8. sanoat korxonalarida rejalashtirish


Korxonani biznes-rejalashtirish


Download 26.94 Kb.
bet4/5
Sana28.12.2022
Hajmi26.94 Kb.
#1016206
1   2   3   4   5
Bog'liq
8 мавзу (2)

8.4.Korxonani biznes-rejalashtirish
Biznes-rejalarda eng muhim rejalashtirish ko’rsatkichlari quyidagilar:

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va hajmi;

  • mahsulot sotish hajmi (pul ko’rinishida);

  • mahsulot birligining tannarxi ;

  • foyda (daromad);

  • kategoriyalar bo’yicha xodimlar soni;

  • mehnatga haq to’lash fondi va o’rtacha ish haqi darajasi;

  • omborlardagi xomashyo va materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulot zaxiralari;

  • aylanma fondlar hajmi - umumiy va guruhlar bo’yicha;

  • kapital qo’yilmalar hajmi, jumladan, qo’yilma obyektlari va yo’nalishlari bo’yicha;

  • yangi texnika va texnologiyaga oid chora-tadbirlar;

  • boshqa ko’rsatkichlar.

Biznes-rejaning asosiy vazifasi korxonaga o’z imkoniyatlarini baholash, bozordagi istiqbolni, zaruriy xarajatlarni aniqlash, mazkur faoliyat turining foydali va zararli ekanligini baholashidadir.
Biznes-rejani tayyorlash natijasida "Ishni nimadan boshlash kerak", "Samarali ishlab chiqarishni qanday tashkil qilish lozim", "Birinchi foyda yoki daromad qachon olinadi", "Investorlar va kreditorlar bilan qachon hisob-kitob qilish mumkin", "Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xavf-xatarni qanday kamaytirish mumkin", "Raqobatchilar bilan kurashda qanday choralardan foydalanish mumkin" kabi savollarga javob olinadi.
Biznes-rejani tuzishda quyidagi shartlarga alohida e’tibor qaratish zarur:

  • biznes-reja professional va shu bilan bir paytda sodda, bajarish uchun tushunarli va oson bo’lishi lozim;

  • biznes-reja investor yoki boshqa manfaatdor shaxs o’ziga kerakli ma’lumotlarni qidirib topishi uchun bo’limlarga, boblarga bo’linishi lozim;

  • biznes-rejani tayyorlashda korxonaning bosh rahbari albatta qatnashishi shart, chunki investor, bank yoki boshqa moliya idorasi korxona rahbari qatnashmaganligi yoki boshqa shaxsga topshirilganligi haqida xabar topsa, biznes-rejaning ishonchliligiga shubha uyg’onishi mumkin;

  • biznes-rejaning obyektiv baholanishiga erishish kerak, ya'ni unda xatolar va noto’g’ri hisob-kitoblar bo’lmasligi lozim;

  • biznes-rejaning tarqatib yuborilmasligini nazorat qilish zarur, chunki unda biznes to’g’risidagi mahfiy ma'lumotlar joy olgan bo’ladi.

Quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oluvchi biznes-rejalar taklif qilinadi:

  • tanlangan biznes konsepsiyasi;

  • hozirgi paytdagi holat (maqsad vazifa va niyatlar);

  • tashkil qilinayotgan korxona va uning mahsuloti tavsifnomasi;

  • boshqaruv;

  • bozor tadqiqoti va tahlili;

  • marketing harakatlari rejasi;

  • tavakkalchilikni baholash;




Download 26.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling