8-mavzu: Xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotida xatolar aniqlanganda auditorlik tashkilotining harakatlari


Download 21.49 Kb.
bet2/4
Sana01.11.2023
Hajmi21.49 Kb.
#1737457
1   2   3   4
Bog'liq
8 MAVZUXo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotida xatolar aniqlanganda auditorlik tashkilotining harakatlari

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AUDITORLIK FAOLIYATI MILLIY STANDARTI (24-SON AFMS) “MOLIYA HISOBOTIDA XATOLAR ANIQLANGANDA AUDITORLIK TASHKILOTINING HARAKATLARI”NI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001yil 30-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1045]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 2-iyuldagi 43-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3316, 30.07.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni asosida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va Auditorlik tekshirishlari rolini oshirish to‘g‘risida” 365-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Ilova qilinayotgan “Moliya hisobotida xatolar aniqlanganda auditorlik tashkilotining harakatlari” O‘zbekiston Respubltikasi auditorlik faoliyati milliy standarti (24-son AFMS) tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standarti 24-sonli AFMS
MOLIYAVIY HISOBOTDA BUZILISHLAR ANIQLANGANDA AUDITORLIK TASHKILOTINING HARAKATI
Mazkur Standart O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini normativ tartibga solish elementi hisoblanadi.
§ 1. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Standartning maqsadi auditorlik tekshiruvi chog‘ida moliyaviy hisobotda buzilishlar aniqlangan hollarda auditorlik tashkilotining harakatlarini belgilab berish hisoblanadi.
2. Mazkur Standart talablari auditorlik faoliyatini amalga oshirishda barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
3. Moliyaviy hisobotning buzilishi deb xo‘jalik yurituvchi subyekt xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish, moliyaviy hisobotni tuzish qoidalarini hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash tartibini buzish oqibatida moliyaviy hisobotda ma’lumotlarni noto‘g‘ri aks ettirish va taqdim etish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish qoidalaridan chetlanishlarga yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan hollarda, agar ular asoslangan bo‘lsa va hisob siyosatida va yillik moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida belgilangan tartibda aks ettirilgan bo‘lsa, auditor tomonidan moliyaviy hisobotlarning buzilishi deb qaralmasligi lozim.

Download 21.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling