8-mavzu. Xorazmshohlar davlati Reja: «Xorazmshox»
Download 210.18 Kb. Pdf ko'rish
|
8-мавзу (3) 672ea0e023d31231c991530a87d5998f
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- «Podshoh Qutbid-dunyo vad-din Abul-fath
8-MAVZU. Xorazmshohlar davlati Reja: 1. «Xorazmshox» unvonining tiklanishi va Xorazm mustaqilligi uchun kurash 2. Mamlakatda iqtisodiy yuksalish, shaharlarning gullab-yashnashi 3. XIII asr boshlarida Xorazmshoxlar davlatining siyosiy ahvoli va ichki ziddiyatlarning keskinlashuvi 4. Muhammad Xorazmshox va Chingizxon, ularning diplomatik munosabatlari Adabiyotlar 1.
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Toshqent, «O‘zbtkiston», 1998. 2.
Sagdullaev A.S. va boshq. O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. – T., 2000. 3.
Suleymanov R.X. Drevniy Naxshab. Problemы sivilizatsii O‘zbekistana VII v do n.e. - VII v n.e. – T., 2000. 4. Toynbi A.Dj. Postijenie istorii – M.: Ayris Press, 2004. 5. Shoniyozov K. Qang‘ davlati va qang‘lilar. – Toshkent, 1995. 6. O‘zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari. Mas’ul muharrirlar: D.Alimova, E.Rtveladze. – Toshkent: Sharq, 2001. 7.
O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent. Yangi asr avlodi, 2003. 8.
Eshov B. Sug‘diyona tarixidan lavhalar. – T., 2002.
Xorazm Somoniylar davrida ularga tobe viloyat hisoblanardi. X asr oxiri – XI asrning boshlariga kelib Xorazm hukmdori Ma’mun I va uning o‘g‘li Ali ibn Ma’mun Somoniylar davlati qo‘laganidan so‘ng mustaqil davlat tuzishga harakat qilib ko‘rdilar. Xususan, 996 yilda Shimoliy Xorazm hukmdori Ma’mun ibn Muhammad ikki qismga bo‘linib ketgan davlatni birlashtirib xorazmshoh unvoni oladi va Urganchni o‘z poytaxtiga aylantiradi. Ammo, Movarounnahrdagi Qoraxoniylar va Xurosondagi G‘aznaviylar davlati oldida Xorazm davlati juda kuchsiz bo‘lib, ko‘p hollarda Mahmud G‘aznaviy va uning o‘g‘li Ma’sudga qaram edi. Xorazmning mustaqil davlat sifatida shakllanishi va rivojlanishi Anushteginiy-Xorazmshohlar sulolasi davriga to‘g‘ri keladi. Ushbu sulolaning asoschisi yoki birinchi vakili Anushtegin kelib chiqishi jihatidan o‘g‘o‘z turklaridan bo‘lib, yoshligida Garjiston (Gurjiston) da yashagan va yollanma jangchi (mamluk) bo‘lgan. Saljuq sultoni Malikshoh I davrida Anushtegin tashtdorlik mansabiga (sulton hovo‘zlari va hammomlari ashyolari xazinachisi) ko‘tarilgan edi. Manbalarning ma’lumot berishicha, tashtdorlik mansabiga sulton o‘zining ishonchli odamlarini tayinlar edi va ko‘p o‘tmay Anushtegin sultonning yaqinlaridan biriga aylanadi. Natijada 1076 yilda Sulton Malikshoh Anushteginni Xorazm hokimi etib tayinlaydi. Anushtegin Saljuqiylarga tobe bo‘lib hokimiyatni boshqaradi va 1097 yilda vafot etadi. O‘sha yili uning o‘g‘li Qutbiddin Muhammad (1097-1128) Xorazm voliysi qilib tayinlanadi. Qutbiddin Muhammad otasi davrida o‘z davrining yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Marvda ilm olgan, xususan, din ilmlarini yaxshi o‘rgangan edi. U Xorazm voliysi bo‘lgach qobiliyatli hukmdor sifatida ulamolarga va din arboblariga homiylik qiladi. Qutbiddin Muhammad Xorazmda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun anchagina kuch-g‘ayrat sarflagan bo‘lsada, rasman Saljuqiylarga tobe bo‘lgani bois, Sulton Sanjarga sadoqat bilan xizmat qildi. U Saljuqiylarning oliy hokimiyat uchun o‘zaro kurashlarida ham faol ishtirok etganligi ma’lum. Tarixiy manbalarda Xorazmshohning unvoni «Podshoh Qutbid-dunyo vad-din Abul-fath Download 210.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling