8-sinf adabiyoti darsligi bo`yicha savol-javoblar


Download 44.16 Kb.
bet4/7
Sana02.01.2022
Hajmi44.16 Kb.
#186384
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-SINF ADABIYOTIDAN SAVOL-JAVOB-Erkaboyeva

Borchadin yaxshiroq – hayot guli.

Ushbu bayt qaysi asarda uchraydi? J: «Sab’ayi sayyor»da

49. Qaysi ruboiyda bor-yo‘g‘i 13 ta so‘z ishlatilgan? J: “Ey umri aziz” radifli ruboiyda

50. Qaysi ruboiyda takrorlar ruboiy jozibasini ta’min etgan? J: “Ey umri aziz” radifli ruboiy

51. “Ey umri aziz” radifli ruboiydagi qofiya vazifasida kelgan so`zlarni toping. J: «jondin», «sondin», «ondin»

52. Qaysi ruboiyda 1-, 2- va 4- misralarda qofiyadan boshqa barcha so‘zlar radif bo`lib kelgan? J: “Ey umri aziz” radifli ruboiy

53. “Ey umri aziz” radifli ruboiyning qofiyalanishini toping. J: a-a-b-a

54. G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,

El anga shafiq-u mehribon bo‘lmas emish.

Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa,

Bulbulg‘a tikondek oshyon bo‘lmas emish.

Ushbu ruboiy qaysi asar tarkibiga kiritilgan? J: «Xazoyin ul-maoniy»ning «G‘aroyib us-sig‘ar» devoni

55. “Bo`lmas emish” radifli ruboiy Navoiyshunoslikda qachon yozilgan deb hisoblanadi? J: Hozirgi Eronning Mashhad shahrida – musofirlikda yashagan davrida

56. Qaysi ruboiyda musofirlik – begona yurtdagi Vatan hijroni-yu sog‘inch ohangi ustuvor? J: “Bo`lmas emish” radifli ruboiy

57. “Bo`lmas emish” radifli ruboiy qo`llangan “g‘urbat” so`zi qanday ma’noni anglatadi? J: Musofirlik, begona yurtda yashash

58. “Bo`lmas emish” radifli ruboiy qo`llangan “g‘arib” so`zi qanday ma’noni anglatadi? J: Begona joyda yashayotgan kishi

59. «O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha o‘z yurtingda gado bo‘l» degan maqol ma’nosiga ko‘ra qaysi ruboiy mazmuni bilan hamohanglik qiladi? J: “Bo`lmas emish” radifli ruboiy

60. Navoiy, chu g‘urbatda sen shod bo‘l!

Vatan yodi ranjidin ozod bo‘l!

Ushbu bayt qaysi asarda uchraydi? J: «Saddi Iskandariy» dostonida

61. Qaysi ruboiyda “Garchi qafas oltindan yasalgan, ichida qizil gul bitgan bo‘Isa ham, bu tabiatan gul oshig‘i bo‘lmish bulbulga hech ham tatimaydi” degan fikr mavjud? J: “Bo`lmas emish” radifli ruboiyda

62. Qush uchun qafasdagi har qanday go‘zal hayotdan ko‘ra, vayrona bo‘lsa ham, tikanli oshyoni ming chandon a’lo ekani g‘oyasini Navoiy qaysi dostonida epik tasvirda ham talqin etadi? J: «Saddi Iskandariy» dostonida

63. “Bo`lmas emish” radifli ruboiydagi fikr qaysi hikoyatda yoyibroq bayon etiladi? J: «Kabutar hikoyati...»da

64. Ki: «Ma’nus erur, garchi vayronadur,

Netay shoh qasrinki, begonadur».

Erur qushqa xushroq, chu boqsang, ayon,

Murassa’ qafasdin tikon oshyon.

Vayrona bo‘Isa ham, o‘z vayronasini unga begona bo‘lgan shoh qasridan afzal bilganqush haqidagi ushbu misralar qaysi asardan olingan? J: “Saddi Iskandariy” dostonida

65. “G‘ariblik” tushunchasi falsafiy-tasavvufiy tushuncha sifatida nimani bildiradi? J: Insonning tiriklik chog‘ini

66. Tasavvufiy talqinga ko‘ra, bu dunyo nimani bildiradi? J: Qafasni

67. Navoiyning qaysi ruboiysida musofirlik va zimdan bandilikda shohona hayot kechirishdan ona yurtda va ozodlikda g‘aribona kun ko‘rish ustun qo‘yiladi? J: “Bo`lmas emish” radifli ruboiyda



Download 44.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling