O‘quv materiallarini taqdim etish bo‘yicha: tartibli va ixtiyoriy. Tartibli elektron darsliklar ma'lum bir bo‘limga oid bo‘lgan o‘quv materiallarini o‘zlashtirmasdan keyingi bo‘limga o‘tishga imkoniyat bermaydi.
O‘quv materiallari va axborotlarni yangilash bo‘yicha: uzluksiz va davriy yangilanuvchi. Uzluksiz ravishda yangilanadigan elektron darsliklar odatda, elektron o‘quv bazalariga (portallar, Web - saytlar va boshqalar) va elektron kutubxonalarga joylashtiriladi. Davriy yangilanadigan elektron darsliklar asosan elektron axborot eltuvchilar (disketa, CD-disk va boshqa) kabilar bilan taqdim etiladi.
Elektron darsliklar quyidagi tamoyillarga javob berishi kerak:
Kvantlash tamoyili: o‘quv materiallarini mazmunan yopiq, minimal hajmga ega modullarga ajratish. Modullar bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi, ammo 4-5 va undan yuqori bosqichga ega elektron darsliklarning didaktik imkoniyatlari pasayadi.
To‘laqonlilik tamoyili: o‘quv materiallarining asosiy mazmunini qamrab olgan har bir modul o‘zida quyidagilarni mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak:
Birinchi bosqich modulida quyidagilar bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi:
testlar;
nazorat ishi;
yordamchi ma'lumotnoma (Help);
tahlillar.
Ko‘rgazmalilik tamoyili: elektron darsliklar modullari matn va vizuallashtirilgan materiallarning ma'lum nisbatini saqlagan holda illyustratsiyalar va kadrlar jamlanmasidan iborat bo‘lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |