8-mavzu. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari


Iqtisodiy rivojlanish darajasi turlicha mamlakatlarning


Download 223.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana09.11.2023
Hajmi223.84 Kb.
#1759646
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-Mavzu

10.4 Iqtisodiy rivojlanish darajasi turlicha mamlakatlarning 
hududiy integratsiyasiga xos xususiyatlar (NAFTA) 
G’arbiy Evropada iqtisodiy integratsiyaning rivojlanish yutuqlari 
dunyoning rivojlanayotgan mintaqalari diqqatini o’ziga jalb etdi. Osiyo, Afrika 
va Lotin Amerikasida bir nechta o’nlab erkin savdo hududlari, bojxona yoki 
iqtisodiy ittifoqlar vujudga keldi. 
Integratsiya jarayonlarining sezilarli darajada rivojlanishida Shimoliy 
Amerika Erkin savdo assotsiatsiyasining (North American Free Trade Area – 
NAFTA) tashkil qilinishi va faoliyat ko’rsatish jarayoni muhim ahamiyat kasb 
etdi. Mazkur integratsion hudud jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarda iqtisodiy ahamiyati jihatidan yuqori o’rinda turadi. 1992 yilda 
AQSh, Kanada va Meksika o’rtasidagi Shimoliy Amerika Erkin savdo 
assotsiatsiyasini (NAFTA) tashkil etish to’g’risidagi shartnoma imzolandi va u 
1994 yilning 1 yanvardan o’z faoliyatini yurita boshladi. NAFTA AQSh
Kanada va Meksika davlatlarini o’z tarkibiga birlashtirgan. Ushbu integratsion 
birlashma 456,6 mln. aholini o’z ichiga olgan keng hududni qamrab olgan 
bo’lib kuchli iqtisodiy imkoniyatga egadir. Bu mamlakatlarda har yilgi ishlab 
chiqarilgan mahsulot va xizmatlar 7 trln. AQSh dollarini tashkil etadi. Butun 


jahon savdosi hajmida ularning ulushi 20% atrofida to’g’ri keladi. NAFTA 
davlatlari kelishuvida asosan tovar va xizmatlar savdosida cheklashlarni olib 
tashlash, o’zaro kelishmovchiliklarni hal etish mexanizmlarini ishlab chiqish, 
bir-biriga nisbatan investitsion muhitni erkinlashtirish masalalari nazarda 
tutilgan. NAFTAning EIga nisbatan o’ziga xos xususiyati integratsion 
jarayonlarning simmetrik emasligidir. Kanada va Meksika davlatlari 
integratsiyalashuv jaryonida AQSh bilan ko’proq yaqinlashishga intilishadi, 
o’zaro esa kuchsiz bog’lanishgan. 
Bitimning asosiy qoidalari quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
– AQSh, Kanada va Meksika o’rtasidagi savdo aloqalarida 
mahsulotlarga nisbatan bojxona bojlarini bekor qilish; 
– shimoliy Amerika bozorini o’zlarining tovarlarini Meksika orqali 
AQShga reeksport qilish yo’li bilan Amerika bojlarini to’lashdan qochishga 
harakat qilayotgan Evropa va Osiyo kompaniyalari ekspansiyasidan 
himoyalash; 
– Meksikada sug’urta va bank ishida Amerika va Kanada 
kompaniyalarining raqobat va kapital qo’yilmalariga bo’lgan cheklovlarni 
bekor qilish; 
– atrof-muhit bilan bog’liq bo’lgan muammolarni hal qilish uchun uch 
tomonlama guruhlarni tashkil etish. 
NAFTAga a’zo mamlakatlar tomonidan imzolangan shartnoma 
doirasida quyidagi vazifalarni hal etish ko’zda tutilgan: 
– erkin savdo hududini shakllantirish orqali mamlakatlar o’rtasida 
savdo va investitsiyalarni rag’batlantirish; 
– mamlakatlardagi kompaniyalar uchun kelishilgan tadbirkorlik 
faoliyati ishlab chiqilishi; 
– o’zaro iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish; 
– intelektual mulkga doir huquqlarni himoya qilish. 
Dastlabki ikki yil ichida NAFTAning eksport hajmini oshishi hisobiga 
qo’shimcha ish joylarini tashkil etishdagi munosabatlarda faoliyat ko’rsatishi 
ishonchlarni oqlamadi. Bundan tashqari, AQSh bilan Meksika savdosidagi 
ijobiy savdo saldosi yo’qolib 1995 yilda uning o’rnini defitsit egalladi. Oxir-
oqibatda NAFTAni tuzuvchilar rejasi bo’yicha to’la mukammal shimoliy 
Amerika umumiy bozorini 2010 yilda tashkil etish mumkin deb hisoblandi. 
Hozirgi vaqtda Amerika iqtisodchilari etarli darajada qudratli bo’lgan Amerika 
savdo blokini tashkil etishning modelini ishlab chiqmoqdalar. 

Download 223.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling