab shishadan, hozirda esa
plastik tola) simlari ishlatilishi mumkin.
Tarmoqda ishlovchi har qanday kompyuter o’z nom va ishchi guruhiga ega
bo’lishi kerak. Boshqa tarmoq ishtirokchilari unga shu nom bilan murojaat qilishlari 
mumkin (fayl va papka, xabar jo’natish).
Mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bo’lmagan mamlakat, shaxarlar va 
viloyatlardagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanali sifatida ko’pincha telefon
tarmoqlaridan foydalaniladi. Ular orasidagi masofa 10 – 1000 kilometrgacha bo’lishi 
mumkin.
Global kompyuter tarmog’ida ishlash uchun modem, telefon bo’lishi shart. Bu 
resurslar orqali boshqa kompyuterlar bilan bog’laniladi va axborot almashuvi amalga
oshiriladi. Bunday tarmoqlarda kompyuterlar va kommunikatsion programmalar 
yordamida fayllar boshqa uzoq masofadagi kompyuterlarga aloqa tizimlari orqali
etkaziladi. Agar ixtiyoringizda telefon va modem bo’lsa, u holda aloqa 


bo’linmalaridan ro’yxatdan o’tilgandan so’ng elektron pochtalarga ulanish mumkin


bo’ladi. 
Global tarmoqlar butun dunyo bo’yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab
oladi. Ular bir – biridan 10 – 15 ming kilometr uzoqlikdagi kompyuter va aloqa 
tarmoqlarini birlashtiruvchi yo’ldosh orqali foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda dunyoda ko’plab kompyuter tarmoqlari ishlab turibdi. Global 
tarmoqlardan biri Internet tarmog’i bo’lib, u butun dunyo bo’yicha kompyuter
foydalanuvchilarini birlashtiruvchi tarmoqdir. Bu tarmoq 1983 yilda butun dunyo 
bo’yicha o’z faoliyatini boshladi.
Quyidagi rasmlarda kompyuter tarmoqlarining tasviri ko’rsatilgan: 

1 – rasm. Lokal tarmoqning tuzilishi. 

2-rasm. Internet tarmog’i tasviri. 
INTERNET – international network – yagona standart asosida faoliyat 

ko’rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog’i. Internet xizmati «internet


provayderlari» yordamida aloqa kanallari - telefon tarmog’i, kabelli kanallar, radio va 




kosmos aloqa tizimlaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Hozirda Internetga


dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlaridagi millionlab kompyuterlar ulangan. Har oyda 
tarmoq miqdori 7-10% ga ortib bormoqda. Bugungi kunda Internet 50000 dan ortiq
alohida tarmoqlarni bog’laydi. Ular turli zamonaviy axborotlarni taklif etib 
kelmoqdalar. Masalan, Usenet sistemasi yordamida global muammolarni bahslashib,
muhokama qilish mumkin. Yahoo yoki Yandex izlash sistemasi orqali Sizga kerakli 
axborot tez va soz topiladi. Masalan, oddiy tovarlar narxidan boshlab, teatr
repertuarigacha axborot olish mumkin. Internet tarmog’i orqali bugungi kunda 
kundalik ro’zg’or xaridlari amalga oshirilmoqda.
Elektron nashr, kutubxona sistemalari esa juda ommaviylashib ketdi. Ular yirik 
kutubxona va nashriyotlarni o’zaro bog’laydi. Elektron pochta eng ko’p ommalashdi.
Bu sistema bir zumda dunyoning xohlagan burchagiga xabar etkaza oladi. 
Internet – bu, ko’plab tarmoqlarni birlashtira oluvchi va dunyo hamjamiyatiga
kirish imkoniyatini beruvchi tarmoqdir. 
Internet o’zining foydalanuvchilariga cheksiz axborot resurslarini taqdim etadi.
Ushbu resurslarga kirish uchun mos keluvchi amaliy dasturiy ta’minotdan foydalanish 
kerak.
Internetning tarkibiy qismi: 

Texnik ta’minot. 


Dasturiy ta’minot. 



Informatsion ta’minot. 

Global, mintaqaviy va lokal kompyuter tarmoqlarining birlashuvi ko’ptarmoqli 


ierarxiyani tashkil etib, umumjahon axborot resurslarini birlashtirish va ulardan
kollektiv ravishda foydalanish imkoniyatlarini yaratadi.
Dastlabki kompyuter tarmog’i - ARPANET (Advenced Researsh Projects
Agency Network)-AQShning mudofaa vazirligi tomonidan 1969 yili ishlab chiqilgan. 
U keyinchalik boshqa KTlar bilan birlashtirilib INTERNETning bir qismi sifatida
ishlatila boshlandi.
Intranet – bu internet texnologiyasi, dasturiy ta’minoti va protokollari asosida
tashkil etilgan hamda ma’lumotlar bazasi va elektron hujjatlar bilan jamoa ravishda 
ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot miqyosidagi yagona informatsion
muhitni tashkil etuvchi kompyuter tarmog’idir. 

Download 37.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling