8-mavzu: web-texnologiyalari asosida elektron o‘quv materiallarni yaratish texnologiyasi. Tayanch tushunchalar


Download 203.81 Kb.
bet5/14
Sana22.06.2023
Hajmi203.81 Kb.
#1646821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
8-mavzu

Axborotning elektron eltuvchisi - axborotni raqamli shaklda saqlash va uzatishning maxsus qurilmasi (disketlar, CD-disk va boshqalar).
Elektron darslik bo‘limi - an'anaviy darslikning boblariga o‘xshash o‘quv fanining turli sohasi.
Elektron darslik moduli - an'anaviy darslikning mavzulari yoki
paragraflariga o‘xshash, o‘quv fanining bo‘limlarini tashkil etuvchisi.
Virtual ustaxonalar va laboratoriya stendlari - ustaxona jihozlari va laboratoriya stendlarining kompyuter-imitatsiya moduli.
Elektron darsliklar quyidagi asosiy xossalari bilan ajralib turadilar:

  • ta'limni, o‘quv mashg‘ulotlarini yuqori sifatli darajada olib borilishini ta’minlashi;

  • mustaqil ta'lim olish va egallangan bilimlarni mustaqil baholash imkoniyatining berilishi;

  • ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlarning hamohangligi;

  • axborot-ta'lim ashyolarini rivojlantirish xususiyatining hamohangligi;

  • matn va boshqa axborot materiallarini maxsus navigatsiya (gipermatn) va illyustratsiya (multimedia vositalari, rasmlar, diagrammalar va jadvallar) bilan taqdim etishi.

Elektron darsliklar kompyuter texnologiyalari samaralaridan foydalanib, eng muhim tushuncha va qonuniyatlarni tushunish va yodda olishni maksimal darajada engillashtiradi.
Elektron darsliklarning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:

  1. Foydalanish maqsadlariga ko‘ra: jamoa bo‘lib va yakkama-yakka foydalaniladigan elektron darsliklar.

Jamoa bo‘lib foydalaniladigan elektron darsliklar kompyuterning katta tizim ashyolarini talab qilmaydigan bo‘lishi kerak, chunki ular server kompyuterga joylashtiriladi, ulardan kompyuter tarmoqlari (internet yoki intranet) orqali foydalanish mumkin.
Yakkama-yakka foydalaniladigan elektron darsliklar o‘quv materiallarini o‘qituvchining ishtirokisiz o‘rganishga mo‘ljallangan.
Elektron darsliklarning bu ikki turidan auditoriya mashg‘ulotlarida ham foydalanish mumkin.


  1. Download 203.81 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling