8. Pul mablagʻlari xarakati bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubi
Download 200.24 Kb.
|
hisobot Tayyor
6-jadval
Mahsulot tannarxi yuqorida aytib oʻtilgan 5 turdagi xarajat moddalari boʻyicha xarajatlar tarkibi tekshirilishi lozim. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlarning har bir turi dastlabki hujjatlar bilan tasdiklangan boʻlishi kerak. Audit jarayonida ishlab chiqarish xarajatlari boʻyicha birlamchi hujjatlarni qonuniyligi, ishonchliligi, saqlanishini va toʻgʻri rasmiylashtirilganligini sinchiklab tekshirishi talab etiladi. Yaʼni, bundan maqsad ushbu turdagi xarajatlar mahsulot tannarxiga toʻgʻri olib borilganligi, va bilvosita xarajatlarning toʻgʻri taqsimlanganligini aniqlashdan iborat. Qandolat ishlab chiqarish jarayoni auditidagi asosiy eʼtibor xoʻjalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarilgan Qandolat mahsulotlar tannarxining toʻgʻri shakllanganligiga qaratish kerak. Bunda ishlab chiqarilgan 1 birlik Qandolat mahsulotini ishlab chiqarishda qaysi turdagi xarajatlar amalga oshirilgani va tannarxda asosiy salmoqni kaysi turdagi xarajatlar egallashini aniklab olish audit uchun juda muhim. Qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha kalkulyatsiya birligi bulib 1 metr kvadrat Qandolat mahsuloti hisoblanadi. Ushbu kalkulyatsiya birligi boʻyicha ularning haqiqiy tannarxi oy oxirida belgilangan xom-ashyo materiallar sarfi meʼyorlari bilan hisoblab chiqiladi. PANADERA XK korxonasida yuqorida aytib oʻtilgan 6 turdagi Qandolat maxsulotlari boʻyicha hom-ashyo materiallar sarflari meʼyorini oʻrganib, ishlab chiqarishda ham material sarfi shu meʼyoriy koʻrsatkichlari bilan mutanosibligi aniqlandi. PANADERA XK da Qandolat ishlab chiqarishga sarflangan materiallar 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” schetida har bir Qandolat turi boʻyicha belgilangan normalarga asosan mahsulot tannarxiga bevosita olib boriladi. Ish haqi, ijtimoiy soliq, amortizatsiya ajratmalari va boshqa bilvosita xarajatlar 2020 maxsus schetida jamlanib, oy oxirida mahsulot turlariga sarflangan materiallar qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 2510 umumishlab chiqarish xarajatlari schetida jamlangan xarajatlar ham xuddi shu tartibda oy oxirida sarflangan material xarajatlari qiymatiga mos ravishda taqsimlanadi. Umumiy ishlab chiqarish xarajatlari hisobini tekshirishda auditor birinchi navbatda umumiy ishlab chiqarish tarkibini tahlil qilishi kerak. Quyida PANADERA XK korxonasining asosiy ishlab chiqarish va umum ishlab chiqarish xarajatlari boʻyicha oʻtkazilgan tekshirish natijasida olingan maʼlumotlar oyma-oy kesimda keltirilgan. Ushbu turdagi xarajatlar korxonaning hisob siyosatiga mos ravishda taqsimlangan. Tuliq ma`lumot ilovada keltirilgan(6-7-ilova). Qandolat ishlab chiqarish xarajatlari va maxsulot tannarxini alohida tekshiruv sifatida va umumiy audit tekshiruvining bir segmenti sifatida ham amalga oshirilishi mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, auditor ishlab chiqarish xarajatlarini tekshirish doirasi, dasturi va metodologiyasini tekshiruvning maqsadi, ish hajmi, moliyaviy va vaqt sarfi nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda mustaqil belgilaydi. Analitik protseduralar va ishlab chiqarish xarajatlarini tekshirishning ishchi hujjatlari aniq tartibga solinmaganligi, ishlab chiqarish xarajatlarini tekshirish metodologiyasini takomillashtirish kerakligidan dalolat beradi. Chunki bu tekshirish tekshirilayotgan birlamchi hujjatlar, registrlar, maʼlumotlarning koʻpligi tufayli auditning eng murakkab va mehnat talab qiladigan boʻlimlaridan biri hisoblanadi.
Download 200.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling