8-sinf adabiyot I chorak
Download 159 Kb.
|
8-sinf adabiyot 1-2-3-4 ЧОРАК 25 ТА ТЕСТ
8-sinf adabiyot I chorak 1. XX asr boshlariga kelib baxshlarimiz ijodiy bisotida qancha xalq dostonlari mavjud bo’lgan? A. 200dan ortiq C. 150 dan ortiq B. 100 ga yaqin D. 300ga yaqin 2. “Alpomish” dostonining 1000 yilligi jahon miqyosida keng nishonlangan sanani aniqlang. A. 2000-yil C. 2001-yil B. 1999-yil D. 1998-yil 3. “Kuntug’mish” dostonidagi Kuntug’mishning yurti to’gri berilgan qatorni aniqlang. A. Zangar C. No’g’ay B. Chambil D. Qalmoq 4. Qoraxon posho o’g’li Kuntug’mishni Zangar shahriga kuzatar ekan musofirchilikda kishining kuniga nima yoki kim yaraydi deydi? A. Zo’r yoki zar C. Qarindosh yoki karvon B. Do’st yoki tuya D. Do’st yo hunar 5. Bazzozlar kimlar? A Pul almashtiruvchilar C. Shirinlik sotuvchilar B. Gazlama sotuvchilar D. Nard o’ynovchilar 6. “Kuntug’mish” dostonidagi Mohiboy bilan Gurkiboy Zangar shahrida onalarini birinchi marta qayerda ko’radilar? A. Xolmo’min yasovulboshinikida C. Olim sayyodning uyida B. Buvraxon podshonikida D. Kampirning uyida 7. “Haqiqat izlagan senga osildi, Assalomu alaykum, dorning og’ochi”, - degan nola kimga tegishli? A. Barchin C. Xolbeka B. Kuntug’mish D. Alpomish 8. “Kuntug’mish” dostonida Azbarxo’ja bir kosa suv va bir non evaziga Kuntug’mishga qanday shart qo’yadi? A. Ajdarhoni o’ldirish C. Farzandlaridan birini berish B. Unga qul bo’lish D. Yorini berish 9. Kuntug’mishning daryoga cho’kkan bolasini kim qutqarib qolgan edi? A. Cho’pon ota C. Mo’lton B. Kuntug’mishning o’zi D. Olim 10. Kuntug’mishning o’g’illariga kim ism qo’ygan? A. Gurkiboyga baliqchi, Mohiboyga cho’ponlar B. Mohiboyga baliqchi, Gurkiboyga cho’ponlar C. Kuntug’mishning o’zi D. Xolbekaning maslahati bilan Buvraxon 11. “Kuntug’mish” dostonida Gurkiboy va Mohiboy Azbarxo’jani qanday qilib o’ldirilishadi? A. Dorga osib C. Tilini kesib B. Kallasini uzib D. Suvga cho’ktirib 12. Kuntug’mish kimni Zangarga podsho qiladi? A. Mohiboyni C. Gurkiboyni B. To’g’ri javob yo’q D. Xolmo’minni 13. Turkiy va forsiy mumtoz adabiyotda shohlar haqidagi asarlar asosan qaysi vaznda yozilgan? A. Ramali musaddasi solim C. Rajazi musaddasi solim B. Mutaqoribi musammani mahzuf D. Hazaji musammani mahzuf 14. “Qutadg’u bilig” dostonining hajmi qaysi qatorda to’g’ri berilgan? A. 4 ming 609 bayt C. 6 ming 204 bayt B. 5 ming 409 bayt D. 6 ming 409 bayt 15. Lutfiyning “Bu ko’nguldur, bu ko’ngul” g’azaliga kim o’xshatma yozadi? A. Nodira C. A. Navoiy B. Uvaysiy D. Z.M. Bobur 16. “Qutadg’u bilig” asarida O’zg’urmish nimaning ramzi? A. Aql C. Qanoat B. Davlat D. Adolat 17. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” dostonida adolat ramzi kim edi? A. Oyto’ldi C. Kuntug’di B. O’zg’urmish D. O’g’dulmish 18. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” dostonida baxt va davlat ramzi bo’lgan qahramonni aniqlang. A. Kuntug’di C. dostonda bunday ramz mavjud emas B. Oyto’ldi D. O’zgurmish 19. “Qutadg’u bilig”da “Beklikka loyiq bek qanday bo’lishini aytadi” qismi asarning nechanchi bobi bo’lib kelgan? A. 30-bobi C. 32-bobi B. 31-bobi D. 33-bobi 20. “Qutadg’u bilig” dostonida “Agar arslon itlarga bosh bo’lsa, itlar arslonga aylanadi, lekin it arslonlarga yetakchilik qilsa, arslonlar itlar kabi bo’lib qolishi mumkin” degan fikrni kim aytgan? A. Kuntug’di C. O’gdulmish B. Oyto’ldi D. O’zg’urmish 21. Zamonasining ahli adabi va fuzalosi uni “malik ul-kalom”, ya’ni “so’z podshosi” deb e’zozlagan. Gap qaysi adib haqida bormoqda? A. A. Navoiy C. Jomiy B. Lutfiy D. Nizomiy 22. Lutfiy “Ayoqingg’a tushar har lahza gisu” matla’li g’azalida boshdan oyoq qaysi badiiy san’atdan mahorat bilan foydalanilgan? A. Irsoli masal C. Tajnis B. Tazod D. Tarse’ 23. Mumtoz she’riyatda ko’p uchraydigan “siym” so’zi qanday ma’noni anglatadi? A. Oltin B. Qimmatbaho tosh C. Kumush D. Jannatda uchraydigan nur sochib turuvchi yashil tusli tosh 24. “Raftor ila bir yo’li muningdek dog’i o’xshash, Ey sarvi sihi, kabki dariyg’a ne bo’lursan?” Ushbu baytda qo’llangan “kabki dariy” so’zi qanday ma’noni anglatadi? A. Tog’ kakligi C. Yetti olam sohibi B. Tongdagi shabnam D. Suv parisi 25. Qaysi shoirning g’azalida lirik qahramonning yuzi azbaroyi hijron azobini chekaverganidan sarg’ayib ketib, oltinni yashiradigan darajaga yetdi, ya’ni shunchalik sarg’ayadiki, buning oldida tilloning sariqligi hech narsa bo’lmay qoldi, deb ta’riflanadi? A. Navoiy C. Ogahiy B. Bobur D. Lutfiy
Download 159 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling