3-§. MOLIYAVIY HISOBOTLARDAGI BUZILIShLAR HAQIDA XABAR BERISh
9. Auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariyatini, moliyaviy hisobotda aniqlangan buzilish faktlari to‘g‘risida iloji boricha tezroq xabardor etishi kerak, agarda:
buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi aktivlarni saqlab qolish uchun shart-sharoitlar yaratishga va moliyaviy hisobotlarni buzib ko‘rsatishga qarshilik qilishga qodir emasligi aniqlansa;
xo‘jalik yurituvchi subyektga uning xodimlari tomonidan yetkazilgan zararlar to‘g‘risida aniq guvohlik beradigan faktlar aniqlansa.
10. Auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan moliyaviy hisobotning buzilish faktlari va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik hisobotida aks ettirishi shart.
§ 4. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
11. Xo‘jalik yurituvchi subyekt auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan moliyaviy hisobotdagi buzilishlarni bartaraf etmaganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
12. Auditorlik tashkiloti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilar uchun javobgardir:
moliyaviy hisobotda buzilishlar mavjudligi to‘g‘risidagi o‘z xulosasining asoslanganligi;
xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariga xo‘jalik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararni aniq ko‘rsatuvchi faktlar to‘g‘risida xabar bermaganligi;
auditorlik hisobotida va auditorlik xulosasida aks ettirilgan ma’lumotlarning to‘laligi va to‘g‘riligi;
xo‘jalik yurituvchi subyektning yozma roziligisiz moliyaviy hisobotda aniqlangan buzilish faktlarini boshqa shaxslarga oshkor qilganligi.
85
Takrorlash uchun savollar:
1. Moliyaviy hisobot tuzish va uning auditini o’tkazish bo’yicha asosiy
me’yoriy hujjatlarga izoh bering?
2. Xo’jalik sub’ektlari faoliyatining tugatilishi jarayoni auditining
xususiyatlarini tushuntirib bering?
3. Xo’jalik sub’ektlarining qayta tuzilishi va yopilish jarayonida
bajariladigan auditorlik amallari mazmunini izohlab bering?
4. Kichik tadbirkorlik sub’ektlari hisoboti auditining xususiyatlarini
tushuntirib bering?
5. Xo’jalik sub’ektlari hisobotida jiddiy qoidabuzilishlar aniqlanganda
auditor harakatini tushuntirib bering?
6. Xo’jalik sub’ektlari faoliyatining tugatilishi jarayoni auditida
to’planadigan auditorlik dalillari mazmunini tushuntirib bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |