8-mavzu. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari


Download 223.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana09.11.2023
Hajmi223.84 Kb.
#1759646
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-Mavzu



8-mavzu. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari
 
 
1. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, maqsadi va asosiy shart-
sharoitlari. 
2. Xalqaro integratsion birlashmalarning asosiy shakllari. 
3. G’arbiy Evropada iqtisodiy integratsiya jarayonlarining
rivojlanish bosqichlari. 
4. Iqtisodiy rivojlanish darajasi turlicha mamlakatlarning hududiy 
integratsiyasiga xos xususiyatlar (NAFTA). 
5. Rivojlanayotgan mamlakatlar hududiy integratsiyasining
xususiyatlari (MERKOSUR). 
6. Osiyo hududiy integratsiyasining xususiyatlari (ASEAN, APEC va h.k.). 
Tayanch so’z va iboralar 
Xalqaro iqtisodiy integratsiya, imtiyozli savdo hududi, erkin savdo 
hududi, yagona bojxona ittifoqi, umumiy bozor, iqtisodiy ittifoqlar, to’liq 
iqtisodiy integratsiya, ASEAN, EAST, MERKOSUR, KOMESA, ASEAN, 
LAIA, MDH, EES, Maastrix 
shartnomasi, BENILYuKS, MEESA, NAFTA, APEC, Shanxay hamkorlik 
tashkiloti 
1. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, maqsadi va asosiy 
shart- sharoitlari 
Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida ikkita asosiy tendentsiya amal 
qilmoqda. Bir tomondan jahon xo’jaligida yaxlitlik kuchaymoqda, buning 
natijasida mamalakatlar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar rivojlanishi, xalqaro 
savdoning erkinlashuvi hamda zamonaviy axborot texnologiyalari tizimining 
tashkil topishi kuzatilmoqda. Ayniqsa bu jarayon TMKlar faoliyati orqali 
namoyon bo’lmoqda. 
Boshqa tomondan esa, iqtisodiy jihatdan bir-biriga yaqinlashish va 
mamlakatlarning mintaqaviy darajada o’zaro birgalikda faoliyat ko’rsatishi, 
shuningdek yirik mintaqaviy integratsion tuzilmalar shakllanishi hamda ularni 
jahon xo’jaligi markazlarida mustaqil faoliyat ko’rsatib rivojlanib borishi sodir 
bo’lmoqda. 
Xalqaro iqtisodiy integratsiya - milliy xo’jaliklar o’rtasida o’zaro 
barqaror aloqalarning rivojlanishi hamda mehnat taqsimoti negizida yuzaga 
kelgan mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan 
birlashuvi bo’lib, ishlab chiqarish tuzilmalarining turli darajada va turli 
ko’rinishlardagi o’zaro aloqadorligini namoyon qiladi. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda integratsion jarayonlar ikkita asosiy 
ko’rinishda, mikro va makro darajalarda namoyon bo’ladi. Mikro darajada bu 
jarayon qo’shni mamlakatlardagi alohida firmalarning turli shakllardagi 
iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish orqali, shuningdek xorijiy mamlakatlarda 


o’z filiallarini tashkil etish yordamida yuzaga keladi. Davlatlararo darajada 
integratsiya mamlakatlarning iqtisodiy birlashmalarini tashkil etish va milliy 
siyosatlarini muvofiqlashtirish orqali amalga oshiriladi. 
Bizga ma’lumki, firmalar hamda ishlab chiqarish korxonalari o’rtasida 
aloqalarning tez rivojlanishi, tovar almashuvida xizmat ko’rsatish, kapital va 
ishchi kuchlarining mamlakatlar o’rtasida erkin harakatini ta’minlashga, 
iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy, tashqi iqtisodiy va shuningdek mudofaa 
siyosatlarini, moliya - valyuta sohasidagi harakatlar yagona siyosatga 
kelishishga qaratilgan davlatlararo tartibga solish zaruriyatini taqozo etadi. 
Buning natijasida, yagona valyuta, infratuzilma, moliyaviy fondlar, umumiy 
mamlakatlararo boshqaruv organlariga ega bo’lgan iqtisodiy majmualar 
tashkil topishi yuz beradi. 
Mamlakatlar hududiy integratsiyasidan quyidagi maqsadlar ko’zda 
tutiladi: 
1. Bozorlarni kengaytirish imkoniyatlaridan foydalanish va ishlab 
chiqarish ko’lamini oshirish hisobiga ishlab chiqarishdagi xarajatlarni 
kamaytirish. 
2. Mamlakatlar o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish. 
3. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarida ishtirok etuvchi 
mamlakatlarning jahon bozoridagi mavqeini oshirish. 
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning afzalliklari sifatida quyidagilarni 
keltirish mumkin: 
– mamlakatlar o’rtasida kapital va ishlab chiqarishning 
markazlashuv va jamlanish jarayoni yanada tezroq kechadi; 
– mahsulotlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchlari bilan jadal 
almashinuv jarayonlari yuzaga keladi; 
– bozorlarning hajmiga qarab mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytira 
olish imkoniyatlari yuzaga keladi; 
– ijtimoiy masalalarni hamkorlikda hal etish imkoniyati paydo bo’ladi; 
– mamlakatlar o’rtasidagi raqobatlashuvning kuchayishi sodir 
bo’ladi, bu holat, yanada yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga ta’sir 
ko’rsatadi; 
– iqtisodiy o’sish sur’atlarining jadallashuviga erishiladi; 
– xalqaro savdo munosabatlarida qulay sharoitlar yaratiladi; 
– yangi texnologiyalarni keng tarqalishiga va joriy etilishiga imkon 
yaratadi. 
Iqtisodiy integratsiyaga ta’sir ko’rsatuvchi omillar jumlasiga, jahon 
xo’jaligida tobora rivojlanib borayotgan baynalmilallashuv va globallashuv 
jarayonlari, xalqaro savdo aloqalarining rivojlanishi, xalqaro mehnat 
taqsimotining chuqurlashuvi, milliy iqtisodiyotlar ochiqlik darajasining ortib 
borishi kabilar kiradi. 
Xalqaro iqtisodiy 
integratsiyaning maqsadi bo’lib, istiqbolda 
mahsulotlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining erkin harakatlanishi 
uchun qulay shart- sharoitlar yaratish hisoblanadi. 


Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning sub’ektlari jumlasiga xalqaro ishlab 
chiqarish va ilmiy-texnik hamkorlik hamda ayirboshlashni amalga oshiruvchi 
mamlakatlar kiradi. Uning ob’ektlariga esa, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik 
hamkorlik va ayirboshlash predmeti hisoblangan mahsulotlar, xizmatlar, 
valyuta va ishchi kuchlarini kiritish mumkin. 
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning shart-sharoitlari sifatida integratsiyada 
ishtirok etuvchi mamlakatlar ichki bozorining rivojlanish darajasi, mintaqaviy 
jihatdan yaqinligi, mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlarining 
umumiyligi kabilarni kiritish mumkin. 
Xalqaro iqtisodiy integratsiya shakllanishining asosiy shart-sharoitlari 
sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 
– integratsiyalashayotgan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishi va bozor 
munosabatlaridagi holatining yaqinligi; 
– integratsiyalashayotgan mamlakatlarning 
mintaqaviy jihatdan 
o’zaro yaqinligi. Jahondagi integratsion birlashmalarning aksariyati 
mintaqaviy jihatdan bir- biriga yaqin joylashgan, transport aloqalariga ega 
bo’lgan bir necha qo’shni mamlakatlar guruhi orqali shakllangan; 
– integratsion hudud doirasidagi o’zaro hamkorlik aloqalarida 
mamlakatlardagi mavjud muammolarning umumiyligi. 
Jahon iqtisodiyotida shakllangan ko’plab integratsion birlashmalar 
deyarli bir- biriga o’xshash vazifalarni amalga oshirishni maqsad qiladi. Bular 
jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
– keng ko’lamdagi iqtisodiy afzalliklardan foydalanish. Iqtisodiy 
integratsion hudud doirasida bozorlar hajmini kengaytirish, ishlab chiqarish 
xarajatlarini kamaytirish, mahsulotlar, xom-ashyo resurslarining erkin harakati 
uchun sharoit yaratish va boshqalar. Bu holat, mamlakatlar iqtisodiyotiga 
investitsiyalarni jalb etishni yanada rag’batlantiradi. 
– qulay tashqi siyosiy muhitni yaratish. Ko’plab integratsion 
birlashmalarning muhim maqsadi ularda ishtirok etuvchi mamlakatlarning 
iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalarda bir-biri bilan o’zaro 
manfaatli hamkorlik qilishni nazarda tutadi. 
– savdo munosabatlarini rivojlantirishga doir chora-tadbirlarni 
hamkorlikda amalga oshirish. 
– milliy iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish hamda iqtisodiyotni 
tuzilmaviy qayta qurishga ko’maklashish. 
Ta’kidlash lozimki, iqtisodiy integratsiya ishtirokchi mamlakatlar 
ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish darajasining yaxshilanishi, milliy iqtisodiyot 
tarmoqlarining barqaror rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. 

Download 223.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling