8-mavzu. Texnik ijodkorlikni rivojlantirish metodlari. Reja: Texnik ijodkorlikda ishlatiladigan metodlar. «Amal va xato»


Ixtirochilarning shaxsiy psixologik xislatlari


Download 69.5 Kb.
bet5/6
Sana19.06.2023
Hajmi69.5 Kb.
#1622253
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-mavzu. Texnik ijodkorlikni rivojlantirish metodlari.

Ixtirochilarning shaxsiy psixologik xislatlari.
Har qanday mamlakat sanoatining rivojlanishi va jamiyatning gullab yashnashi ko‘p jihatdan unda yashayotgan insonlarning ma’naviyati va inntellektual salohiyatiga bog‘liqdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har mamloakat o‘z sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ham ichkari ham tashqari bozorlardagi haridorligini ta’minlashga harakat qiladi. Bugungi kunda mamlakatimizda chet eldan keltirilgan sifatli texnika va texnologiyalar, kiyim-kechak va boshqa maishiy istemol mollari ko‘pchilikning xavasini keltirishi va uni xarid qilishga intilishlari sir emas. Bu borada ushbu rivojlangan davlatlarning qanday qilib jadal rivojlanish darajasiga chiqib olganligi va bunga qanday omillar sabab bo‘lganini qisqacha ko‘rib chiqsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ushbu rivojlangan davlatlarda taraqqiyot yo‘liga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan barcha salbiy xolatlarni tub-tubidan quritishga jiddiy kirishganlar. Er maydoning kamligi va tabiiy resurslarning kamligi tufayli dunyoning bugun rivojlangan mamlakatlari bu darajaga erishmagan paytlari rivojlanishga olib boruvchi islohotlar yo‘lidan yurdilar va adashmadilar. Lekin boshqa imkoniyatlari katta (er maydoni katta va tabiiy resurlari ko‘p) mamlakatlarda ham shunday imkoniyatlar bo‘la turib o‘rta hol yoki qoloq davlatlar qatorini to‘ldirib turishibdi. Masalan inglizlar va yaponlar ham kamolatga etish maqsadida har qanday qiyinchiliklarga qaramay , qachonlardir muqarrar bosib o‘tishga to‘g‘ri keladigan islohotlar yo‘lidan yurishdi: ma’lum bir vaqtda jamiyatda yolg‘onni yo‘q qilishga, odamlarda o‘ziga mustahkam ishonch, atrofdagilarga hurmat paydo qilishga, o‘z zimmasidagi har qanday yumush yoki ishni qiyomiga etkazib bajarishga, qanday bo‘lmasin, tuzilgan shartnomaga qat’iy rioya etishga, har bir kishida qonunga bo‘ysunish odatini shakllantirishga harakat qilganlari sababli bugungi kunda jahondagi sanoqli eng kuchli davlatlar safidan joy olishdi. Bundan tashqari yoshlarning ilm olishga bo‘lgan ishonchi va intilishi, ularning yangiliklarga intilishi va o‘z ustlarida tinimsiz ishlari, o‘z sohalarini mukammal egallab uni rivojlantira olayotganlari taxsinlarga arziydi. Ushba rivojlangan davlatlar asosiy etiborini yoshlarni raqobatbardosh qilib kelgusi faoliyatiga tayyorlashga qaratganlar. Ushbu davlatlar sanoati va iqtisodi xom ashyo sotib emas balkim intellektal mazmunan boyitilgan mahsulotlar va xizmatlar sotib jadal rivojlanmoqdalar. Ushbu davlatlarda yangilik yaratish, ixtirolar qilish, ratsionalizatorlik takliflari kiritish bo‘yicha smarali tizim yaratilgan va o‘z natijalarini berib turibdi. Bu boradagi muammolarni hal qilish uchun Davlatimiz rahbari Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev boshchiligida qator ishlar amlga oshirila boshladi. Mamlakatimiz iqtisodiyotini innovatsion yo‘lga o‘tirish uchun qator qonunlar va farmonlar qabul qilindi. SHu o‘rinda Prezidentimizning ushbu so‘zlarini keltirishni lozim topdik.
“Hammamiz yaxshi bilamiz , bugungi davr yuqori texnologiyalar , innovatsiyalar zamonidir. Dunyodagi rivojlangan mamlakatlar o‘z oldiga nafaqat ko‘plab mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni bozorga olib chiqishni, balki chuqur bilim va ilmiy yutuqlarga asoslangan innovatsion iqtisodiyotga o‘tish vazifasini qo‘ymoqda. YA’ni o‘z iqtisodiyotini mavjud tabiiy resurslarni sarflash evaziga emas, innovatsion mahsulotlar yaratish, o‘zlashtirish va ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish orqali rivojlantirish taraqqiyotning asosiy omiliga aylanmoqda. Mamlakatni innovatsion rivojlantirish strotegiyasi va mexanizmlari eng avvalo shu davlatda yaratilgan inntellektual va ilmiy-texnikaviy salohiyatdan qanchalik samarali foydalanish bilan chambarchas bog‘liq.”1 degan edilar. Bugungi kunda mamlakatimizda qilinayotgan kashfiyotlar, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflari miqdori sanoatni jadal rivojlantirish talablarga javob bermaydi. Bu borada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, oliy ta’lim muassasalarida birinchi navbatda yoshlarning ijodkorlik qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va pirovardida o‘z sohasini yangiliklar va ixtirolar bilan boyita oladigan kadrlarni tayyorlash bo‘lishi kerak. Bu esa o‘z navbatida kadrlarni tayyorlashda ularda ixtirochilik qobiliyatini rivojlantirib borish kerakligini ko‘rsatadi.
Umumiy o‘rta ta’limda fizika va mehnat ta’limi DTSlari va o‘quv dasturiga asosan o‘quvchilar deformatsiya tushunchasini, materiallarning qattiqligi, mo‘rtligi, ustuvorligi kasbi tushunchalarni nazariy o‘rganishlari hamda laboratoriya-amaliy mashg‘ulotlarida tajribadan o‘tkazishlari kerak bo‘ladi. Biroq, ushbu laboratoriya ishlarini bajarish uchun mo‘ljallangan R-20, SM-4 kabi sanoat tipidagi sinov qurilmalari juda katta o‘lchamga egaligi, barcha o‘quv yurtlarida o‘rnatish imkoniyatining mavjud emasligi, mavjud bo‘lganlarida ham barcha o‘quvchilar shug‘ullanishiga imkon bermasligi sababli ishni ijodiy tashkil qilishga to‘sqinlik qiladi. Ixtirochi bu masalani oddiy yo‘l bilan, metall kesuvchi qaychiga namunani kesish uchun sarf bo‘ladigan kuchni o‘lchash moslamasini o‘rnatib hal qilib beradi. Bu echimning soddaligi unda muammo echimi sifatida oddiy qaychidan foydalanilganligi, ixtironi qilingan qurilmani o‘quvchilar o‘z kuchlari bilan tayyorlash imkonining mavjudligi, bu usulda tayyorlangan qurilmadan barcha o‘quvchilar birvarakayiga foydalanishi mumkinligi kabi ko‘plab dalillar bilan asoslanadi. Eng muhimi, o‘quvchilar ulkan va murakkab qurilmalar bajarayotgan «tushunarsiz operatsiyalarni» sodda qurilmalarda tushunarli qilib bajarish mumkinligini bilib oladilar.
Demak, ixtiro – bu talabchanlik, nozikta’blik yoki «aql o‘yini» emas, balki inson faoliyatini yangi, uning uchun qulayroq bo‘lgan vaziyatga olib chiquvchi taraqqiyot yo‘lidir. Insondagi ana shu ijodkorlik, ixtirochilik sifatlari uni tabiat kuchlari bilan raqobatni engib, yangi – tafakkur qobiliyatining shakllanishiga zamin yaratdi.

Download 69.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling