Jismoniy tarbiya va sport menejmenti — bu hozirda mustaqil professional faoliyat turiga aylangan. Shuning uchun, Moskva Davlat universiteti “Sport menejmenti” Dasturining maqsadi yirik sport industriyasi obyektlarini boshqarayotgan rahbarlarning tayanch bilimlarini yangilash va jismoniy tarbiya va sport menejmenti sohasida zamonaviy malakaga ega bo‘la oladigan tinglovchilarni shakllantirishdan iborat. Ushbu Dastur uch xil toifadagi tinglovchilarni tayyorlashga mo‘ljallangan: - Jismoniy tarbiya va sport menejmenti — bu hozirda mustaqil professional faoliyat turiga aylangan. Shuning uchun, Moskva Davlat universiteti “Sport menejmenti” Dasturining maqsadi yirik sport industriyasi obyektlarini boshqarayotgan rahbarlarning tayanch bilimlarini yangilash va jismoniy tarbiya va sport menejmenti sohasida zamonaviy malakaga ega bo‘la oladigan tinglovchilarni shakllantirishdan iborat. Ushbu Dastur uch xil toifadagi tinglovchilarni tayyorlashga mo‘ljallangan:
- 1. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat muassasalarining hamma darajasidagi rahbar va mutaxassislar.
- 2. Jismoniy tarbiya va sport industriyasidagi menejerlar va davlat-xususiy kompaniyalar mutaxassislari.
- 3. Sport industriyasi obyektlarini boshqarish bo'yicha tayanch ma’lumotga ega bo‘lgan tadbirkorlar va mutaxassislar yoki jismoniy tarbiya va sport sohasida o‘z biznesini boshlashni xohlovchilar.
Dastur quyidagi masalalarni hal etishga mo‘ljallangan: - — Rossiya sport industriyasi rivojining asosiy yo‘nalishi uning dolzarb va istiqbolli yo‘nalishlari bo'yicha bilimlarni shakllantirish.
- — Sport loyihalari va obyektlarini jadal hamda strategik boshqarish masalalarida bilimlarni yangilash va professional malakani shakllantirish.
- — Tayanch funksional sport tashkilotlari, sport industriyasi obyektlari va loyihalarini boshqarishda eng yangi usullar va texnologiyalardan foydalanishga erishish, ya’ni umumiy menejment, personal, moliya, marketing, risk-menejment, Project-Management, Event-Management va boshqalar ko‘zda tutiladi.
- Rossiyada “Sport menejmenti” o‘quv rejasida darslar dastur modullari asosida tashkil etilganini ko‘rish mumkin. Dastur modullariga “Sport xo‘jalik iqtisodiyotining tarmog‘i” , “Sport tashkilotining menejmenti”, “Роль СМИ в спорте” , “Event- va Rroject-Menedjment”, “Yakuniy nazorat (Guruh loyihalari himoyasi)” va boshqalar kiritilgan. Modullarni o‘qitish jarayoniga strategik menejment va sport menejmenti sohasidagi nazariyotchi va amaliyotchi mutaxassislar, professor va dotsentlar jalb qilingan. Bulardan tashqari, o‘quv jaroyonida sport turlari bo‘yicha federatsiyalar rahbarlari, sport klublari rahbarlari sport industriyasining turli doiralarida ishlovchi sport menejerlari qatnashadilar. Sport sohasida o‘z biznesini ochmoqchi bo’lganlar yoki jismoniy tarbiya va sport sohasida xususiy biznesni boshqaruvchilar uchun o‘quv dasturiga rahbariyat bilan kelishgan holda “Sport industriyasida marketing”, “Moliyaviy menejment” kabi maxsus darslar kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |