8. Pul mablagʻlari xarakati bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubi


Asosiy vositalar xarakati bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubiy muammolari


Download 200.24 Kb.
bet3/21
Sana04.04.2023
Hajmi200.24 Kb.
#1326167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
hisobot Tayyor

Asosiy vositalar xarakati bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubiy muammolari

Asosiy vositalar - bu korxonalar tomonidan xo‘jalik faoliyatini yuritishda uzoq muddat davomida mahsulotlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni ko`rsatish, shuningdek ma’muriy va ijtimoiy – madaniy funksiyalarni bajarish uchun ishlatiladigan moddiy aktivlar (BHMS № 5, 3a-band).
BHMS № 5 ga muvofik (6-band) moddiy aktivlarni asosiy vositalar sifatida tan olish uchun ular yuqoridagi ta’rifda keltirilgan mezonlardan tashqari yana qo‘yidagi shartlarga ham javob berishi lozim:

  • Xizmat muddati davrida korxonaga daromad keltirish kafilligini mavjudligi.

  • Qiymatini aniq belgilashni mumkinligi.

Asosiy vositalarni turli belgilariga qarab tasniflash mumkin(1-chizma).
BHMS № 5 asosiy vositalarni baholashda quyidagi qiymat turlaridan foydalanishni kuzda tutadi.
Boshlang‘ich qiymatbu asosiy vositalarning hisob qiymati bo‘lib, o‘z ichiga sotib olish bahosi, shuningdek tashib keltirish, o‘rnatish, montaj, o‘rgatish, safar, bojxona xarajatlarini va qo‘shilgan qiymat solig‘ini oladi. Asosiy vositalar ushbu qiymati bo‘yicha korxonada butun xizmat muddati davrida hisobda turadi.
Tiklangan qiymatbu asosiy vositalarning qayta baholash, kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilingandan keyingi qiymati. Bu qiymat vaqtinchalik bo‘lib, qo‘shimcha qilingan xarajatlar va qayta baholash natijasi asosiy vositalar qiymatiga kiritilgach boshlang‘ich qiymat bo‘lib qolaveradi.


1-chizma. Asosiy vositalarni turli belgilariga qarab tasniflanishi.

Qoldiq qiymatbu asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati va jamlangan eskirish summasi o‘rtasidagi farqi. Bu qiymatni balans qiymati ham deb ataydilar, chunki aynan shu qiymatda asosiy vositalar korxonaning balansida aks ettiriladi.
Sotish qiymati – bu asosiy vositalarning sotish vaqtida sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida kelishilgan shartnomaviy qiymat.
Korxonalarda asosiy vositalar jami aktivlarning asosiy qismini tashkil etganligi va ular ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etishi ularning ichki nazoratini kuchaytirishni taqazo etadi. Shuning uchun ham asosiy vositalar buxgalteriya hisobi va auditning muhim ob’ekti hisoblanadi.
Asosiy vositalar audit qilish jarayonida quyidagi kamchiliklar aniqlanishi mumkin:
- asosiy vositalarning sotib olinishi bilan bog‘liq jarayonlarning hujjatlashtirilishida soxtalashtirish hollarining mavjudligi;
- asosiy vositalarning sotib olish bahosi va boshlang‘ich qiymatini noto‘g‘ri aniqlash hollarining mavjudligi;
- asosiy vositalarni sotib olish, sotish va ularning boshqa chiqimlarida yuzaga keladigan soliqlarning noto‘g‘ri hisoblanishi;
- asosiy vositalarning talon-taroj qilish hollarining mavjudligi;
- asosiy vositalarga eskirish hisoblashda soliq qonunchiligi talablarining buzilishi;
- asosiy vositalar bo‘yicha moddiy javobgar shaxslar tomonidan ularga yetkazilgan zararlar va yo‘qotishlarni asossiz ravishda korxona xarajatlari tarkibiga olib borilishi.
21-son BHMS ga muvofiq asosiy vositalarning sintetik hisobini yuritish uchun aktiv bo`lgan 0100 «Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» va kontraktiv bo`lgan 0200 «Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar» tizimlari ko`zda tutilgan. Ushbu schyotlar bo`yicha quyidagi buxgalteriya yozuvlari beriladi (1-jadval):

Download 200.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling