8-mavzu. Xorazmshohlar davlati Reja: «Xorazmshox»


Download 210.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana08.01.2022
Hajmi210.18 Kb.
#248561
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-мавзу (3) 672ea0e023d31231c991530a87d5998f

  qo’id    yoki  muqaddam  degan  unvon 

tavsiya  etilardi.  Xorazmshohlar  yangi  zabt  etilgan  o‘lka  yoki  viloyat  yerlarini  amirlarga  iqto 

tariqasida  taqsimlab  berar,  mahalliy  amirlar  orasidan  eng  qobiliyatlisini  ularga  boshliq  qilib 

tayinlab unga amir-al umaro (amirlar amiri) nomini berardi. 

Qo‘shindagi  10  ming  kishilik  suvoriylar  guruhiga  qo‘mondonlik  qilgan  kishilar  malik 

unvoniga  ega  bo‘lar  edi.  Janglarda  alohida  mardlik  ko‘rsatgan  maliklarga  esa  xon  unvoni 

berilgan. Qo‘shindagi choparlar chovush, ularning boshliqlari  esa  muqaddam  chovushiya deb 

yuritilgan. Maxsus xufiya va ayg‘oqchilar bo‘linmalari josusiya deb atalgan. 

Urush  boshlanishidan  avval  yoki  urush  e’lon  qilingan  vaqtda  Xorazmshohlar  harbiy 

kengash  chaqirishar  va  unda  oldinda  turgan  urush  bilan  bog‘liq  masalalar  muhokama  qilinardi. 

Ushbu  kengashga  Xorazmshohning  o‘zi  boshchilik  qilib,  unga  yirik  harbiy  arboblar,  ulamolar, 

qonunshunoslar  va  munajjimlar  taklif  qilinar  edi.  Kengashda  barcha  takliflar  ko‘rib  chiqilib, 

so‘nggi qarorni shohning o‘zi qabul qilardi. 

Xullas,  XIII  asrning  birinchi  choragida  Xorazmshoh  Muhammadning  harbiy  va  siyosiy 

uquvsizligi  tufayli  Horazmshohlar  davlati  inqirozga  uchradi.  Shunga  qaramasdan  o‘zbek  xalqi 

o‘rta  asrlar  davri  davlatchiligi  tarixida  Xorazmshohlar  davlati  muhim  o‘rin  tutadi.  O‘z  davrida 

Xorazm davlati Movarounnahr, Xuroson, Mozandaron, Kirmon, Fors Iroqi, Ozarbayjon, Sijiston, 

G‘azna  va  boshqa  davlatlar  hamma  viloyatlarni  o‘z  tarkibiga  olgan  edi.  Xorazm  saltanati  XII 



asrning oxiri – XIII asrning boshlarida musulmon Sharqining eng yirik va qudratli davlati edi. 

 

Download 210.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling