3-jadval
Nomoddiy aktivlar harakatining buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishi
№
|
Operatsiyaning mazmuni
|
Schyotlarning bog‘lanishi
|
Asos bo‘luvchi hujjat
|
Debet
|
Kredit
|
1.
|
Nomoddiy aktivlarning sotib olinishiga
|
0830
|
6010
|
Shartnoma, schyot faktura, ishonchnoma, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi
|
2.
|
Ta’sis badali sifatida kirim qilingan nomoddiy aktivlarning kelishuv bahosidagi qiymatiga
|
0410-0490
|
4610
|
Ta’sis shartnomasi, dalolatnoma, schyot- faktura
|
3.
|
Inventarizatsiyada aniqlangan ortiqcha nomoddiy aktivlarning qiymatiga
|
0410-0490
|
9390
|
Qaror, dalolatnoma
|
4.
|
Nomoddiy aktivlarning chiqimiga
|
9220
|
0410-0490
|
Schyot faktura, shartnoma
|
5.
|
Nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblanishiga
|
2010, 2310, 2510, 9400
|
0500
|
Maxsus hisob-kitob
|
6.
|
Inventarizatsiyada kamomad aniqlanganda
-boshlang‘ich qiymatga
-eskirish summasiga
-kamomad summasiga
|
9220
0510-0590
4710
|
0410-0490
9220
9220
|
Dalolatnoma, qaror
|
Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor ushbu yozuvlarning asosliligini hamda ulardagi summalarning to‘g‘riligini tekshiradi. Biz amaliyot o`tagan PANADERA XK korxonasida nomoddiy aktivlar mavjud emas. Lekin korxonada “1C: Buxgalteriya” dasturi qo`llaniladi. Ushbu dastur hisobda aks ettirilmagan va eskirish ham hisoblanmagan, tog`ridan-to`g`ri davr xarajatlariga kiritilgan. Bu holatda 21-son BHMS talablari buzilgan.
Uzoq muddatli investitsiyalar bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubiy muammolari
Moliyaviy investitsiyalar – bu korxonaning boshqa korxonalarga ularning quvvatini oshirish va buning evaziga kelgusida o`zi ham moddiy naf ko`rish, qo`shimcha daromad olish maqsadida kiritgan mablag`lari majmuasi tushuniladi.
Moliyaviy investitsiyalarni turlicha belgilariga qarab tasniflash mumkin bo‘ladi(2-chizma).
2-chizma. Moliyaviy investitsiyalarning turlicha belgilari bo`yicha tasniflanishi.
Investitsiyalar yuqoridagi belgilariga ko‘ra tasniflanadi va buxgalteriya hisobida yuritiladi. Investitsiyalar buxgalteriya hisobining boshqa ob’ektlari singari qat’iy hujjatlashtiriladi. Moliyaviy investitsiyalarga doir xo‘jalik operatsiyalarini hujjatlashtirishda quyidagi hujjatlardan foydalaniladi (4-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |