8. Pul mablagʻlari xarakati bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubi


Ilovalar....................................................................................................................50


Download 200.24 Kb.
bet2/21
Sana04.04.2023
Hajmi200.24 Kb.
#1326167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
hisobot Tayyor

Ilovalar....................................................................................................................50
Kirish

Bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo`lib mamlakatimizda zamonaviy talablarga javob beradigan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash hisoblanadi. Bunday yetuk kadrlarni tayyorlashning asosiy me’zonlaridan biri, talabalarning nazariy va amaliy bilim ko`nikmalarini uyg`unlashtirish, ularni rivojlantirishdir. Ushbu maqsadda “audit” yo‘nalishida ta’lim olayotgan 2 kurs magistrlari ilmiy amaliy stajirovka o`taydilar. Ilmiy amaliy stajirovkani o`tash davri mobaynida qilingan ishlar, o`rganilgan amaliy tajriba va ko`nikmalarni ushbu hisobotda umumlashtirdik.


Hisobotning asosiy maqsadi olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, chuqurlashtirish va amaliy ish ko‘nikmalarni hosil qilish hisoblanadi.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib hisobot quyidagi masalalarni hal etishga qaratilgan:

  • Korxonada buxgalteriya hisobini tashkil qilinishi, buxgalteriya hisobining usul va uslublari hamda korxonalarda hisob siyosatining asosiy parametrlarini ochib berish;

  • Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda buxgalteriya hisobining ob’ektlari hisoblangan aktivlar, xususiy kapital, majburiyatlar, xo‘jalik faoliyati natijalari ko‘rsatkichlarining auditining uslubiy muammolarini o`rganish;

  • korxonada audit ob’ektlarining auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish, o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini o‘rganish va ularning korxonaga tadbiq qilinishini tahlil qilish;

  • korxona ichki nazoratining holatini o‘rganish;

  • Amaliyot natijalari bo`yicha korxonada aniqlangan kamchiliklar va hisob tizimini yaxshilash yuzasidan o`z tavsiyalarini berish.

Ilmiy amaliy stajirovkaining subyekti bo`lib PANADERA XK hisoblanadi. Amaliyotning obyekti esa korxonaning moliya va buxgalteriya bo`limi hisoblanadi.
PANADERA XK korxonasining pochta manzili va huquqiy joylashgan o‘rni quyidagicha: O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand viloyati, Samarqand tumani Qumtepa mahallasi.
Korxona faoliyatining maqsadi haqida gapiradigan bo‘lsak, ushbu korxonaning maqsadi tadbirkorlik faoliyatidan daromad olish hisoblanadi.
Biz ilmiy amaliy stajirovkaini o`tash davrida korxonaning moliyaviy xo`jalik faoliyatini tahlil qilib, o`zimizga kerakli bo`lgan amaliy tajriba va ko`nikmalarni olishga harakat qildik.
Hisobot kirish, asosiy qism, xulosa va ilovalardan iborat bo`lib, jami hajmi __ betdan iborat. Asosiy qismda 12 ta savollar bo`yicha javoblarning qisqacha bayoni yoritib berilgan. Xulosa va takliflar bo`limida esa korxonaning hisob tizimi va moliyaviy xo`jalik faoliyatini yaxshilash yuzasidan takliflar berilgan.



  1. Download 200.24 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling