8. sanoat korxonalarida rejalashtirish


Rejalashtirish texnologiyasi va bashorat


Download 26.94 Kb.
bet3/5
Sana28.12.2022
Hajmi26.94 Kb.
#1016206
1   2   3   4   5
Bog'liq
8 мавзу (2)

8.3. Rejalashtirish texnologiyasi va bashorat
Rejalashtirish boshqarish jarayoni sifatida o’z texnologiyasiga ega bo’lib, bu texnologiya korxonaning rejalashtirilayotgan davrdagi maqsad va vazifalarini aniqlash, bajaruvchilarga muayyan vazifalarni belgilash, vazifalarning turi, kattaligi va muddatiga ko’ra aniqlashtirish, shuningdek, ishlab chiqarish faoliyati natijasi - daromad yoki foyda olishni o’z ichiga oladi. Bu vazifalarni bajarishda quyidagi omillar hisobga olinadi:

  • ishlab chiqarish quvvatining mavjudligi va tuzilmasi;

  • xodimlar soni, ixtisos tarkibi va malakasi;

  • moliyaviy resurslar;

  • aylanma mablag’lar mavjudligi va unga bo’lgan ehtiyojlar;

  • ilmiy-texnik tadqiqotlar tuzilmasi va tayyorlik darajasi;

  • mahsulotni sotish kanallari.

Bashorat – korxona, obyekt yoki hodisaning kelajakdagi ahvoli va ularni amalga oshirish variantlari va muddati to’g’risidagi ilmiy asoslangan mulohazadir. Bashoratlarni ishlab chiqish jarayoni bashorat qilish, ya’ni kelajakni hozirgi vaqtdan kelib chiqqan holda oldindan ko’ra bilish deb ataladi. Iqtisodiy bashoratlarning asosiy vazifalari: rivojlanish maqsadlarini belgilash, optimal yo’nalishlar va ularga erishish fondlarini izlab topish, resurslarni va qo’yilgan vazifalarni bajarish muddatlarini belgilash, korxona rivojlanishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan cheklashlarni aniqlash.
Bashorat qilish xo’jalik faoliyati yurituvchi subyektning istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holatlarni ilmiy asoslagan holda avvaldan ko’ra bilishini ifodalaydi. Strategik rejalashtirish - o’rta va uzoq muddatli bashoratlar asosida, joriy rejalashtirish - qisqa muddatli bashoratlar asosida ishlab chiqiladi.
Bashoratning maqsadi - bozorga ta’sir qiluvchi omillarni, shu bilan birga, xo’jalikning umumiy ahvoli, tuzilmaviy siljishlar, investitsion faollik, fan-texnika taraqqiyotining iste’molchi va ishlab chiqaruvchilarga ta’sir ko’rsatishi, an’anaviy mahsulotlardan tashqari korxonani barqarorlik va raqobatbardoshlikka olib keluvchi yangi mahsulot ishlab chiqarish istiqbolida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holatlarni belgilashdadir.
Me’yor - belgilangan sifatdagi mahsulot birligi tayyorlash uchun sarflanuvchi xomashyo, material, yoqilg’i, energiya va boshqa resurslardan foydalanishning yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan maksimal yoki minimal chegarasidir.
Me’yoriy - nisbiy kattalik bo’lib, asosan foizlar yoki koeffitsientlarda aks ettiriladi. U mehnat fondlari va predmetlaridan foydalanish darajasini, ularning har bir maydon birligi, og’irlik birligi, hajm birligiga sarflaninshini ifodalab beradi.
Me’yor va me’yoriylar quyidagi asosiy guruhlar asosida ishlab chiqiladi:

  • tirik mehnat xarajati me’yorlari;

  • moddiy xarajat me’yorlari;

  • ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish me’yorlari;

  • mehnat fondlaridan foydalanish me’yorlari;

  • korxona sex asbob-uskunalarning loyiha quvvatiga chiqish vaqti me’yorlari.


Download 26.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling