8-mavzu. Xorijiy mamlakatlarda sport tashkilotlarining menejmenti Reja: Xorijiy mamlakatlarida sport menejmentining shakllanishi va rivojlanishi. Xorijiy mamlakatlarda sport marketingining konsepsiyasi


Download 180.68 Kb.
bet5/11
Sana29.03.2023
Hajmi180.68 Kb.
#1306611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-ma\'ruza

Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi jiddiy va qattiq iqtisodiy raqobat jismoniy tarbiya va sportni menejmenti oldiga alohida, murakkab talablarni qo‘ya boshladi. Endi menejerlik funksiyalarini murabbiylar va o ‘yinchilar yelkasiga oddiygina yuklash bilan ish bitmaydigan bo‘lib qoldi. Sabab zamonaviy, murakkab bozor iqtisodyoti sharoitda mavjud jismoniy tarbiya va sport boshqaruv tizimlari faoliyatining juda ham past samaradorligi edi. Zamonaviy jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari asosan o‘zlarining ichki boshqaruv tizimlarga ega bo'lib, ular u yoki bu sport turining aniq xususiyatlariga asoslangan. Ushbu tizimlarda departament, boshqaruv tizimlari, bo‘limlar, jamoalar, jamoalar va boshqalar mavjud, ya’ni boshqaruv faoliyatining turli ko‘rinish, xillariga duch kelinadi. Buning ustiga rahbarlik va ijrochilik, o‘zaro munosabatdagi tizimlar ham mavjud. Demak jismoniy tarbiya va sport boshqaruv tizimlarining har xil pog‘onalarida o ‘ziga xos vazifalarni bajaruvchi menejerlar bo‘lishi mumkin.

  • Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi jiddiy va qattiq iqtisodiy raqobat jismoniy tarbiya va sportni menejmenti oldiga alohida, murakkab talablarni qo‘ya boshladi. Endi menejerlik funksiyalarini murabbiylar va o ‘yinchilar yelkasiga oddiygina yuklash bilan ish bitmaydigan bo‘lib qoldi. Sabab zamonaviy, murakkab bozor iqtisodyoti sharoitda mavjud jismoniy tarbiya va sport boshqaruv tizimlari faoliyatining juda ham past samaradorligi edi. Zamonaviy jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari asosan o‘zlarining ichki boshqaruv tizimlarga ega bo'lib, ular u yoki bu sport turining aniq xususiyatlariga asoslangan. Ushbu tizimlarda departament, boshqaruv tizimlari, bo‘limlar, jamoalar, jamoalar va boshqalar mavjud, ya’ni boshqaruv faoliyatining turli ko‘rinish, xillariga duch kelinadi. Buning ustiga rahbarlik va ijrochilik, o‘zaro munosabatdagi tizimlar ham mavjud. Demak jismoniy tarbiya va sport boshqaruv tizimlarining har xil pog‘onalarida o ‘ziga xos vazifalarni bajaruvchi menejerlar bo‘lishi mumkin.

Jismoniy tarbiya va sport menejmentini hozirgi kunda shartli ravishda ikki asosiy guruhga bo‘lish mumkin: 1. Strategik darajadagi menejment. 2. Taktik darajadagi menejment.

  • Jismoniy tarbiya va sport menejerlarining aniq lavozimlari va professional faoliyatlariga qarab, ularni shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: klub prezidenti, bosh menejer, sport federatsiyasining rahbari, sport kompleksining rahbari, personal (xodim) bo‘yicha menejer, reklama va marketing bo‘yicha menejer, sport tovarlari, inventarlari va xizmatlarini sotish bo‘yicha menejer, sportchi menejeri (agent). Hozirgi kunda aniq sport klubi, terma jamoa, alohida sportchining yutuqlari bevosita jismoniy tarbiya va sport menejmentining ishiga bog‘liq bo‘lib qolgan. Bundan tashqari jismoniy tarbiya va sport menejmentining malakasiga qarab sport tashkilotining aniq moliyaviy daromadi shakllanadi. Bu yerda ham jismoniy tarbiya va sport menejmentining cho‘qqisi hisoblangan top darajadagi menejerlar asosiy muhim rolni o‘yinaydilar. Yakuniy muvaffaqiyat sport tashkilotining butun boshqaruv tizimi ishini menejerlar qanday tashkil qila olishiga bog‘liq.

Download 180.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling