Ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalarning turlari
Odatda o‘qitish vositalarini quyidagi turlarga ajratiladi:
Nashrli (dasrliklar va o‘quv qo‘llanmalar, o‘qish kitoblari,xrestomatiyala, ishchi daftarlar,atlaslar, tarqatma materiallar va boshq.);
Elektron ta'lim ashyolari (ko‘pincha ta'lim multimedia deb yuritiluvchi, multimedia darsliklar, tarmoq ta'lim ashyolari, multimedia universal entsiklopediyalar va boshq.);
audiovizual (slaydlar, slayd-filmlar, ta'lim videofilmlar, o‘quv kinofilmlar, sonli tashuvchilardagi o‘quv filmlar (Video-CD, DVD, BluRay, HDDVD va boshq.);
tekis ko‘rgazmali (plakatlar, devoriy kartalar, devoriy illyustratsiyalar, magnit taxtalar);
demonstratsion (gerbariylar, mulyajlar, maketlar, stendlar, kesimdagi modellar, demonstratsion modellar);
O‘quv asboblar (kompas, barometr, kolbalar va boshq.)
trenajyorlar va sport anjomlari (avtotrenajyorlar, gimnastik jihozlar, sport jihozlari, to‘plar va boshq.)
o‘quv texnikasi (avtomobillar, traktorlar va boshq.)
O‘qitish vositalarining umumiy dilaktik o‘rni. O‘quvchilarga ko‘proq ta'sir etadigan o‘qitish vositalari zamonaviy audiovizual va multimediya (multimedia anglis tilidan «ko‘pmuhitli» ma'nosini beradi) vositalardir. Ular o‘qitish va tarbiyalashning samarali vositalari hisoblanib, negizida audio- va videotexnika ulanish vositalariga ega bo‘lgan kompyuter mavjud bo‘lgan dasturiy-apparatli majmua asosidagi axborot texnologiyalari bilan aniqlanadi.
Multimedia - texnologiya intellektual faoliyatni avtomatlashtirish masalalarini yechishda kompyuter imkoniyatlarini ovoz, matn va grafikni, tirik videoni sintez qilish uchun bizga an'anaviy ovoz va videoaxborotlarni taqdim etish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |