8-mavzu. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari


 Xalqaro integratsion birlashmalarning asosiy shakllari


Download 223.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana09.11.2023
Hajmi223.84 Kb.
#1759646
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-Mavzu

2. Xalqaro integratsion birlashmalarning asosiy shakllari 
Jahon xo’jaligini rivojlanishining zamonaviy bosqichida turli 
shakllardagi integratsion jarayonlarni ko’rishimiz mumkin. Kundan kunga 
xo’jalik hayotda integratsion jarayonlar chuqurlashib, kengayib bormoqda. 
Buni biz integratsion jarayonlarni borishini xalqaro iqtisodiy munosabatlarda 


savdodan tortib, ilmiy-axborot, tovar ayirboshlashgacha bo’lgan turli 
ko’rinishlarini bir-biriga qo’shilib borishida ko’rishimiz mumkin. 
Jahon iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy integratsion birlashmalarning bir 
nechta asosiy shakllari mavjud. Bular quyidagilardan iborat: 
– imtiyozli savdo hududi; 
– erkin savdo hududi; 
yagona bojxona ittifoqi
– umumiy bozor; 
– iqtisodiy ittifoqlar; 
– to’liq iqtisodiy integratsiya. 
Imtiyozli savdo bitimi, mazkur bitim a’zo bo’lgan mamlakatlarga 
savdoda qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida tuziladi. Iqtisodiy 
integratsiyaning mazkur shakli dastlabki davrlarda 
Imtiyozli savdo bitimi ikki yoki undan ortiq mamlakatlar o’rtasida 
tuzilib, hududning har bir ishtirokchisi uchun barcha tovarlar importiga bojxona 
to’lovlari qisqartiriladi. Bunda dunyoning qolgan mamlakatlar uchun birlamchi 
savdo tariflari saqlab qolinadi. Iqtisodiy integratsiyaning bunday shakliga misol 
sifatida 1932 yilda tashkil etilgan “Britaniya Hamdo’stligi imtiyozlari tizimi”ni 
kiritish mumkin. 
Erkin savdo hududi (ESH) ikki va undan ortiq mamlakatlarning o’zaro 
kelishuviga asosan, bu mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan 
o’zaro savdo qilishda bojlar va boshqa cheklovchi choralarni bekor qilish orqali 
tashkil etilgan 
guruhidan iborat. Bitimga a’zo bo’lmagan mamlakatlar bilan savdo aloqalarini 
amalga oshirishda ESHga kiruvchi har bir davlat o’zining mustaqil savdo 
siyosatini yuritadi. 
Erkin savdo hududlarida yaratilgan shart-sharoitlar tufayli qishloq 
xo’jalik mahsulotlaridan tashqari deyarli barcha mahsulotlar savdosi amalga 
oshiriladi. Erkin savdo hududi unga a’zo mamlakatlardan biriga joylashgan 
mamlakatlararo kotibiyat tomonidan tartibga solinib turiladi. 
Erkin savdo hududiga asosan 1960 yilda tashkil etilgan Evropa erkin 
savdo assotsiatsiyasi (EAST) kiradi. Uning tarkibida Avstriya, Finlayandiya, 
Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya, Shvetsiya kabi bir qator mamlakatlar bor. 
Evropa iqtisodiy hududi (1994 y)da esa Evropa Ittifoqi mamlakatlari hamda 
Islandiya va Lixtenshteynlar mavjud. 
Boltiq bo’yi erkin savdo hududi(1993 y)ga Estoniya, Latviya, Litva 
davlatlari kiradi; 
Markaziy Evropa erkin savdo hududi 1992 yilda tuzilgan bo’lib, uning 
tarkibiga - Chexiya, Vengriya, Polsha, Slovakiya mamlakatlari kiradi; 
Shimoliy Amerika erkin savdo hududi (1994 y) a’zolari bo’lib Kanada, 
Meksika, AQSh davlatlari hisoblanadi; 
ASEAN mamlakatlari erkin savdosi haqida 
kelishuvi (1992 y.) – 
Bruney, Indoneziya, Malayziya, Filippin, Singapur, Tayland davlatlarini 
birlashtiradi; 


Iqtisodiy aloqalarning chuqurlashuvi haqida 
Avstraliya va Yangi 
Zelandiya savdo kelishuvi (1983 y) tashkil etilgan; 
Bangkok kelishuvi (1993y) – Bangladesh, Hindiston, Koreya 
Respublikasi, Laos, Shri-Lanka davlatlaridan iborat. 
Bojxona ittifoqi ikki yoki bir qancha davlatlarning bojlar bo’yicha 
o’zaro chegaralarni bekor qilish va yagona boj tarifi joriy etish yuzasidan o’zaro 
kelishuvidir. Bojxona ittifoqiga kiruvchi davlatlar orasidagi o’zaro savdoda boj 
to’lovlari va yig’imlari va boshqa cheklovchi tadbirlar olib tashlanadi. 
Uchinchi 
(Bojhona 
ittifoqiga 
kirmaydigan) 
davlatlar 
bilan 
savdo 
munosabatlarida bu davlatlar yagona bojxona siyosatini amalga oshiradilar. 
Ma’lumki, tashqi iqtisodiy faoliyatni davlatlararo tartibga solishning 
bu ko’rinishi bojxona ittifoqi qatnashchilari o’rtasida bojsiz savdonigina emas, 
balki uning tashqi chegaralarida muvofiqlashtirilgan tarif tizimini joriy qilishni 
ham nazarda tutadi. Bojxona ittifoqining erkin savdo hududidan farqi ham ana 
shundadir. 
Bojxona ittifoqlarini yaratish va ularning shakllanishining aniq natijalari 
unga a’zo-mamlakatlarning ishlab chiqarish va iste’mol sohasida yuz 
beradigan tarkibiy o’zgarishlarda o’z aksini topadi: talab va taklif nisbiy 
ustunlik tabiatiga mos ravishda o’zgaradi. Boshqacha qilib aytganda, bojxona 
ittifoqi savdoning kengayishiga qarab aholining turmush farovonligini 
oshiradi, biroq, ayni bir paytda ishlab chiqaruvchilarning arzon 
mahsulotlaridan qimmatroq tovar ishlab chiqarishga moslashishlari natijasida 
esa, farovonlikni birmuncha pasaytiradi. 
Bojxona ittifoqlari dunyoning juda ko’p mamlakatlarida rivojlangan. 
Ular quyidagilar: Turkiya bilan EI assotsiatsiyasi (1963y), uning tarkibiga EI 
mamlakatlari va Turkiya kiradi. Arab umumiy bozori (1964y) – Misr, Iroq, 
Iordaniya, Liviya, Mavritaniya, Suriya va Yaman. Markaziy Amerika umumiy 
bozori (1961) – Kosta Rika, Salvador, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua. 
Kolumbiya, Ekvador, Venesuela mamlakatlari o’rtasida tuzilgan erkin savdo 
hududi (1992 y) – Kolumbiya, Ekvador, Venesuela. Sharqiy Karib havzasi 
mamlakatlari tashkiloti (1991 y.) – Antigua va Barbuda, Dominika, Grenada, 
Montserrat, Sent-Kite va Nevis, Sent-Lyusiya, Sent- Vinsenva Grenadinalar. 
Umumiy bozor integratsion birlashmalarning ancha murakkab turi 
bo’lib, u bojxona ittifoqiga ishchi kuchi va kapital xarakatiga qo’yilgan 
cheklashlarni bekor qilishni qo’shish va iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish 
orqali tashkil etiladi. Umumiy bozorga integratsiyalashgan mamlakatlar 
nafaqat tovar va xizmatlar erkin harakati haqida kelishishadi, balki ishlab 
chiqarish omillari-davlatlar o’rtasida kapital va ishchi kuchlar borasida ham 
almashuvlar qilishadi. 
Bojxona ittifoqini umumiy bozorga aylantirish jarayoni faqatgina 
savdoni emas, balki iqtisodiy siyosatning boshqa sohalarini ham qamrab 
oluvchi katta miqdordagi qonuniy me’yorlarni o’zaro uyg’unlashtirish 
masalalarini ham hal etish bilan bog’liqdir. Shu sababli ichki bojxona to’siqlari 
va boshqa cheklashlarni bartaraf etish orqali uchinchi dunyo mamlakatlari 
bilan savdoda umumiy tamoyillarni ishlab chiqish zarurki, buning natijasida 


milliy chegaralar orqali tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining hech 
qanday to’siqlarsiz o’tishiga sharoit yaratiladi. Bundan tashqari umumiy 
bozorni shakllantirish mobaynida ijtimoiy va hududiy rivojlanish uchun 
zamonaviy fondlarni yaratishga zaruriyat tug’iladi. 
Umumiy bozorni iqtisodiy ittifoqqa aylantirishning 
zamonaviy 
bosqichida EIning ahamiyati kattadir. Chunki faqatgina ana shu tashkilot 
iqtisodiy integratsion jarayonlarning eng yuqori cho’qqisiga intilishini yaqqol 
namoyish etmoqda. 
Iqtisodiy ittifoq yuqoridagi ko’rib chiqilgan barcha integratsion 
tadbirlarga qo’shimcha ravishda qatnashuvchi davlatlar tomonidan yagona 
iqtisodiy 
siyosat 
o’tkazilishini, 
ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlarni 
tartiblashtirishning davlatlararo tizimini yaratishni taqozo etadi. Unda bojxona 
tariflari, tovar va ishlab chiqarish faktorlari, mikroiqtisodiy siyosat 
koordinatsiyalari, 
valyuta, 
byudjet, 
pul 
sohalarida 
qonunchilikning 
unifikatsiyasi ko’rib chiqiladi. 
To’liq iqtisodiy integratsiya – integratsiya doirasida yagona iqtisodiy, 
valyuta va siyosiy ittifoqning shakllanishi, xalqaro savdo, tashqi siyosat, va 
boshqa hamkorlik sohalarida umumiy siyosatning amalga oshirilishi. Mazkur 
integratsion hudud doirasida huquqiy qonunchilikning unifikatsiyasini talab 
qiladi. To’liq iqtisodiy integratsiya barcha a’zo mamlakatlar uchun yagona 
valyuta siyosatini talab qiladi. Valyuta munosabatlarida yagona valyuta tizimi 
va valyuta mexanizmi amal qiladi. 
Savdo iqtisodiy ittifoqlarning zamonaviy turlariga xos bo’lgan asosiy 
xususiyatlar quyidagi jadvalda keltirilgan. 

Download 223.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling