8-Mavzu: xotira
Download 93.41 Kb.
|
8-Maruza xotira (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Esga tushurish bir necha xil bo`ladi: 1.Tanish
- Esda saqlash
- Xotira tiplari.
Qayta esga tushirish.
O`tmishda idrok qilingan narsalarning, his-tuyg`u, fikr va ish-harakatlarning ongimizda qaytadan tiklanishiga esga tushurish deyiladi. Esga tushurishning nerv-fiziologik asosi miya po`stida ilgari hosil bo`lgan nerv bog`lanishlarining qaytadan qo’zg`olishidir. Esga tushurish bir necha xil bo`ladi: 1.Tanish deb ilgari idrok qilgan narsalarni takror idrok qilganda u narsaning esga tushishiga aytiladi. 2.Eslash narsani, uning o`zini shu paytda idrok qilmay turib esga tushurishdir. 3.Bevosita eslash -materialni o`qib chiqish bilanoq, boshqa hech narsani o`ylamasdan, shu paytning o`zidayokq esga tushurishdir. 4.Oradan vaqt o`tkazib eslash- biror material oradan bir necha kun, hatto bir necha oy o`tkazib esga tushiriladi 5.Ixtiyorsiz eslash- deganda kishining o`z oldiga maqsad qo`ymasdan, irodaviy kuch sarf etmasdan esga tushirishga aytiladi. 6.Ixtiyoriy eslash- biror maqsad bilan esga olinishi kerak bo`lgan materialni tanlab, ataylab harakat qilib, maxsus esga tushirish demakdir. Esda saqlash deyilganda ilgari paydo bo`lgan taassurot, fikr, his-tuyg`u va ish-harakatning jonlanib, takrorlanib turishiga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishini tushinamiz. Shunday mustahkamlanishga sabab nerv sistemasining plastikligidir. Biz o`qib olgan material uni esda olib qolgan vaqtda mazmunan va shaklan qanday bo`lgan bo`lsa, albatda aynan shundayicha saqlanib turavermaydi. Lekin ayrim formulalar, ta’riflar, ko`paytirish jadvallari, mashina va telefon nomerlari miyamizda aynan saqlanishi ham mumkin. Unutish – ilgari esda olib qolgan narsalarimizning ongimizdan qisman yoki tamoman yo`qolishidir. Unutish qisman va butunlay bo`lsa ham, u qachondir yana esga tushadi.Unutushni tamoman salbiy hodisa deb tushunish yaramaydi. Chunki keraksiz narsalar unutilib, miya bo`shashi ham lozim. Ayniqsa, turli g`am-g`ussalar tezda unitilmasa, kishini umr bo`yi qiynashi, azoblashi mumkin. Shunga qaramay, unutishga qarshi ko`rash olib borish lozim. Buning uchun materialni tez-tez takrorlab turish, uni turmushga, amaliy faoliyatga tadbiq qilib borish, o`rganilayotgan materialni oldingilari bilan bog`lab borish va boshqa usullarni ko`llash zarur. Xotira tiplari. Har kimning o`ziga xos xotira xususiyatlari mavjud. Xotiradagi bu farq uning kuchida ifodalanadi. Birovda xotira kuchli bo`lsa, boshqa birovda kuchsizdir. Xotiraning kuchli yoki kuchsiz bo`lishini biz esda qoldirish va unutishning tezlik darajasiga qarab belgilaymiz. Tez esga olib, juda sekin unuthish kuchli xotiraning belgisi bo`lsa, sekin esda olib qolib, tez unutish kuchsiz xotira belgisidir. Shunga qarab kishilardagi xotirani to`rt tipga bo`lamiz. Download 93.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling