olamiyn», «Dunyo va uning pokdomoni, Ulug‘ Turkon, olam ayollarining malikasi» degan
yozuv bitilgan edi) ularga tayanib katta hokimiyatga ega bo‘ldi, o‘z homiyligidagi odamlarning
yuqori lavozimlarni egallashini ta’minladi. Natijada bu alohida turk harbiy-feodal tabaqasi paydo
bo‘lishiga olib keldi va amalda xorazmshohlar davlatining inqiroziga sabab bo‘ldi.
1200 yilning avgust oyida Xorazmshohlar taxtiga Takashning o‘g‘li Qutbiddin
Muhammad o‘tirdi (1200-1221 yy) va otasining Aloviddin laqabini qabul qildi. U taxtga o‘tirishi
bilanoq ayrim muammolarga duch kelgan bo‘sa-da, ularni zudlik bilan bartaraf etib, 1203 yilda
qoraxitoylarning yordami bilan Xurosonni bosib oldi. Undan keyin esa Hirot va uning atroflarini
egalladi.
Aloviddin Muhammad 1207 yilda Movarounnahrga yurish qilib, Buxorodagi Sanjar
qo‘zg‘olonini bostirdi va Buxoroni egalladi. Xorazmshoh 1210 yilda qarluqlar bilan ittifoq to‘zib
qoraxitoylar ustiga yurish qildi. Bu yurish Xorazmshohning g‘alabasi bilan tugadi va u
qoraxitoylarning O‘zganddagi boy xazinasini qo‘lga kiritdi. Umuman, Aloviddin Muhammad
1210 va 1212 yillarda qoraxitoylarga ikki marta qaqshatqich zarba berib ularni butunlar tor-mor
etdi. Buning natijasida uning obro‘yi oshib ketib ikkinchi Iskandar, ikkinchi Sulton Sanjar
laqablarini olishga mo‘sharraf bo‘ldi. Aloviddin Muhammadning say’i-harakatlari tufayli 1217
yilga kelib butun Movarounnahr, Ozarbayjon, Eron, Xurosondan Hindistongacha bo‘lgan
yerlarda Xorazmshohlar hukmronligi o‘rnatildi. Ammo, mamlakatning ichki siyosiy holati
mustahkam emas edi. Bu holat mug‘ul bosqini paytida yaqqol nomoyon bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |