8-mavzu. Xorijiy mamlakatlarda sport tashkilotlarining menejmenti Reja: Xorijiy mamlakatlarida sport menejmentining shakllanishi va rivojlanishi. Xorijiy mamlakatlarda sport marketingining konsepsiyasi


Buyuk Britaniya misolida sport menejmenti sohasining rivoji


Download 180.68 Kb.
bet2/11
Sana29.03.2023
Hajmi180.68 Kb.
#1306611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-ma\'ruza

Buyuk Britaniya misolida sport menejmenti sohasining rivoji.

  • Masalan, Koventri universiteti Xalqaro biznes boshqaruvi (XBB)ni sport menejmenti (Master of Business Adminstration in Sport Management) hisobida joriy etgan. O‘qish muddati Angliyadagi barcha magistrlik dasturlaridagidek bir yil davom etadi. Oktabr—iyun oylarida ikki semestr o‘qish va iyun—sentabr oylarida bir semestr dissertatsiya yoziladi. O‘qish rejasi bloklardan tashkil topgan bo‘lib, unga sport menejmenti, sport marketingi, sort inshootlarini boshqarish, personalga rahbarlik, moliya, sport iqtisodiyoti, sport jurnalistikasi, homiylar bilan ishlash va boshqalar kiritilgan. Magistraturada o‘qish narhi jami 8500 funt sterlingni tashkil etadi. Musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilar Koventri universiteti magistraturasida o‘qishni xohlasalar, ularga
  • 4000funt sterling miqdorida stipendiya to‘lanadi. Britaniya oliy o‘quv yurtlari magistraturalarida sport menejmenti sohasida o‘qish narxi birmuncha arzonroqdir va 7500 funt sterlingni tashkil etadi.
  • Kanadada sport menejmenti magistrlik darajasini Nyu Bransvik (University of New Brunswick), Brok (Brock University), Monreal (Universite de Montreal) va Alberto1 (University of Alberta) universitetlarida olish mumkin. Alberto' universitetida Xalqaro biznes boshqaruviga o ‘qitish, dam olishni tashkil etish va sport menejmentiga ixtisoslashgan holda olib boriladi. O‘quvdasturining asosiy yo‘nalishibuxgalteriya hisobi, biznes taraqqiyotining rivoji, sport iqtisodiyoti, moliya, boshqaruv, marketing, tashkiliy xulq modeli va boshqalarni tashkil etadi. O‘qish muddati ikki yil davom etadi, birinchi va ikkinchi kurslar orasida, albatta, amaliyot darslari bo‘ladi. O‘qish narxi 39200 Kanada dollarini tashkil etadi. Avstraliya oliy o‘quv yurtlarida ham sport menejmenti sohasida mutaxassislar tayyorlanadi, ayniqsa, Sausem Kross (Southern Cross University) universiteti ushbu sohaga chuqur ixtisoslashgan. Bir yillik dastur asosida o‘qish narxi 19800Avstraliya dollarini tashkil etadi.

Download 180.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling