8-mavzu. Xorazmshohlar davlati Reja: «Xorazmshox»


Download 210.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana08.01.2022
Hajmi210.18 Kb.
#248561
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-мавзу (3) 672ea0e023d31231c991530a87d5998f

Amiri-oxur (miroxo‘r) – sayischi, sulton otxonalari boshlig‘ining lavozimi. U sultonga 

qarashli minib yuriladigan otlarga egalik qilgan. Miroxo‘rlar harbiy yurishlarda ham faol ishtirok 

etganlar. 



Amiri-shikor – sulton ovlarini tashkil etuvchi va boshqaruvchisi lavozimi. 

Tashtdor – sulton hammomlari va hovo‘zlarining boshlig‘i. Uning qo‘l ostida bir necha 

g‘ulom bo‘lgan. Tashtdorlar sultonga juda yaqin odamlar bo‘lgan. Ayrim sultonlar tashtdorlarga 

malik  unvonini  ham  berishgan.  Ayrim  tashtdorlar  hatto  o‘n  ming  askarlarga  boshchilik  qilib, 

harbiy  yurishlarga  ishtirok  etganlar,  ba’zilari  esa  sultonning  shaxsiy  elchisi  vazifasini  ham 

bajargan. 

Sharobdor – sulton sharobxonasining boshlig‘i.  Sharobxonada turli sharoblar tayyorlash 

bilan  birga  shirin  ichimliklar  tayyorlash  uchun  shakar  ham  saqlangan.  Sharobdorlar  amirlar 

orasidan tayinlanib, uning qo‘l ostida bir nechta g‘ulomlar bo‘lgan. 

Qissador – bir hafta davomida sulton nomiga  yozilgan ariza va iltimosnomalarni  yig‘ib 

payshanbadan jumaga o‘tar kechasi sultonga topshirgan. Juma kuni esa sultonning javobini ariza 

egalariga  yetkazgan.  Xorazmshohlar  saroyida  qissador  eng  obro‘li  mansablardan  biri 

hisoblangan. 




Download 210.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling