8. Pul mablagʻlari xarakati bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubi
-jadval Asosiy vositalar harakatining buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishi
Download 200.24 Kb.
|
hisobot Tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Operatsiyaning mazmuni Schyotlarning bog‘lanishi Asos bo‘luvchi hujjat
- 2 -jadval Asosiy vositalar qoldiq qiymati
- Остаток на конец Балансовая стоимость Амортизация
- Остаточная стоимость Балансовая стоимость Амортизация
- Итого 2 873 084 456,51
- Nomoddiy aktivlar xarakati bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubiy muammolari Nomoddiy aktivlar
1-jadval
Asosiy vositalar harakatining buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishi
Audit jarayonida auditor yuqorida keltirilgan buxgalteriya yozuvlari va hisob schyotlarda aks ettirilgan summalarning to‘g‘riligini va 21-son BHMS talablariga muvofiqligini tekshiradi. Agar ma’lum kamchiliklar aniqlansa, ularni tuzatish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqiladi. 2-jadval Asosiy vositalar qoldiq qiymati
Korxonaning jami asosiy vositalar 2021 yil boshiga va oxiriga qiymati yuqoridagi jadvalda keltirilgan. 01.01.2021 yil holatiga asosiy vositalar balansda boshlang'ich qiymati 2 873 084,5 ming so'm, shu jumladan lizingga olingan 78339,6 ming so‘m, jamlangan amortizatsiya 6370704,2 ming so‘m, asosiy fondlarning qoldiq qiymati 6502380,2 ming so‘mni tashkil etdi. 2021-yilda sotib olingan asbob-uskunalar hisobiga asosiy fondlar qiymati 273 560,5 ming so‘mga oshgan. Asosiy vositalar chiqimi mavjud emas. 01.01.2022 yil holatiga asosiy vositalar balansda dastlabki qiymati 3 146 645,0 ming so‘m, shu jumladan lizingda olingan 578339,6 ming so‘m, jamlangan amortizatsiya 1349757,0 ming so‘m, asosiy fondlarning qoldiq qiymati 1796888,0 ming so‘mni tashkil etdi. Asosiy vositalar va amortizatsiya hisobvaraqlari bo'yicha harakatlar Ilovada keltirilgan(1,2-ilova). AV lar saqlanishi boyicha moddiy javobgar shaxs belgilangan. XKda asosiy vositalar bo'yicha amortizatsiya bir maromli usulda hisoblanadi. Korxona tomonidan lizing shartnomasi asosida 2020 yilda olingan 2 ta yengil avtomashina mavjud bo`lib, barchasi hisobda to`g`ri aks ettirilgan. Audit jarayonida korxona balansida ko`chmas mulk mavjud emasligi aniqlandi. Jamiyat o`z faoliyatini ijara asosida amalga oshiradi. Nomoddiy aktivlar xarakati bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubiy muammolari Nomoddiy aktivlar deganda, moddiy buyum mazmuniga ega bo‘lmagan korxona tomonidan xo‘jalik faoliyatida boshqaruv uchun qo‘llashda nazorat qilinadigan, shuningdek ko‘p yillar (bir yildan ortiq) ishlatiladigan mulk ob’ektlari tushuniladi. Nomoddiy aktivlarning mohiyati, ularni baholash va hisobga olish tartibi BXMS № 7 «Nomoddiy aktivlar» bilan reglamentlashtirilgan. Mulk ob’ektlarini nomoddiy aktiv sifatida tan olish uchun ular quyidagi mezonlarga javob berishlari lozim: aktiv tushunchasi talablarini qondirishi, ya’ni korxonaning iqtisodiy resursi bo‘la olishligi; baxolash mumkinligi; ahamiyatliligi; to‘g‘riligi; kelgusida iqtisodiy naf keltirishligi; mustaqil foydalanish mumkinligi, ya’ni ishlatish, sotish, almashtirish, bepul berish, hisobdan alohida chiqarish mumkinligi. Nomoddiy aktivlarning xarakterli xususiyati shundaki, ular asosan mulk ob’ektiga nisbatan egalik huquqi sifatida namoyon bo‘ladi. Nomoddiy aktivlar bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: Nomoddiy aktivlarni ularning mohiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos ravishda hisobga olish; Nomoddiy aktivlarni to‘g‘ri turkumlash va guruhlarga ajratish; Nomoddiy aktivlarni to‘g‘ri baholash; Nomoddiy aktivlar holati va harakatini to‘g‘ri, o‘z vaqtida tegishli boshlang‘ich hujjatlar bilan rasmiylashtirish va hisob registrlarida aks ettirish; Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi (eskirishi) ni belgilangan usul va me’yorlar bo‘yicha to‘g‘ri hisoblash; Nomoddiy aktivlarni Soliq Kodeksiga muvofiq soliqga tortilishini ta’minlash; Nomoddiy aktivlar butligini ta’minlash, buning uchun ularni belgilangan muddatlarda qayta ro‘yxatdan o‘tqazish (inventarizatsiya qilish), uning natijalarini to‘g‘ri aniqlash va hisobga olish; Mavjud nomoddiy aktivlardan unumli foydalanish, keraksiz nomoddiy aktivlarni likvidatsiya kilish, bepul berish yoki sotish natijalarini to‘g‘ri hisobga olish; Nomoddiy aktivlarga qilingan qo‘shimcha xarajatlarni (kapital quyilmalarni) to‘g‘ri hisobga olish. Nomoddiy aktivlarni audit tekshiruvidan o`tkazish jarayonida auditor yuqorida sanab o`tilgan vazifalarning bajarilganligiga alohida e’tibor beradi. Nomoddiy aktivlarning hisobi 21-son BHMSga muvofiq aktiv bo`lgan 0400 “nomoddoy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar” va kontraktiv bo`lgan 0500 “nomoddoy aktivlar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar” tizimida yuritiladi. Quyidagi jadvalda nomoddiy aktivlar harakatining buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishi keltirilgan(3-jadval). Download 200.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling