8-mavzu: Xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotida xatolar aniqlanganda auditorlik tashkilotining harakatlari
§ 2. MOLIYAVIY HISOBOTDAGI BUZILIShLARNI ANIQLASh
Download 21.49 Kb.
|
8 MAVZUXo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotida xatolar aniqlanganda auditorlik tashkilotining harakatlari
§ 2. MOLIYAVIY HISOBOTDAGI BUZILIShLARNI ANIQLASh
4. Auditorlik tekshiruvini rejalashtirishda auditorlik tashkiloti tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotida buzilishlar mavjudligini inobatga olishi kerak va shundan kelib chiqqan holda auditorlik tartib-taomillarini ishlab chiqishi lozim. 5. Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvining tartib-taomillarini shunday tashkil etishi lozimki, bunda auditorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra moliyaviy hisobotdagi barcha muhim buzilishlarni aniqlash mumkin bo‘lsin. 6. Auditorlik tekshiruvini o‘tkazayotganda auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotda buzilishlar ehtimoli borligini ko‘rsatadigan bir qator omillar mavjudligini inobatga olish kerak Bunday omillar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini samarali boshqarishni tashkil qilish masalalari bo‘yicha rahbariyatning layoqatliligiga shubha bilan qarash; b) auditorning so‘rovnomalariga xodimlarning to‘la asoslanmagan javoblar berishi yoki javob berishdan qochishi; v) xo‘jalik yurituvchi subyektning tarkibiy tuzilmasiga yoki faoliyat turiga xos bo‘lmagan operatsiyalarning mavjudligi; g) hisob siyosatidagi tez-tez va to‘liq asoslanmagan o‘zgarishlarning bo‘lishi; d) buxgalteriya xodimlari tarkibining tez-tez o‘zgarishi (kadrlar qo‘nimsizligining yuqoriligi); e) kerakli auditorlik dalillarini olishdagi muammolarning paydo bo‘lishi; j) boshlang‘ich hujjat ma’lumotlari va hisob registrlari ma’lumotlarning (kompyuter ma’lumotlarining) nomuvofiqligi; z) hisob registrlari ma’lumotlari (kompyuter ma’lumotlari) va moliyaviy hisobot ma’lumotlarining nomuvofiqligi. 7. Auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotda buzilishlarni aniqlagan hollarda, ularning tekshirilayotgan hisobotning ishonchligiga ta’sirini baholashi kerak. Agarda auditorlik tashkiloti buzilish faktlari moliyaviy hisobotning ishonchligiga sezilarli tarzda ta’sir etadi deb hisoblasa, u holda auditorlik tashkiloti tomonidan o‘z fikriga ishonch hosil qilishi uchun qo‘shimcha tartib-taomillar o‘tkazadi. Qo‘shimcha tartib-taomillar, tekshirilayotgan masalaning mohiyatidan kelib chiqqan holda auditorlik tashkiloti tomonidan belgilanadi va auditorning professional layoqatidan tashqarida bo‘lishi mumkin emas. Agarda qo‘shimcha tartib-taomillar moliyaviy hisobotdagi buzilish faktlarining mavjudligini tasdiqlasa, auditorlik tashkiloti buzilish faktlarining tegishli auditorlik xulosasini tayyorlashga ta’sirini har tomonlama tahlil qilib chiqishi kerak. 8. Moliyaviy hisobotda muhim buzilishlar aniqlanganda, auditorlik tashkiloti amaldagi ichki nazorat tizimining xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotida buzilishlarning yuzaga kelishiga olib keladigan turli qoidabuzarliklarning paydo bo‘lishiga qanchalik qarshilik ko‘rsatishi bo‘yicha samarali ishlayotganligini baholashi kerak. Agar auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotda buzilishlar paydo bo‘lishining oldini olishga ichki nazorat tizimining imkoniyati past degan xulosaga kelsa, auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik hisobotida ichki nazorat tizimidagi kamchiliklar bilan birga, uni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ham aks ettiriladi. Download 21.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling